D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

 
Qator belgisi
– unlilar qo‘shimcha belgisi bo‘lib, old qator va orqa qator 
unlilariga bo‘linadi. 
Qiyosiy fonetika - 
qarindosh tillarning tovush sistemasi munosabatlarini 
o’rganadi. Masalan, turkiy tillarning qiyosiy fonetikasi, slavyan tillarining qiyosiy 
fonetikasi kabi. 
Relevant belgi
– asosiy, markaziy belgi. 
Senment
– nutqning eng kichik bo‘lagi.
 
Segmentatsiya
– nutqning bo‘linish jarayoni. 
Sillabema
– muayyan ma’no farqlash xususiyatiga ega bo‘lgan bo‘g‘in. 
Sinerezis 
qator kelgan ikki unlining bir unliga aylanish hodisasidir. 
Sinekdoxa 
(yun. synekdoche “nisbat berish”) – so‘z va birikma orqali 
ifodalangan narsa – hodisalarning butun – bo‘lak aloqasi asosidagi ma’no ko‘chishi. 
Masalan,
Faqat shu yer yaqin yurakka, 


101 
Faqat shunda quvonar ko‘zlar. (M.Yusuf) 
Bu misrada ko‘z odam ma’nosida, tirnoqqa zor birikmasida tirnoq farzand 
ma’nosida ishlatilgan. 
So‘z
– leksemalarning nutqdagi reallashgan shakli 
Takt
– frazaning qismi bo’lib, o’z navbatida, kichik birliklardan – fonetik 
so’zlardan tashkil topadi.
 
Tavsifiy fonetika -
yoki fonologiya ma’lum bir til taraqqiyotining ma’lum bir 
davri oralig’idagi tovush sistemasini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. 
Tarixiy fonetika - 
ma’lum bir tilning tovush sistemasini tarixiy rivojlanishda 
o‘rganadi, ya’ni til taraqqiyotining turli davrlarida tovush sistemasidagi tarixiy 
o‘zgarishlarni, ularning o’zgarish sabablarini tekshiradi. 
Temp
– tovushlarning cho‘zilishiga olib keluvchi artikulyatsiya tezligining 
o‘zgarishi. 
Til o

rta undoshlari
til o’rtalik belgisiga ko‘ra bir paradigmani hosil qiladi. 
Demak, ularning bir paradigmaga birlashuvida ana shu belgi fonologik muhim belgi 
sanaladi. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə