Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi


AQSH mustaqilligining e’lon qilinishi



Yüklə 3,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/142
tarix27.12.2023
ölçüsü3,89 Kb.
#163019
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142
Jahon tarixi 8-sinf

AQSH mustaqilligining e’lon qilinishi
Angliyaning Shimoliy Amerikadagi ilk mustamlakasi 1607-yili Jeymstaunda
tashkil qilindi.
1774-yil sentabrda
Filadelfiyada Birinchi Qit’a Kongressi chaqirildi.
1776-yil 4-iyulda
AQSHda Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilindi.
«Biz, Amerika Qo‘shma Shtatlarining vakillari, xalq nomidan
va uning vakolati bilan e’lon qilamizki, bu birlashgan mustamlaka-
lar aslida ham, haq-huquqqa ko‘ra ham ozod hamda mustaqil
shtatlar bo‘lmog‘i lozim. Shu daqiqadan boshlab, ular Britaniya
taxtiga har qanday mansublikdan ozod qilinadilar»,
– deyiladi
Mustaqillik Deklaratsiyasida.
Mustaqillik Deklaratsiyasida davlat qurilishining asosi sifatida
xalq suvereniteti prinsipi e’lon qilindi, xalqning zolimlarga qarshi
isyon qilishga, yashashga, ozod bo‘lishga, tenglikka bo‘lgan huquqi
e’tirof etildi. 
4-iyul
har yili AQSHda
 Mustaqillik kuni
sifatida nishon-
lanadigan bo‘ldi.
http://eduportal.uz


57
Amerika inqilobining xarakteri va xususiyatlari. 
Shimoliy Ame-
rikada mustaqillik uchun olib borilgan urush ayni paytda burjua
inqilobi bo‘lib, u ikkita: milliy mustaqillikka erishish va Amerikada
kapitalistik munosabatlarni o‘rnatish muammolarini hal qilishi lo-
zim edi.
Inqilobning asosiy xususiyati shu ediki, u milliy-ozodlik urushi
shaklida o‘tdi. Urush davrida bir qator demokratik o‘zgarishlar amalga
oshirildi.
Urush harakatlarining borishi.
Buyuk Britaniya Amerika musta-
qilligini birdaniga tan olmadi, mustaqillik tarafdorlariga qarshi qat’iy
kurash olib bordi. Harbiy harakatlar, asosan, mamlakat shimolida bo‘-
lib o‘tdi. Inqilob davrida respublikachilar armiyasi katta qiyinchilik-
larni boshidan kechirdi. Askarlar harbiy ishga deyarli o‘rgatilmagan,
qurol-aslaha, o‘q-dori, oziq-ovqat yetishmas edi.
Shunday sharoitda Fransiya Amerikaga qurol-yarog‘ bilan yordam
bera boshladi. Amerika va Fransiya o‘rtasida «Do‘stlik va Òijorat Biti-
mi» imzolandi. Fransiya – Amerika ittifoqi yaxshi natijalarga olib
keldi. 
1782-yili
ingliz qo‘shinlarining asosiy qismi taslim bo‘ldi.
Shundan so‘ng Buyuk Britaniya hukumati Parijda tinchlik muzoka-
ralari o‘tkazishga qaror qildi. Muzokaralarda Amerika tomonidan
Benjamin Franklin, Jon Adams va Jon Jey qatnashdi.

Yüklə 3,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə