64
ko'ra ushbu teatr turlari bir-biridan xiyla farq qilsada, uch jihati ularni yaqinlashtirib
turgan.
Har bir tur tomoshalarda musiqa muhim ro`l o'ynagan. Bu bir. Ikkinchidan,
ularda
korfarmon
nomidagi usta va tajribali qo'g'irchoqboz, ya'ni guruh boshlig'i
tomoshabinlarga ko'ringan holda qo'g'irchoq qahramonlar bilan savol-javob qilib,
gapini izohlab, shu yo'l bilan tomoshani boshqargan. Uchinchidan, osti, usti yoki
ortidagi qo'g'irchoqboz tiliga safl degan moslama puflagich qo'yib,
qo'g'irchoqlarga
mos chiyildoq, o'tkir tovush hosil qilgan.
«Chodir jamol» teatri.
«Chodir jamol»da ijtimoiy va maishiy hayot bilan bog'liq bo'lgan voqealar satira
va yumor vositalari bilan aks ettirilgan. Voqealar markazida Kachal polvon obrazi
turgan. Kachal polvon mehnatkash xalq vakilidir. U jasur va bahodir. U hatto dev,
shayton va ajdardan qo'rqmaydi.
Shunisi qiziqki, Kachal polvonning tashqi qiyofasi ham,
harakteri ham Osiyo
va Yevropadagi shu tipdagi qahramonlarga o'xshab ketadi.
«Chodir jamol» teatrida har safar bir juft qo'g'irchoq chiqib bir ko'rinishli mitti
pyesa hosil qilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, 40 ta qo'g'irchoq ishtirokida o'yinlar
namoyish qilingan. Demak, yigirmata sahna bo'lgan, deb taxmin qilish mumkin.
«Ajdarhoning hoji kampirni yutishi», «Oyim xola bilan uning kuchugi Qoravoy»,
«Ikki masxaraboz», «Maymun o'yini», «Toshboz», «Tergovchi» kabi sahnalar ham
ko'rsatilgan. «Chodir jamol» tomoshalari Kachal polvon sarguzashtlari qissasini
bayon qilgani, har epizodning tugal bir voqeadan tashkil topishi o'ziga xos
kompozitsiyani yuzaga keltirgan bo'lib, u yangi epizodlar kiritish yoki sharoitga qarab
bir an'anaviy epizod o'rniga boshqasini ko'rsatishga keng yo'l ochgan.
Dostları ilə paylaş: