D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

hodisasidir. 
Sinerezis qator kelgan ikki unlining bir unliga aylanish hodisasidir. 
Sinerezis o‘zbek tilida bir leksema nomemasi tarkibida hamda ikki leksema 
nomemalari oralig‘ida ro‘y berishi mumkin. Ikki leksema nomemalari oralig‘ida 
sinerezis hodisasining ro‘y berishi leksema nomemalarining soddalashishiga – bir 
leksema nomemasiga aylanishiga olib keladi. Natijada bir leksemaning bir necha 
uslubiy variantlari – yozma va og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos variantlari vujudga 
keladi. 
1
Маҳмуд Қошғарий. Девону луғотит турк. I том
2
Трубецкой Н.С. Основы фонологии.
3
Нурмонов А. Синерезис.// Ўзбек тили ва адабиёти. -№2, 1973. 


87 
Bir leksema nomemasida qator unli ikki holatda uchrashi mumkin: 1) o‘z 
leksikaga doir leksemalarda intervokal undoshning tushib qolishi natijasida; 2) 
olinma leksemalar nomemalari tarkibida. 
Bir leksema nomemasida intervokal undoshning tushib qolishi natijasida hosil 
bo‘lgan ikki unli o‘zaro birikib, bir cho‘ziq unliga aylanadi. Natijada ikkilamchi 
cho‘ziq unlilar hosil bo‘ladi. 
Intervokal undoshlarning tushib qolishiga ob’ektiv sabab mavjud. Chunki 
undoshlar uchun intervokal holat kuchsiz pozitsiya sanaladi. Alohida pozitsion 
xususiyatga ega bo‘lgan bu holatda hatto portlovchi jarangsiz undoshlar ham 
kuchsizlanishi va tushib qolishi mumkin.
1
Buning sababi shundaki, unlilar 
artikulyatsion jihatdan “og‘iz ochuvchilar” sanaladi. Shunday ekan, ikkita og‘iz 
ochuvchilar oralig‘ida kelgan har qanday undosh birinchi “ochiqlik” bilan ikkinchi 
“ochiqlik” orasida qoladi va natijada undoshning “og‘iz yopuvchilik” artikulyatsion 
belgisi kuchsizlanadi. Ya’ni bunday pozitsiyada joylashgan undosh o‘zining to‘liq 
artikulyatsiyasiga ega bo‘lmaydi. Bunday holatdagi undoshlarni talaffuz qilish uchun 
nutq a’zolari bir-biri bilan to‘la yaqinlashmay turib, navbatdagi unlini talaffuz 
qilishga tayyorlanadi. Oldidagi unli rekursiyasi va undan keyin kelgan unli 
ekskursiyasi bir-biriga taxlanib ketadi.
2
Intervokal undoshlar artikulyatsiyasida hosil bo‘lgan nutq a’zolari o‘rtasidagi 
bu oraliqning ba’zan kengayib ketishida undosh tamoman o‘z artikulyatsiyasini 
yo‘qotishi va ikki tomondagi unlilarning o‘zaro qo‘shilib ketishi mumkin.
3
Hozirgi o‘zbek tilining og‘zaki so‘zlashuv uslubida va bir qator o‘zbek 
shevalarida portlovchi undoshlarning intervokal holatda kuchsizlashib, sirg‘aluvchi 
undoshlarga aylanishi, sirg‘aluvchi undoshlarning esa reduksiyalashib, unlilarning 
paydo bo‘lishi kuzatiladi. Bu ikkilamchi cho‘ziq unlilar ko‘pgina shevalarda oddiy 
cho‘ziqlikdagi unliga aylanadi. Masalan, bu yoqqa> buoqqa>ba:qa> baqa; shu 
yoqqa> shu oqqa> sha:qa>shaqqa.
4
Intervokal holatda ko‘pincha y, v, h, g‘ undoshlari tushib qoladi va buning 
natijasida hosil bo‘lgan ikki unli sinerezis hodisasini hosil qiladi. 
[y] undoshi o‘pkadan chiqayotgan havo oqimining kuchiga ko‘ra
5
va akustik 
belgisiga ko‘ra unli bilan umumiylik belgisiga ega. Shuning uchun bu undosh 
intervokal holatda to‘siqlik belgisini yo‘qotishi va vokalizatsiyalashishi mumkin. 
Hozirgi o‘zbek shevalarida intervokal [y] ko‘proq birinchi bo‘g‘in bilan 
ikkinchi bo‘g‘in oralig‘ida va qisman keyingi bo‘g‘inlar oralig‘ida o‘z artikulyatsion 
belgisini yo‘qotib, vokalizatsiyaga uchraydi. Bunday xususiyat hozirgi barcha turkiy 
tillarga xos bo‘lib, ularning hammasi uchun mushtarak sanaluvchi qadimgi turkiy 
tilda ham va o‘zbek tilining ilk shakllanish davrida ham uchraydi. Masalan, qadimgi 
turk tilida tn> tyn tuyun> tugun (DTS, 561-bet); kk> kyk (DTS.307-bet); eski o‘zbek 
1
Рясянен М. Материалы по исторической фонетике тюркских языков. -М.,1955. -С.98; Щербак А.М. Сравнительная 
фонетика тюркских языков. -М.,1970. -С.101.
2
Акбаев Ш.Х. Фонетика диалектов карачаево-балкарского языка. -Черкеск.,1963. -С.79.
3
Нурмонов А. Ўзбек тилининг фонетик ўзгаришларида экономия принциплари. Филол.фан.ном….дисс. -Тошкент,1973. –
Б.62.
4
Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек адабий тили ва халқ шевалари. -Тошкент, 1962. –Б.128.
5
Барашков П.П. Звуковой состав якутского языка. -Якутск, 1953. -С.25.


88 
tilida kz> kyz> kigiz
1
; bz> byz> bigiz (Navoiy “ML”) hozirgi xakas tilida kiis> kiyis 
“kiygiz” (xak.-rus.sl. s.74) va boshq. 
Leksema nomemalari tarkibida intervokal [g‘] undoshi ham o‘zining 
artikulyatsion belgisini yo‘qotishi, unlilar bilan farqlanish belgisi neytralizatsiyaga 
uchrashi mumkin. Chunki jarangli sirg‘aluvchi bu undosh akustik belgisiga ko‘ra 
o‘zining korrelyati bo‘lgan [x] undoshiga nisbatan unliga kuchsiz zidlanadi. Buning 
sababi shundaki, [g‘] undoshi akustik belgisiga ko‘ra unli bilan jarangsiz undosh 
oralig‘ida turadi: [unli]- [g‘]- [x]. Shunday ekan, ikki unli o‘rtasida qolgan [g‘] 
undoshining vokalizatsiyalashishi uchun qulay imkoniyat yaratiladi. Masalan, o‘zbek 
tilining qipchoq shevalarida: ul > uul > ug‘ul > o‘g‘il; to:> tog‘a; 
To:ra > tog‘ora.
2
Leksema nomemasi tarkibidagi intervokal holatda vokalizatsiyalashuvchi 
undoshlardan yana biri [v] undoshidir. 
Bilabiallik, sirg‘aluvchilik, jaranglilik belgilariga ega bo‘lgan bu undosh ikki 
lablashgan unlilar o‘rtasida kelib, bir qator o‘zbek shevalarida vokalizatsiyaga 
uchraydi. Masalan, qorabuloq shevasida to:p > tovup > tabib; qa:p > qovup > qopib; 
so:q > sovuq; janubiy xorazm, o‘g‘iz va qipchoq shevalarida qu:n > quvun > qovun; 
su:q > suvuq > sovuq; qu:q > quvuq > qovuq
3
va boshq. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə