D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Singarmonizmning undoshlarga ta’siri



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/88
tarix01.06.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#114925
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   88
2.10. ozbek tili fonetikasi

Singarmonizmning undoshlarga ta’siri
. Singarmonizm aslida unlilarning 
moslashuvidan iborat bo‘lsa-da, biroq u undoshlarga ham ta’sir qiladi. 


95 
Singarmonizmning undoshlarga ta’siri, asosan assimilyatsiya hodisasi tarzida yuz 
beradi. Lekin unlilar bilan undoshlarning moslashishida ba’zi bir farqlar ham bor. 
Masalan, unlilar garmoniyasida so‘z boshidagi nlilarga so‘z oxiridagi unlilar 
moslashadi, undoshlar garmoniyasida esa affikslardagi birinchi undosh so‘z 
boshidagi undoshga emas, balki o‘zakning oxiridagiga moslashadi. Undoshlarning 
moslashuvi jaranglashuv, jarangsizlashuv, burun tovushining ta’siriga uchrash, 
lablashish va shu singari tomonlardan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zan 
singarmonizm doirasida regressiv assimilyatsiya hodisasi ham yuz beradi: 
qatnadi
˃ 
qannadi.
Ana shuning uchun ham singarmonizmli shevalarda morfologik 
qo‘shimchalar variantlarning bir qismi affiksdagi unlilarning o‘zakdagi unlilarga 
lablashish (yoki palatal garmoniyasi) jihatdan moslashuvi natijasida yuzaga kelgan 
bo‘lsa, o‘sha variantlarning boshqa bir qismi affikslardagi undoshlarning o‘zaklardagi 
undoshlarga moslashishi natijasida yuzaga kelgandir. Masalan, 
keldi
va 
ketti
so‘zlarining har ikkisida ham o‘zakdagi va affikslardagi unlilar til oldi bo‘lganligi 
sababli bu so‘zlar palatal garmoniyasining yumshoq variantiga misol bo‘la oladi. 
Lekin bulardagi affikslar har xil variantlardagi affikslardir. Bunga unlilarning 
moslashuvi emas, balki undoshlarning moslashuvi sabab bo‘lgan. Haqiqatan ham, 
kel
so‘zining oxiridagi 
l
undoshi jarangli undoshdir. Shuning uchun ham affiksdagi 
undosh jaranglilashgan.
Ket
so‘zining oxiridagi undosh jarangsiz bo‘lgani sababli, 
shu so‘zga qo‘shilgan affiksdagi undosh ham unga moslashib, jarangsizlashgan. 
Masalan, 
qullik, borlik, hurlik, enlik
. Lekin singarmonizm qonuniga muvofiq 
unlilarningtuyg‘unligi (moslashuvi) undoshlarning moslashuviga nisbatan hal 
qiluvchi rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham ba’zi so‘zlarda affiksdagi tovushlar 
o‘zakdagi tovushlarga til oldi yoki til orqalik nuqtai nazardan moslashuvi shart 
bo‘lgani holda jaranglilik yoki jarangsizlik nuqtai nazaridan moslashishi uncha shart 
bo‘lmaydi. Masalan, 
tiklash, buklash, tinchlik
kabi. 

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə