Chuqur prikus. Kurak tishlarni chuqur qoplanishi Chuqur tishlov


I daraja — balandligining 1/3 dan 2/3 qismigacha to’silishi (3-5 mm); II daraja



Yüklə 29,87 Kb.
səhifə3/4
tarix12.06.2023
ölçüsü29,87 Kb.
#116735
1   2   3   4
Chuqur prikus

I daraja — balandligining 1/3 dan 2/3 qismigacha to’silishi (3-5 mm);

  • II daraja — balandligining 2/3 qismidan to butunlay tojning to’silishiga qadar (5-9 mm);

  • III daraja — to’silish toj balandligidan (9 mm dan ortiq) oshib ketadi.

    Oldingi yuqori tishlarning joylashishiga qarab (frontal tishlarning vestibulyar yoki oral xarakterli o’zaro munosabatlari), chuqur tishlovning prognatiyali (tomsimon) va bloklovchi shakllari farqlanadi. Yon kesuvchi tishlarning o’zaro munosabati tabiati bo’yicha chuqur distal va chuqur neytral tishlov ajralib turadi.
    CHUQUR TISHLOV ALOMATLARI VA BELGILARI
    Chuqur tishlov estetik nuqsonlar va jiddiy funktsional buzilishlar bilan birga kechadi.
    Chuqur tishlovning tashqi ko’rinishi o’ziga xos yuz va og’iz xususiyatlarini o’z ichiga oladi. Yuz belgilari yuzning pastki uchdan bir qismining qisqarishi, keskin seziladigan supramental qatlam, pastki labning tashariga chiqishi bilannamoyon bo’ladi. Chuqur tishlovning og’iz belgilari orasida pastki frontal tishlarning yuqori frontal tishlar bilan toj balandligining to’silishi, yuqori jag’ning pastki jag’ga nisbatan oldinga chiqib turishi, og’iz dahlizi chuqurligining kamayishi bilan ifodalanadi. Og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining surunkali jarohatlanishi va frontal tishlar parodontiga ko’p bosim tushishi stomatitgingivit, padrodontit, parodontoz rivojlanishiga, tishlarning yemirilishi kuchayishiga hissa qo’shadi.
    Chuqur tishlovdagi funktsional o’zgarishlar luqmani uzib olish, chaynash bilan bog’liq qiyinchiliklar, nutq kamchiliklari (bemorlar «tish orasidan» gapiradi), nafas olish buzilishlari bilan namoyon bo’ladi. Chuqur tishlov ko’pincha chaynov mushaklarining tonusi buzilishi bilan kechadi, natijada chakka-pastki jag’ bo’g’imining disfunktsiyasi va artrozi rivojlanishiga olib keladi: simillovchi og’riq, qirsillash, bo’g’im sohasida chertki ovozi, bruksizm, bosh og’riqlari.
    CHUQUR TISHLOVNI TASHXISLASH
    Chuqur tishlovning mavjudligi, uning kelib chiqish sabablari va uni tuzatish usullari ortodont shifokor qabulida shikoyatlarni va og’iz bo’shlig’ini tekshirish orqali aniqlanadi.
    Tish qatorlarining o’zaro munosabatini yanada batafsil baholash uchun alginat massa bilan qolip olib, diagnostik modellar tayyorlash va ularni yanada aniqroq o’lchash, yuz fotosuratini fas va profil tomondan o’rganish, okklyudogramma olish mumkin.
    Chuqur tishlovni tashxislash uchun, ortopantomografiya va telerentgenografiya, elektromiografiya ma’lumotlari muhim ahamiyatga ega.

    Yüklə 29,87 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə