D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

biror
va 
biron
variantlari paydo 
bo‘ladi. Dissimilyatsiyaga uchrashi uchun ikkita bir xil undoshning bo‘lishi shart 
emas. Ma’lum bir belgisi bilan o‘xshash bo‘lgan ikki undosh ham dissimilyatsiyaga 
ehtiyoj sezishi mumkin. Masalan, 
mabodo
leksemasidagi 
m
va 
b
undoshlari labiallik 
belgisiga ko‘ra o‘xshash bo‘lganligidan, nutqiy jarayonda talaffuz qulayligini 
ta’minlash maqsadida birinchi undosh til oldi sonor undoshga almashtiriladi. 
 
Fuziya 
Turkiy tillarning aglyutinativ tabiati barchaga ma’lum. Aglyutinatsiyaning 
fuziyadan muhim farqlovchi belgilari sifatida har bir grammatik ma’noning alohida-
alohida shakllar yordamida ifodalanishi, grammatik ma’noni ifodalovchi grammatik 
shakllarning ko‘payishi bilan so‘zning chapdan o‘ngga qarab cho‘zilib borishi, leksik 
va grammatik morfemalarning bir-biriga qo‘shilish chokining ajralib turishi, 
shuningdek, grammatik shakllarning qo‘shilishi o‘zak morfemaning fonetik 
tuzilishini o‘zgartirmasligi kabi belgilar ta’kidlanadi. 
Oxirgi belgi turkiy tillarning analitik qo‘shilishidan tashqari, so‘z morfem 
tuzilishining singarmonistik xususiyati bilan ham uzviy bog‘liqdir. Chunki 
grammatik shakllarning kombinator variantlari o‘zak morfemaning fonetik tarkibi 
bilan mos holda ro‘yobga chiqadi. Boshqacha aytganda, leksik morfemaning o‘ng 
tomonidagi grammatik morfemalar so‘z shaklining chap chegarasini egallagan va 
o‘zak morfema deb yuritiluvchi leksik morfemaning fonetik tuzilishiga moslashadi. 
Ba’zi hollarda turkiy tillarga xos bo‘lgan bu umumiy tamoyildan chetlanish 
holatlari, fuziya elementlari ko‘zga tashlanadi.
1
Xususan, leksik morfemaga 
grammatik morfemalar qo‘shilganda, o‘zak (leksik) morfemaning fonetik tarkibida 
o‘zgarish ro‘y beradi. Masalan, 
ong –angla, qashi-qashla, singil-singli, qizil-qizar 
k
abi. Natijada bir invariant leksik morfemaning bevosita nutqiy jarayonda 
ong-ang, 
qashi-qash, singil-singl, qizil-qiz
kabi bir necha kombinator variantlar orqali 
namoyon bo‘lishiga olib keladi. 
Tildagi har qanday o‘zgarish biron bir sabablarsiz ro‘y bermaydi. Demak, ko‘p 
morfemali so‘z shakllarining o‘zak morfema tarkibidagi fonetik o‘zgarishning ro‘y 
berishi ham muayyan sabablar asosida vujudga keladi. 
Ular, bizning nazarimizda, quyidagilardan iborat: 
1. Turkiy tillar uchun xarakterli bo‘lgan singarmonizm qonuniyati yo‘nalishiga 
tamomila zid bo‘lgan yo‘nalishning mavjudligi. Turkiy tillar uchun ko‘pchilik 
tomonidan “temir qonun” sanalgan singarmonizm qonuniyatiga ko‘ra, affikslarning 
fonetik tuzilishi o‘zak morfemaning fonetik tuzilishiga moslashadi. Xususan, o‘zak 
morfemaning fonetik tarkibi orqa qator tovushlaridan iborat bo‘lsa, unga 
affikslarning ham unga mos variantlari qo‘shiladi, yoki, aksincha, old qator 
tovushlardan iborat bo‘lsa, unga affikslarning ham old qator varianti qo‘shiladi. Bu 
palatal garmoniya hisoblanadi. 
1
Кононов А.Н. О фузии в тюркских языках. / Структура и история тюркских языков. -М.:Наука,
1971. -С. 158


90 
Agar labial garmoniya saqlangan turkiy tillarni ham e’tiborga oladigan bo‘lsak, 
har bir affiksning bir necha palatal va labial variantlari orqali namoyon bo‘lishi 
ma’lum bo‘ladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, turkiy tillarda ba’zan ana shu umumiy qonuniyatga 
zid keladigan holatlar uchraydi. Ya’ni affikslarning o‘zak fonetik strukturasiga 
moslashishi emas, balki o‘zakning affiks fonetik strukturasi ta’sirida o‘zgarishi 
ko‘zga tashlanadi. Buning natijasida o‘zak morfemaning kombinator variantlari 
maydonga keladi. Masalan, 
aytib yubor – aytvor- etvor 
(Toshkent shev.),
acha – 
echisi
(Namangan shev.), 
bola – belesi 
(Nam.shev.). 
Bunday hodisa singarmonizmga teskari yo‘nalishda bo‘lgan umlaut hodisasini 
o‘zida aks ettirgan Namangan shevasida ko‘proq uchraydi. 
2. Polisillabik so‘zlarda ma’noga ta’sir etmagan holda so‘zning shakliy 
tomonini tejashga intilish tendensiyasi natijasida bo‘g‘in qisqartirish hodisasi ro‘y 
beradi. Bu hodisa ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning asosan tor unliga ega bo‘lgan ikkinchi 
bo‘g‘iniga tegishlidir. Masalan, o‘g‘il+im – o‘g‘lim, singil+im – singlim, qizil + ar – 
qizar kabi. Natijada bir invariantning 
o‘g‘il-o‘g‘l, singil-singl, qizil-qiz
singari 
variantlari maydonga keladi. Bu o‘rinda qizil va qiz boshqa-boshqa invariantlarning 
variantlaridek tuyulsa ham, lekin bir morfemik qurshovda o‘zaro qo‘shimcha 
distributsiya munosabatidadir. Shuning uchun ular bir invariantning variantlari 
hisoblanadi. 
Ba’zan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning birinchi bo‘g‘inining ham qisqarishi hollari 
uchraydi. Lekin bu qisqarish morfemaning faqat shakliga daxldor bo‘lib, shu 
morfemaning shakliy variantlarini vujudga keltiradi. Masalan, 
olib bor – obbor – 
obor
(And.shev.), 
olib ber – obber – ober
(Toshk.shev.), 
olib kel – opkel – obke
(Toshk.,And.shev.). 
Turkiy tillarda uchraydigan o‘zak morfemadagi bunday o‘zgarish ko‘pchilik 
turkologlarning diqqatini tortgan. Xususan, turkman tilidagi xuddi shunday (

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə