D. I. Mendeleyev davriy qonuni



Yüklə 414,16 Kb.
səhifə4/23
tarix20.04.2022
ölçüsü414,16 Kb.
#85720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Документ Microsoft Word
skachat.uz Atom-tuzilishi

ATOM TUZILISHI


 

Atom murakkab sistema bo'lib, mikroolam qonunlariga buysunadigan, xarakatdagi zarrachadir.

Atom-kimyoviy elementning kichik zarrachasi bo'lib, uzida elementning ma'lum xossalarini mujassamlashtirgan bo'ladi. Atom erkin yoki birikma xolatida bo'ladi.

XX asr boshlarigacha atom moddaning oxirgi bulinish darajasi deb kelindi. Bunday tasavvurlarning bir tomonlama va cheklanmaganligini ayrim olimlar tushunar edi. Masalan XIX asrning boshida Moskva Davlat universitetining professori G.M.Pavlov atomning tuzilishi murakkab, uning tuzilishida manfiy va musbat elektr zaryadi ishtirok etadi, degan fikrni ilgari surdi. Ulug rus olimi A.M.Butlerov 1886 yilda kuyidagicha yozgan edi: "Xozirgi vaqtda ba'zi elementlarning "atomlar" deb ataladigan zarrachalari, asl moxiyati bilan aytganda, balki kimyoviy yul bilan bulinish xususiyatiga egadir, ya'ni ular uz tabiati jixatidan bulinmaydigan zarrachalar bo'lmay, balki xozirgi bizga ma'lum bo'lgan vositalar bilangina ajratib bo'lmaydigan zarrachalardir va ... keyin borib kashf etiladigan prosesslarda ajratish mumkin bo'ladi."XX asr boshida katod nurlarining tabiatini fotoeffekt va termoemissiya, elektroliz, radioaktivlikni urganish va boshqa ishlar bilan atom tuzilishining murakkab, diskret tuzilganligi isbotlandi.Atomning ichki tuzilishini bir-biridan massalari, ulchamlari, zaryadi, yashash vaqti bilan farq qiladigan mayda zarrachalar tashkil qiladi. Bu zarrachalar elementar zarrachalar deyiladi. Xozirgi vaqtda bunday zarrachalardan 200 ga yaqini ma'lum.Katod nurlari. Atomning murakkabligini tasdiklovchi dastlabki tajriba ma'lumotini 1879 yilda, siyraklashtirilgan gazlarda elektr razryadi xosil bo'lish xodisasini tekshirish natijasida kulga kiritildi. Agar ichidagi xavosi surib olingan shisha nayning bir uchiga katod, ikkinchi uchiga anod kavsharlanib unga yuqori chastotali tok ulansa, katoddan nur tarkala boshlaydi. Bu nurlar katod nurlari deyiladi. Elektr va magnit maydonida bu nurlar dastlabki yo'nalishdan musbat kutbga ogadi.

Bu esa ularning manfiy zaryadlanganligini kursatadi. Katod nurlari katta tezlik bilan xarakat kilayotgan manfiy zarrachalar okimidir. Bu zarrachalar keyinchalik elektronlar deb ataldi.

 Elektron elementar zarracha bo'lib, u ye-xarfi bilan belgilanadi. Uning massasi me=9.1*10-28 ga yoki 5.49*10-4 u.b ga teng. Bu esa vodorod atomining 1/1836 birlik qismidir. Uning zaryadi e=4.8*10-10 el. birlik yoki 1.6*10-19 kulonga, radiusi r=2.8*10-13 sm, tezligi V=150000 km/sek ga tengdir.

Rentgen nurlari. 1895 yilda nemis olimi Rentgen shishaning katod nurlari ostida shu'lalanishini tekshirar ekan, nurlanishning yangi turini -X- nurlarni kashf etdi. Bu nurlar keyinchalik rentgen nurlari deb ataldi. Rentgen nurlari elektr va magnit maydonida uz yo'nalishini uzgartirmaydi, demak, ular elektroneytral zarrachalardir. Rentgen nurlarining asosiy xossalaridan biri - karton, yogoch, mato va inson organizmidan, yengil metall plastinkalardan utib ketadi. Ular faqat og'ir metallarda yaxshi ushlanib koladi. Bu xam atomning murakkab tuzilganligini aniq isbotlab berdi.

 

 ATOM TUZILISHINI PLANETAR MODELI

 Atom tuzilishining planetar modelini inliz fizigi E.Rezerford tomonidan 1911 yili taklif kilindi. Rezerford -zarrachalar (3-rasm) bilan ingichka metall plastinkani bombardimon qilish natijasida kuyidagi xodisani kuzatdi: -nurlarning kupchilik qismi uz yo'nalishini uzgartirmay, ozgina qismi uz yo'nalishini uzgartirib metall plastinkadan utib ketadi va faqat ayrimlari uz yo'nalishidan orqaga kaytadi. Bu tajribaga asoslanib Rezerford kuyidagi natijaga keldi. Elektronning massasi juda kichik bo'lganligi uchun atomning butun massasi (99.17%) yadroga joylashgan. Atom yadrosining diametri -10-14 , 10-13 sm ga teng.

 Rezerford yuqoridagi tajribaga asoslanib atom tuzilishining planetar modelini taklif qildi, ya'ni atomning markazida massasi taxminan atom massasiga teng bo'lgan, musbat zaryadlangan yadro bo'lib, uning atrofida kuyosh sistemasidagi plenetalar kabi elektronlar xarakat qiladi. Uz yo'nalishini uzgartirgan va orqaga kaytgan zarrachalar sonini xisoblab va xamda kaytish burchagini xisoblab, yadro zaryadini topish mumkin. Rezerford shu usuldan foydalanib yadro zaryadi atom massasining yarmiga tengligini kursatdi.

Elementning davriy sistemadagi tartib nomeri kupchilik elementlar uchun atom massasining yarmiga teng. Demak, atomdagi elektronlar soni elementning davriy sistemadagi tartib nomeriga, elementning tartib nomeri esa shu elementlar atomi yadrosining musbat zaryadiga tengdir.

Bu masalani 1913 yilda G.Mozli boshqacha yul bilan xal qildi. G.Mozli kalsiydan (Ca=20) ruxgacha (Zn=30) bo'lgan 11 elementning rentgen spektrini sistemali tekshirib, bu elementlardan xar qaysisining rentgen spektridagi K-seriyasi bir-biriga yaqin joylashgan ikkita chizik K va K dan iborat ekanligini kuzatdi (4 rasm).

Agar elementning rentgen spektrlari davriy sistemadagi tartib nomerlariga qarab joylashtirilsa, xar bir seriya chiziklari tulkin uzunliklarining kamayishi tomoniga ma'lum qonuniyat bilan suriladi. 4-rasmda bir elementdan 2- elementga utganda elementlar tartib nomerining ortib borishi K va K chiziklari chap tomonga qarab, ya'ni tulkin uzunligining kamayish tomoniga qarab siljishi kursatilgan. Siljish kattaligi titandan vanadiyga utganda qancha katta bulsa, vanadiydan xromga utganda xam xuddi ushancha bo'ladi, demak, elementning tartib nomeri bitta ortsa xar safar bir xilda siljish ruy beradi. 

Bu tekshirishlarga asoslanib Mozli qonunini kuyidagicha ta'riflash mumkin; Rentgen nuri tulkin uzunligining kvadrat ildiz ostidagi teskari kiymati elementning tartib nomeriga tugri proporsionaldir;

 1/= a(Z-b) yoki =2.48*1015 (Z-2)2

bu yerda: -tulkin uzunligi; z-elementning tartib nomeri; a va v- ma'lum seriyadagi o'xshash chiziklar uchun doimiy kattalik. Bu bog'lanish 5-rasmda kursatilgan.Mozli qonuni elementlarning davriy sistemadagi tartib nomerida ma'lum bir fizik ma'no borligini kursatadi. Shunday qilib atomning yadro zaryadi elementning davriy sistemada joylanishi va xossalarini xarakterlaydigan asosiy faktordir. Shuning uchun xam xozirgi paytda Mendeleyevning davriy qonuni kuyidagicha ta'riflanadi; elementlarning xossalari va ular birikmalarining tuzilishi xamda xossalari atomlarning yadro zaryadiga davriy ravishda bog'liqdir.




Yüklə 414,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə