TURLI TADBIRLAR UCHUN TABRIKNOMA VA TAKLIFNOMALAR TAYYORLASH. Tabriknoma, taklifnoma, maketlar. Bir varaq albom qog'ozini olib ikkiga
buklaymiz. Syujetni tanlab razvyortka applikatsiya bilan bezaladi, rangli qalamlar bilan
bo'yaladi. So'ngra qalin qog'ozdan kerakli shakllar qirqiladi. Bu rasmlarni istalgan kitob
yoki jurnaldan kalkaga va undan qora qog'oz orqali karton yoki qalin qog'ozga tushirish
ntumkin. Shakllarni eski otkritkalar, jurnallar va boshqa joylardan qirqib olish mumkin.
Figura syujetida nazarda tutilgan joyga yopishtiriladi, shundan so'ng figuraning
orqasiga ip yoki qog'oz kesmasi yelimlanadi, uning ikkinchi uchi o'lchamning orqa
devoriga yopishtiriladi. Yopishtirilgan qog'oz yoki ipning uzunligi shunday bo'lishi
kerakki, buklangan qog'oz ochilganda u figurani ko'tarsin.
Bosma rasmlardan yoki ustalik bilan tanlangan alohida rasmlardan maketlar
tayyorlash qiziqarli ishdir. Mazmunni o'ylab bir varaq olinadi, uni ikkiga buklab, so'ng
ochiladi. Uning oxiriga yirikroq rasm yoki fon xizmatini o'tovchi rasm yopishtiriladi.
Pastdan polosa buklanib, undan burchak qirqiladi. Endi fonni shunday yelimlash
kerakki, burchak asos varaqlar bukiladigan joyiga to'g'ri kelsin. Taxlash oson bo'lishi
uchun to'g'ri chiziq bo'ylab emas, bir oz burchak qilib yelimlanadi.
Shundan so'ng manzara yoki biror harakatni ifodalovchi detallarni qatorma-qator
yopishtirish mumkin, biroq asosning old chetiga yaqinlashgan sari yopishtiriladigan
shakllar balandligi kamayib borishi kerakligini unutmaslik kerak.
Taklifnomalar ham tabriknomalar kabi turli ko`rinishda, bezaklar bilan bezalgan
holda tayyorlanadi. Ayniqsa kichik yoshidagi bolalar bunday ishlarni zavq bilan
bajaradilar. Chunki ular o`zlari tayyorlagan kecha, bayram, mashg`ulotlarga, o`z
qo`llari bilan taklifnoma yasaydilar va ota-ona, buvi-buvalarini
49
taklif qiladilar. Bunday ishlar jamoa bo`lib ishlanganligi sababli bolalarda mehr-
oqibat, do`stiga yordam, o`zaro munosabat, qo`llab quvvatlash kabi fazilatlar kamol
topadi.