Cu2O kuprit, Cu



Yüklə 20,54 Kb.
səhifə2/4
tarix04.05.2023
ölçüsü20,54 Kb.
#108456
1   2   3   4
mis va uning birikmalari

Olinish usullari: Dastlab rudalarni yoqib oksidlar olinadi:
2CuS + 3O2 = 2 CuO + 2 SO2
Rudalarni suyuqlantirish pechlarda olib borilib unga koks qo’shiladi:
C + 2CuO + FeS + SiO2 = Cu2S + FeSiO3 + CO
Kuydirish:
2Cu2S + 3O2 = 2Cu2O + 2SO2
Qaytarish:
2 Cu2O + Cu2S = 6 Cu + SO2
Shunday usulda olingan misning tozaligi 95-98% ga etadi. Toza mis olish uchun mis sulfati misli anod elektrodi ishtirokida elektroliz qilinadi.
Texnikada ishlatilishi. Mis asosida ko’pdan ko’p asbob va uskunalar tayyorlanadi. Tunuka xoldagi mis bilan kemalar o’raladi. Misdan ko’p qotishmalar tayyorlanadi. Masalan, bronza – mis 90%, qalay – 10% ; latun – mis 60 % ,rux-40%; melxior- mis - 68%, Ni-30%, Mn-1%, temir-1%; pul tayyorlaydigan chaqalar- Cu 95%, alyuminiy-5%.


Misning birikmalari


Cu +1 bo’lgan birikmalari. Mis (1) oksidi Cu2O – qizil kristall modda. Amfoter oksid, lekin natriy gidroksidda qiyin eriydi. Galogenovodorodlarda ham qiyin eriydi. Suyultirilgan eritmalarda rangsiz eritmalar hosil bo’ladi. Agar kislota tarkibida suv ko’p bo’lsa oq cho’kma hosil bo’ladi.
Cu2O + 4HCl = 2H[CuCl2] + H2O
Cu2O + 2HCl =2 CuCl+ H2O
Mis (1) oksidi ammiakda ham oson eriydi. Bunda ammiakli komplekslar hosil bo’ladi:
Cu2O +4NH4OH = 2[Cu(NH3)2]OH+3H2O
Mis (1) gidroksid(sariq rangli) beqaror, u parchalanib qizil rangli mis(I) oksid hosil qiladi:
2CuOH = Cu2O + H2O
Galogenlar bilan CuCl, CuF hosil qiladi.Bu birikma yuqori konsentrasiyali kislotalarda eriydi.
CuCl + HC1 = H[CuCl2]
Mis(I) uchun [Cu(NH3)2]+ turdagi ammiakatlar xos. Shu tufayli ko’p mis(I) birikmalari ammiak eritmasida yaxshi eriydi.
Cu(II) xlorid qizdirilgan Cu metali bilan ta’sir etganda CuCl hosil bo’lishi kuzatilgan:
CuCl2+Cu=2CuCl
Agar mis(II) sulfatiga kaliy yodid ta’sir ettirilsa mis (I) yodid olinadi:
2Kl + 2CuSO4 + 2 Kl = 2 K2SO4 + I2 + 2 CuI
CuI – oq cho’kma Cu2S ni mis olishda ishlatiladi. Cu(I)ning kompleks birikmalari anchagina barqaror. Ularning beqarorlik doimiyligi 40- jadvalda keltirilgan.
40-jadval. Mis(I)ning ba’zi komplekslarining beqarorlik doimiyligi.

Kompleks birikma

[CuCl2]-

[CuBr2]-

[CuI2]-

beqarorlik

2,9*10-6

1,2*1O-6

1,4*1O-9

Kompleks birikma

[Cu(CN)2]-

[Ag(CN)2]-

[Au(CN)2]-

beqarorlik

1*10-16

8*10-22

5*10-39


Yüklə 20,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə