Cu2O kuprit, Cu



Yüklə 20,54 Kb.
səhifə3/4
tarix04.05.2023
ölçüsü20,54 Kb.
#108456
1   2   3   4
mis va uning birikmalari

Cu+2 birikmalari. Mis (II) oksid, qora rangli amorf modda. Gazlarni adsorbsiya qila oladi.
Mis (II)oksidi misning kislorod bilan ta’siridan olinadi.
2Cu + O2=2CuO
Yuqori haroratda u parchalanib mis(I) oksidini hosil qiladi:
4CuO = 2Cu2O + O2
Mis(II) oksidni vodorod bilan qaytarilsa misga aylanadi:
H2 + CuO = Cu + H2O
CuO konsentrlangan ishqorlarda eriydi, lekin kislotalarda oson eriydi:
CuO + 2NaOH = Na2CuO2 + H2O
CuO + 2 HCl = CuCl2 + H2O
Mis (II) oksidini quyidagi usullarda ham olish mumkin:
CuCO3 = CuO + CO2 
Cu(OH)2=CuO + H2O
Mis(II) gidroksid ammiak eritmasida oson erib ammiakatlar hosil qiladi:
Cu(OH)2 + 4 NH4OH = [Cu(NH3)4](OH)2 + 4 H2O
Bu reaksiyada ko’k rangli tetraaminmis(II) gidroksid olish mumkin.
Mis (II) gidroksidi mis sulfatga ishqorlar ta’sir ettirib olinadi.
CuSO4 + 2NaOH = Cu(OH)2+ Na2SO4
Misning (II) birikmalari ko’pdan ko’p kompleks birikmalar hosil qiladi:
CuCl2 + 4 NH3 = [Cu(NH3)4] Cl2
Agar yangi olingan Cu(OH)2 ga kosentrlangan ishqorlar qo’shilsa ko’k rangli gidroksikupratlar hosil bo’ladi:
Cu(OH)2+2NaOH= Na2[Cu(OH)4]
Hosil bo’lgan gidroksikuratlar oson parchalanadi va beqarordir. Mis(II) galogenidlari kislotalar eritmalarida galogen kupratlar hosil qiladi: 
CuCl2 +HCl=H[CuCl3] CuCl2+2HCl=H2[CuCl4]
Mis(II)ning sianidlari va rodanidlari beqaror, lekin sianidli komplekslar ancha barqaror hisoblanadi:
CuSO4+2KCN=Cu(CN)2+K2SO4
2Cu(CN)2=2CuCN+(CN)2
Cu(CN)2+2KCN=K2[Cu(CN)4]
Kaliy tetrasianokuprat ancha barqaror kompleks hisoblanadi.
Mis(II)sulfat CuSO4 suvsiz holatda oq kukun. Suvdagi eritmalar ko’kish-havo rangli. Bunday rang eritmadagi [Cu(H2O)4]2+ borligini ko’rsatadi. CuSO4*5H2O mis kuporosi deyiladi.
Mis(II)nitrati-Cu(NO3)2*3H2O misning nitrat kislota bilan ta’siridan olinadi. Qizdirilsa, suvini yo’qitib parchalanadi va azot(IV) oksid va kislorod hosil qiladi:
2Cu(NO3)2=2CuO+4NO2+O2

Yüklə 20,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə