D. I. Mendeleyev davriy qonuni



Yüklə 414,16 Kb.
səhifə7/23
tarix20.04.2022
ölçüsü414,16 Kb.
#85720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Документ Microsoft Word

Kovalent bog’lanish. Kimyoviy elementlarning nisbiy elektrmanfiylik qiymatiga e’tibor bergan xolda kimyoviy birikmalarni quyidagi uch guruhga bo’lib olishimiz mumkin:

  1. Elektr manfiyliklari bir xil bo’lgan elementlardan, ya’ni ayni bir xil element atomlaridan xosil bo’lgan moddalar

  1. N2, F2, Cl2, Br2, J2, O2, N2oddiy moddalar

  2. Li, Na, K, Al, Fe, Cu, Zn – metallar.

  1. Elektrmanfiyligi bir – biridan biroz farq qiladigan element atomlaridan hosil bo’lgan moddalar: HCl, HBr, HJ, H2O, NH3, CH4, PCl3, PCl5

  2. Elektrmanfiyligi bir – biridan keskin farq qiladigan element atomlaridan hosil bo’lgan moddalar: NaCl, K2S, BaCl2, CaF2, Li2O, MgO …

Kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi atomlar orasidagi elektronlarning taqsimlanishiga qarab kimyoviy bog’lanishlarni quiydagi uch guruhga bo’lishimiz mumkin.




Kovalent bog’lanish


Kimyoviy bog’lanish Ionli bog’lanish

Metall bog’lanish



Kovalent bog’lanishlar elektrmanfiylig bir xil yoki bir biridan juda oz miqdorda farq qiladigan atomlar orasida hosil bo’ladi.

Masalan, vodorod atomlarining o’zaro birikish natijasida H2 – vodorod molekulasining hosil bo’lishini ko’rib chiqamiz:
. .

H + H H : H

Vodorodning ikkita atomi orasida hosil bo’lgan bir juft electron hisobiga atomlar birikib H2 ni hosil qiladi. Natijada vodorod atomlari barqaror electron konfiguratsiyaga ega bo’ladi, ya’ni vodorod atomi tashqi energetik qavati tugallangan holatga o’tadi.

Atomlarning umumiy electron juftlari vostasida bog’lanishi kovalent bog’lanish deyiladi.
Elektr manfiyligi bir xil bo’lgan atomlar orasida umumiy electron juftlar hosil bo’lishi hisobiga vujudga keladigan kimyoviy bog’lanish qutbsiz kovlent bog’lanish deyiladi.

Qutbli kovalent bog’lanish elektrmanfiyligi bir – biridan biroz farq qiladigan atomlar orasida hosil bo’lgan umumiy electron juftlar, elektr manfiyligi kattaroq bo’lgan atomga tomon biroz siljigan bo’ladi.

Elektrmanfiyliklari bir – biridan biroz farq qiladigan atomlar orasida hosil bo’lgan kkimyoviy bog’lanish qutbli kovalent bog’lanish deyiladi.


Yüklə 414,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə