D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

akel
so‘zidagi 
olib
morfemasining o shakliga, shu ul so‘zidagi shu morfemasining sh ga 
aylanishi) holatni P. Azimov va Potseluevskiylar o‘zak morfemaning prefikslashishi 
deb hisoblaydilar.
1
Natijada ol va o morfemalarini bir invariantning turli variantlari 
emas, balki birinchisini 
olmoq
fe’lining varianti, ikkinchisini esa leksik ma’nodan 
mahrum bo‘lgan yordamchi morfema prefiksining varianti deb izohlaydilar. 
Bu hodisa haqida fikr yuritgan A.G‘ulomov o‘zak morfemadagi yuqorida 
ko‘rsatilgan fonetik qisqaruv natijasida ro‘y bergan shakliy o‘zgarishlarni bir 
mohiyatning, ya’ni bir o‘zak morfemaning turli shakliy variantlari sifatida izohlaydi. 
Bunga asos qilib, qisqarmagan variant bilan qisqa variant o‘rtasidagi mazmuniy 
umumiylik belgisi olinadi.
2
Shuning o‘ziyoq A.G‘ulomovning variant va invariant 
munosabatini naqadar teran anglaganidan dalolat beradi. 
3. O‘zak morfemani moddiylashtiruvchi tovushlar qanday tartibda joylashishi 
bilan ham ahamiyatlidir. Bir xil tovushlarning turlicha joylashuvidan turli lisoniy 
birliklar vujudga keladi. Masalan, q, i, sh tovushlarining turlicha joylashuvidan 
qish, 
shiq, ishq
singari birliklar vujudga keladi. Demak, bu lisoniy birliklarni 
1
Поцелуевский А.П. Происхождение личных и указательных местоимений. -Ашхабад,1947; Азимов П. Префиксация в 
туркменском языке. -Ашхабад,1947. 
2
Ғуломов А., Тихонов А.Н., Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг морфем луғати. -Тошкент, Ўқитувчи, 1977. 


91 
moddiylashtirishda ishtirok etgan tovushlar bir xil, lekin ularning joylashish tartibi 
har xil. Tovushlarning ana shunday turlicha joylashish belgisi yuqoridagi lisoniy 
birliklar o‘rtasidagi farqlovchi belgi vazifasini bajaradi. 
Ayrim hollarda lisoniy birliklarning moddiy tomonini shakllantirgan shunday 
tovushlar tartibi muayyan sabablarga ko‘ra almashinishi, lekin bu almashinish 
ma’noga ta’sir etmasligi mumkin. Demak, bunday vaqtda tovushlar tartibi lisoniy 
birlikning farqlovchi belgisizlik vazifasini yo‘qotadi. Natijada bir lisoniy birlikning 
turli variantlari vujudga keladi. Masalan,
to‘g‘ra-to‘rg‘a, kiprik-kirpik, sirpanchiq-
sipranchiq
kabi. 
Ayrim hollarda o‘zak morfemaning ikki xil shakliy variantiga affiks 
morfemaning ikki xil shakliy varianti qo‘shilishidan bir so‘zning ikki shakliy varianti 
vujudga keladi. Masalan, yig‘i va sig‘i morfemalarining birinchisiga otdan fe’l 
yasovchi morfemaning -la varianti, ikkinchisiga esa -ta varianti qo‘shiladi. Natijada 
bir mohiyatning ikki shakliy varianti vujudga keladi: 
yig‘la-siqta
. Keyinchalik bu 
variantlar ma’no darajalanishi farqlovchi belgisi asosida bir umumiy arxisema 
asosida birlashuvchi ikkita leksema bo‘lib ajralib chiqqan. 
Xuddi shuningdek, sur allomorfiga -ga va -da (-la morfemasining variantlari) 
allomorflarining qo‘shilishidan surga va surda leksema variantlari vujudga keladi va 
ikkinchisida rd tovushlarining o‘rin almashinishidan shu leksemaning sudra varianti 
paydo bo‘ladi. 
4. So‘z tarkibida soddalashish hodisasining ro‘y berishi o‘zak morfemaning 
variantlanishiga olib keladi. Xususan, o‘zak morfemaga qo‘shilgan grammatik ma’no 
ifodalovchi morfemalarning funksional almashinishi ham o‘zak morfemaning turli 
shakliy variantlari vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Xususan, nisbat paradigmasiga 
birlashgan shakllarining biri o‘rnida ikkinchisining funksional almashinuvi davrlar 
o‘tishi bilan ular o‘rtasidagi farqlovchi belgilar yo‘qolishiga, zidlanuvchi a’zolarning 
neytrallashuviga va neytrallashgan nisbat shakllarining o‘zak morfema tarkibiga 
singib, yaxlit bir morfemaga aylanib ketishiga olib keladi. Masalan, uyalmoq va 
uyatmoq leksemalarining asos qismi uyal va uyat bugungi kun nuqtai nazaridan bir 
leksik morfemaning ikki shakliy varianti sanaladi. Har ikki variant hozirgi o‘zbek tili 
nuqtai nazaridan boshqa mayda qismlarga bo‘linmaydi. Ya’ni 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə