Chizmachilik



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə71/76
tarix22.03.2024
ölçüsü1,05 Mb.
#182142
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
cxhizmachilik asoslari

Qirqim 1-1

219-rasm.

217-rasm.

218-rasm. 220-rasm.

b) qirqimga kiruvchi tashqi ichki devor, pardevor konturlari, shuningdek qavatlararo va chordoq yopmalrining hamda tom o‘rkachi balandliklari ingichka chiziqlar bilan chiziladi (218-rasm).


v) Tashqi va ichki devorlarda hamda pardevorlarda deraza va eshik o‘rinlari va shuningdek kesuvchi tekislik orasida joylashgan ko‘rinadigan eshik o‘rinlari va boshqa elementlar belgilanadi, o‘lchamlar va chiqarish chiziqlari, reja o‘qlari markalash doirachalari va balandlik belgilari qo‘yish ishoralari chiziladi (219-rasm)
g) kesimlar batomom ustidan yurgizib chiqiladi, balandlik belgilari va o‘lchamlar ko‘rsatiladi; ortiqcha chiziqlar o‘chiriladi (220-rasm). Konstruktiv qirqimlar ham shu tartibda chiziladi. Kesim joylari, konstruksiya elementlari, tasvirlari va materialning grafikaviy belgilari bilan to‘ldiriladi.
Z ina bo‘yicha qirqimni yasash. Zina joylashgan xona uzunligi 5610 mm, eni 2200 mm, marsh eni 1000 mm, marshlar orasidagi oraliq reja­da – 200 mm, qavatlar baland­ligi 3000 mm ga teng qilib olingan. Zinapoya pog‘onaosti 150 mm bo‘lganda har bir marshda 10 ta (1500:150) pag‘onaosti bo‘lishi lozim (221-rasm).
Zinapoyaning vertikal te­kisligini pog‘onaosti, gorizon­tal tekisligini esa bosqich deyiladi. Bitta zinapoya bos­qichi­ning eni 300 mm bo‘lsa, 9 bosqich 2700 mm bo‘ladi.
Dastlabki hisoblar­dan keyin qirqimni yasashga kirishiladi. Reja o‘qlar o‘tkaziladi, devor­lar chiziladi, zina maydon­chalari sathlari gorizontal chiziqlar bilan belgilanadi. Ayni berilgan o‘lchamlar ortiga kataklar chiziladi va bu kataklar bo‘yicha zina qirqimi bajariladi. Qirqilgan elementlar yo‘­g‘onlash­tirilib chiqiladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, zina bo‘yicha qirqim tekisligi har doim kuzatuvchiga yaqin joylashgan marsh bo‘yicha o‘tkaziladi.
Zina marshlari va maydonchalarini montaj qi­lishda zina bo‘yicha qirqim va alohida tugunlarning barcha detallari bilan birga yirik masshtabdagi tasvirlaridan foydalaniladi.



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə