Chizmachilik


b v a Teshik 174-rasm



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə50/76
tarix22.03.2024
ölçüsü1,05 Mb.
#182142
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   76
cxhizmachilik asoslari


b

v

a

Teshik
174-rasm.

b) o‘tadigan o‘tqazish detallarning o‘zaro bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almasligini faqat qo‘shimcha ravishda shponkalar, shtiftlar vintlar qo‘llash bilan ta’minlay oladi, qo‘zg‘almaydigan o‘tqazish G, tig‘iz o‘tqazish T, tarang o‘tqazish H va zich o‘tqazish P.


v) Oraliq (zazor) bilan o‘tqazish detallarning birikmada erkin harakatini ta’minlaydi. Zazor bilan o‘tqazish olti turga bo‘linadi: sirpanadigan S, qo‘zg‘aladigan D, harakatlanadigan X, yengil harakatlanadigan L, keng harakatlanadigan Sh va issiq harakatlanadigan TX o‘tqazishlar.


Savollar:

  1. Kvalitet deb nimaga aytiladi va qanday belgilaniladi?

  2. Qancha kvalitet mavjud?

  3. 15f7 yozuvi qanday tushiniladi?

  4. Teshik va val sistemasidagi o‘tqazish o‘rtasida qanday farq bor?

7.4. Yuzalarning g‘adir–budirligini aniqlash


Jismdagi notekisliklar majmui yuzaning g‘adir-budirligi deyiladi. G‘adir-budirlikni baholash uchun turli ko‘rsat­kichlardan foydalani­adi. Ulardan ikkitasi (asosiy) ustida to‘xtalib o‘tiladi. Ra va Rz – bular g‘adir–bo‘dirning GOST 2789–73 (ST SEV 638–77) bo‘yicha balandlik parametrlarini ko‘rsatadi; Ra – yuza profilining o‘rtacha arifmetik chetga chiqish; Rz – profilning o‘nta nuqtasi bo‘yicha g‘adir–budir­ligining balandligi. Yuza g‘adir–budirligini aniqlash 14 ta sinf (klassifikasiya)ga bo‘lingan, bu 5-jadvalda keltirilgan.


G‘adir–budirliklarni belgilash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi:
1. Materialga ishlov berish turi belgilanmaydigan yuzalarning g‘adir–budirligini belgilash;
2. Materialning biror qatlamini olib tashlashdan hosil bo‘ladigan yuzani belgilash;
3. Materialning biror qatlamini olib tashlamasdan hosil bo‘ladigan yoki yetkazib beriladigan holatidagi yuzani belgilash.
Bu belgilarning balandligi h taxminan o‘lchash sonlari balandligiga teng bo‘ladi. H balandlik h ga nisbatan 1,5–3 marta katta olinadi. Uning yo‘g‘onligi asosiy chizmadan yo‘g‘onli­gining yarimiga teng bo‘ladi (175-rasm). G‘adir–budirlik parametri Ra yoki Rz ning qiymati belgining ustiga qo‘yiladi (176-rasm). Ra uchun – simvolsiz qo‘yiladi, Masalan: 0,25; Rz parametr uchun esa simvoldan keyin qo‘yiladi. Masalan: Rz 160. Agar detalda barcha yuzalarining g‘adir–budirligi bir xil bo‘lsa, u holda  belgini chizmaning yuqorigi burchagiga hoshiyadan 5–10 mm ichkarida joylashtiriladi (177-rasm).



Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə