Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

Germaniyaning xalqaro ahvoli. 
Ichki siyosiy tarqoqlik XVII asrning
ikkinchi yarmida Germaniyani Yevropaning kuchli davlatlari qo‘lida
qo‘g‘irchoqqa aylantirib qo‘ydi. Fransiya oxir-oqibatda Strasburg
shahri va Reyn daryosining chap qirg‘oq yerlarini egallab oldi.
1683-yili Germaniya knyazliklari Òurkiya bosqiniga qarshi kura-
shish uchun tarixda birinchi marta yakdil qaror qabul qildilar va
milliy-ozodlik qo‘shinini tuzdilar. Shu yili Vena ostonalarida usmo-
niylarning qo‘shini tor-mor keltirildi. Germaniyaning bu g‘alabasi
Markaziy Yevropani usmoniylar bosqinidan saqlab qoldi.
Prussiya qirolligining tashkil topishi.
Germaniya knyazliklari ichida
Avstriya va Brandenburg eng kuchlilari edi. XVII asr shu ikki knyaz-
likning Germaniyada gegemonlik uchun kurashi ostida o‘tdi. Avst-
riyani gabsburglar sulolasi, Brandenburgni esa gogensollernlar sulolasi
boshqarardi.
http://eduportal.uz


48
Birining poytaxti Vena shahri, ikkinchisiniki esa Berlin shahri
edi. XVII asr oxiriga kelib, Brandenburg knyazligida Prussiya gersog-
ligi yetakchi mavqega ega bo‘lib oldi.
1683-yili 
Germaniya knyazliklari Òurkiya bosqiniga qarshi kurashish uchun
tarixda birinchi marta yakdil qaror qabul qildilar.
XVII asr
Avstriya va Brandenburg knyazliklarining Germaniyada
gegemonlik uchun kurashi ostida o‘tdi.
1701-yili Brandenburg knyazligi o‘rnida Prussiya qirolligi tashkil
topdi. Brandenburg knyazi Fridrix I nomi bilan Prussiya qiroli deb
e’lon qilindi. Shu davrdan boshlab, qulay xalqaro sharoitdan va
boshqa nemis knyazliklarining kuchsizligidan foydalangan Prussiya
qudratli davlatga aylana bordi. Prussiya qudratli qo‘shin ham tuza
oldi.
XVIII asr oxirida Prussiya maydoni jihatidan Yevropada uchinchi,
qo‘shini soni jihatidan esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Fridrix II hukmronligi davrida (1740–1786) Prussiya mutlaq mo-
narxiyaga aylandi.

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə