Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

Ijodiy ish topshirig‘i
Vestfal tinchlik sulhi va Kuchukqaynarji shartnomasi haqidagi ma’lumotlarni
matndan toping va jadvalning ikki ustunida tahlil qiling.
http://eduportal.uz


37
Internet vositasida Karl II va Filipp Anjuy faoliyati bilan tanishib chiqib, tahlil
qiling.
Xaritadan foydalanib, XVII–XVIII asrlardagi xalqaro munosabatlarni tahlil qiling.
7-mavzu: FRANSIYADA MUÒLAQ MONARXIYA.
BUYUK FRANSUZ BURJUA INQILOBI
XVII asrda Fransiyaning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti
ziddiyatli xarakterga ega edi. Kapitalistik munosabatlarning kirib ke-
lishi natijasida yuz bergan iqtisodiy o‘sish, absolutizmning mustah-
kamlanishi, soliqlarning oshishi, xalq ommasi ahvolining yomonla-
shuvi va doimiy xalq qo‘zg‘olonlari bilan qo‘shilib ketdi. Yangi iqti-
sodiy munosabatlar, ayniqsa, qishloqda juda qiyinchilik bilan o‘ziga
yo‘l ochib bordi.
XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida Fransiya jadal iqtisodiy o‘sish
davrini boshdan kechiradi. Bunga qirolning soliqlarni kamaytirishi,
manufakturalar uchun qulay moliyaviy sharoit yaratishi, ishlab chi-
qarishni rag‘batlantiruvchi boj soliqlarini joriy qilishi, texnik yan-
giliklarni qo‘llab-quvvatlashi orqali erishildi. Qirol bilan burjuaziya
o‘rtasidagi ittifoq mustahkamlanib, xalqning noroziligi ham pasaydi.
Ichki bozorning kengayishi aholining o‘sishiga olib keldi. Inqilob
arafasida Fransiya aholi soni bo‘yicha Yevropaning eng katta davlati
edi. Shu davrda boshlangan islohotlarning amalga oshmay qolishi
siyosiy va iqtisodiy islohotlarning absolutizm bilan sig‘ishmasligini
ko‘rsatdi. Jamiyatda ijtimoiy ziddiyatlar kuchayib, mamlakat inqilob
yoqasiga kelib qoldi.
Buyuk fransuz burjua inqilobining boshlanishi.
1789-yil 5-may kuni
qirol Lyudovik XVI General shtatlar majlisini ochdi. U o‘z nutqida
aholiga yangi soliqlar joriy qilishni so‘radi. Qirolning nutqi uchinchi
tabaqa vakillarining noroziligiga sabab bo‘ldi. Parijlik aholi ham depu-
tatlardan qat’iy qarorlar talab qilib, Versal tomon kela boshladi. Shun-
dan so‘ng uchinchi tabaqa deputatlari o‘z yig‘ilishini 
Milliy kengash
deb e’lon qildi. Birinchi va ikkinchi tabaqa deputatlaridan islohot
tarafdorlari bo‘lganlar ularga qo‘shildi. Milliy kengash absolutizmni
tugatishga qaror qildi.
Fransiyada General shtatlar qachon va qanday maqsadda chaqirilgan edi?
http://eduportal.uz


38
Uchinchi tabaqa qarashlarining ifodachisi 

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə