Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

Liberiya
va
Efiopiya
gina o‘z mustaqilligini saqlab qola oldi, xolos.
Afrikada mustaqil Liberiya davlati tashkil topishi.
Uning tashkil
topishi AQSHda qulchilikka qarshi kurash bilan bog‘liq. 1816-yili
AQSHda erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish
harakati boshlandi. Natijada, 1821-yili Gvineya qirg‘oqlaridan
13 ming km
2
yer maydoni sotib olindi. U yerda 
Monroviya
(AQSH
Prezidenti Monro nomidan olingan) manzilgohi tashkil etildi va
Amerikaning sobiq qora tanli qullaridan bir qismi bu yerga joy-
http://eduportal.uz


152
lashtirildi. Joylashib olgan bu sobiq qullar manzilgoh hududini tobora
kengaytirib bordilar.
1847-yili esa Liberiya ozod davlati tuzilganligi e’lon qilindi. Bu
davlatda G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikadagi ilg‘or tartib-qoi-
dalar joriy etildi. Liberiya Buyuk Britaniya va Fransiya o‘rtasidagi
raqobatdan ustalik bilan foydalanib, o‘z mustaqilligini saqlab qola
oldi.
Efiopiya. 
XIX asrda ham Efiopiyada O‘rta asr munosabatlari hukm
surardi. U bir necha knyazliklar birikmasidan iborat davlat edi.
Ularning har biri o‘z qo‘shiniga ega edi. Bu knyazliklar nomigagina
markaziy hokimiyatni tan olardilar. Yevropa davlatlari ana shu omil-
dan foydalanishga urindilar. Mamlakatni chet ellik dushmanlar bosib
olish xavfi tobora kuchayib bordi.
Shunday bir sharoitda Efiopiya siyosat maydoniga kichik yer ega-
sining o‘g‘li 
Kassa
chiqdi. Kassa Efiopiyani yagona davlatga
birlashtirdi va 1855-yili o‘zini imperator deb e’lon qildi. U yaxshi
harbiy tayyorgarlik ko‘rgan qo‘shin tuza oldi. Yirik feodallarni o‘z
qo‘shiniga ega bo‘lish huquqidan mahrum etdi. Mamlakatda
Yevropalik qulfurushlar kemada afrikalik qullarni olib ketmoqda
http://eduportal.uz


153

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə