D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020


O‘zR Vazirlar mahkamasining 21 iyul 2009 yildagi №206 qaroriga asosan yagona ta’rif setkasidga asosan ish haqini belgilash quyidagi razryad



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə51/116
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#133779
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   116
D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2

O‘zR Vazirlar mahkamasining 21 iyul 2009 yildagi №206 qaroriga asosan yagona ta’rif setkasidga asosan ish haqini belgilash quyidagi razryad


va ta’rif koeffitsentlari asosida belgilanadi24

Ish haqi to‘lash




Ta’rif koeffitsenti

Ish haqi to‘lash

Ta’rif koeffitsenti




razryadi




razryadi






















0




1

12

6,115







1




2,476

13

6,503







2




2,725

14

6,893







3




2,998

15

7,292







4




3,297

16

7,697







5




3,612

17

8,106







6




3,941

18

8,522







7




4,284

19

8,943







8




4,640

20

9,371







9




4,997

21

9,804







10




5,362

22

10,240







11




5.733













Ishchining ish haqi yoki oklad summasini aniqlash uchun nolinchi razryadning mehnatiga to‘lanadigan summani mazkur ishchiga belgilangan razradning koeffitsentiga ko‘paytirish kerak. YUqorida keltirilgan yagona tarif setkasini budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar, tashkilot va korxonalar qo‘llashga majbur.





  1. www.Lex.uz

219
O‘zining moliyaviy faoliyatini xo‘jalik hisobi asosida yurituvchi barcha davlat, aksioner korxonalari va tashkilotlari mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy razradlarini belgilashlari zarur. Boshqa mulk shaklidagi korxona,tashkilot va muassasalarga yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy setkasini belgilab olish tavsiya qilinadi.

Tarif stavkalar va okladlar tizimini asosi bo‘lgan nolinchi razryadning minimal ish haqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Xususan nolinchi razryadning minimal ish haqisiga va qonunchilik bilan belgilangan o‘rtacha oy ish kunlarining uzunligiga (ish vaqtining o‘rtacha oy fondi) qarab 1-razryadning soatlar tarif stavkalarining minimal o‘lchami aniqlanadi. CHunonchi, nolinchi razradning minimal ish haqisi 172240 so‘m va (40 soatlik ish haftasida) ish vaqtining o‘rtacha oylik fondi 169,2 soat bo‘lgan taqdirda soatlik tarif stavkasining o‘lchami 1017,97 so‘m bo‘ladi (172240 : 169,2).


1-razrad stavkalarini mehnatga haq to‘lash shakllari (ishbay ishchilar va vaqtbay ishchilar), shuningdek kasb guruhlari va ish turlari (uch guruh stavkalar) bo‘yicha tabaqalashtirib korxona mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasini ishlab chiqishi mumkin. Bir korxona moliyaviy imkoniyatlari va boshqa ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga qarab o‘zining tarif koeffitsientlarini ishlab chiqadi.


Hozirgi vaqtda byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasasalar, tashkilotlar va korxonalarda xodimlar mehnatiga haq to‘lash O‘zR VMning 21 iyul 2009 yildagi №206 qarori bilan tasdiqlangan YAgona tarif setkasi (YATS)ga asosan olib boriladi. U o‘z ichiga 22 tarif razryadini oladi va tarif koeffitsentlari orqali turli xil razryaddagi ish va ishchilar (malaka) o‘rtasidagi mehnatga haq to‘lash nisbatini namoyon etadi.


SHundan kelib chiqqan holda, 1-razryad xodimning tarif maoshi, nolinchi razryad tarif stavkasini uning razryadiga mos bo‘lgan koeffitsentga ko‘paytirish yordamida hisoblanadi. SHunday qilib, xodimning oylik ish haqi quyidagiga teng:


172240 x 2,476= 426466,24 so‘m,


bu erda:

220
17224025 - nolinchi razryad tarif stavkasi miqdori, qaysiki qonunchilik bilan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas.

2,476 - YATSga asosan 1-razryad uchun tarif koeffitsienti.


Mehnatga haq to‘lashni tashkil etishning asosiy elementi bo‘lib, mahsulot birligini ishlab chiqarishga yoki ma’lum tashkiliy-texnik sharoitlarida berilgan ish hajmini bajarishga sarflanadigan mehnat o‘lchamini belgilovchi, mehnatni normalashtirish hisoblanadi.


Mehnatni normalash, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning asosiy tarkibiy qismi sifatida, ishlab chiqarish normasini va vaqt normasini o‘z ichiga oladi. Normal ish sharoitida belgilangan vaqt (soat, smena, oy) birligida ishlab chiqarsa bo‘ladigan normalashtiriluvchi mahsulot birligi (dona, metr, tonna)ning miqdori ishlab chiqarish normasi bilan belgilanadi. Vaqt normasi esa ma’lum tashkiliy-texnikaviy sharoitlarda ish bajarish uchun zarur bo‘ladigan vaqtni (min., soat) nazarda tutadi.


Korxonalarga mehnatga haq to‘lash shakl va tizimlarini mustaqil belgilash huquqi berilgan. Mehnatga haq to‘lashning ikkita shakli mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnatga ishbay shaklida haq to‘langanda ish haqi, mahsulotning sifati, murakkabligi va ish sharoitini hisobga olgan holda, ishlab chiqarilgan mahsulot birligining miqdoriga bog‘liq. Vaqtbay shaklida ish haqi, xodimlar malakasi va ish sharoitini hisobga olgan holda, sarflangan (haqiqiy ishlagan) vaqtning miqdoriga bog‘liq.


Ishbay ish haqi shakli ishchilarni, ilg‘or tajribalardan foydalangan holda, mehnat unumdorligini oshirishga moddiy jihatdan qiziqtiradi. Mehnatga haq to‘lashning bu shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini qat’iy tekshirish zarur. Mehnatga haq to‘lashning ishbay shakli quyidagi mehnatga haq to‘lash tizimlariga bo‘linadi: to‘g‘ri ishbay, ishbay-mukofot, akkord, ishbay-progressiv,.





  1. 2017yil 1 dekabrdan boshlab eng kam ish haqi miqdori 172240 so‘m miqdorida belgilangan (O’zR Prezidentining 17.08.2017 yildagi "Ish haqi, pnsiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi Farmoni).

221
Ishchiga ish haqini, mehnatga haq to‘lashning to‘g‘ri ishbay shaklida hisoblash.


To‘g‘ri ishbay shaklida, ish haqi, o‘rnatilgan ishbay narxlar bo‘yicha haqiqatda bajarilgan ish (tayyorlangan mahsulot)ga muvofiq aniqlanadi.


Masalan: Tikuvchi bir oyda 120 ishchi xalatini tikdi va har birining bahosi - 6250 so‘mni tashkil etdi.


Mehnatga haq to‘lashning to‘g‘ri ishbay shaklida, ish haqi, o‘rnatilgan ishbay baholar bo‘yicha haqiqatda bajarilgan ish (tayyorlangan mahsulot)ga muvofiq aniqlanadi.


Bundan kelib chiqqan holda tikuvchining oylik ish haqi 750000 so‘mni tashkil etdi (120 x 6250).


Ishchiga ish haqini, mehnatga haq to‘lashning ishbay-mukofot shaklida hisoblash.


Mehnatga haq to‘lashning ishbay-mukofot shakli, mehnatga ishbay asosida haq to‘lashning nisbatan ko‘p tarqalgan tizimidir. Ishbay-mukofot shaklida, to‘g‘ri ishbay baholardagi ish haqidan tashqari, Qo‘shimcha ravishda o‘rnatilgan ko‘rsatkichlarni (ish sifati, shoshilinchliligi, mijozlar tomonidan asoslangan shikoyatlarning yo‘qligi va hokazo) bajarganligi yoki oshirib bajarganligi uchun mukofot hisoblanadi. Mukofotlar ishbay ish haqi bo‘yicha haqiqatda ishlab berilgan vaqt uchun hisoblanadi.


Misol: CHilangar bir oyda 120 ta, har birinung bahosi - 6550 so‘mlik buyum ishlab chiqardi. Buyumni tayyorlashga 1,7 kishi/soat sarflanadi. Ishlab chiqarish meyorlarini bajarganlik uchun ishbay ish haqidan 5% miqdorida, meyordan oshirib bajargan har bir foiz uchun ishbay ish haqining 1% miqdorida mukofot to‘lananishi ko‘zda tutilgan. CHilangar tomonidan 24 smena 8 soatdan ishlab berilgan.


CHilangar 120 ta buyumni qayta ishladi, shunga ko‘ra uning to‘g‘ri ishbay ish haqi 786000 so‘mni tashkil etadi (120 x 6550).

Buyumlarni qayta ishlashga ketgan vaqt 192 soatni tashkil etdi (24 smena 8 soatdan). 1 dona buyumni tayyorlashga 1,7 kishi/soat sarflanadi, bundan kelib


222
chiqib vaqt meyorini bajarish 106,3% ni ((120 x 1,7):(24 x 8) x 100) tashkil etganligi aniqlandi.


Vaqt meyorini bajarganlik uchun chilangarga ishbay ish haqidan 5% miqdorida - 39300 so‘m mukofot to‘lash lozim bo‘ladi (786000 x 5%). Bundan tashqari rejani 6,3% ga oshirib bajargan ekan, demak unga qo‘shimcha ravishda, oshirib bajarilganlik uchun mukofot - 49518 so‘m ham to‘lash lozim (786000 x 6,3%).


CHilangarning umumiy ish haqi 874818 so‘mni tashkil etadi (786000 + 39300 + 49518).


Ish haqi va mukofotning hisoblab chiqarilgan summasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga kiritiladi. Ushbu summalar ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha ajratmalar va jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.


2005 yildan boshlab jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasining 01.12.2004y. 702-II-son “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya taminoti to‘g‘risida”gi qonunining 10-moddasiga muvofiq fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy har oylik badallar xodimlarning hisoblangan ish haqi (daromadi)dan 1 foiz miqdorida, ushbu summaning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqning tegishlicha kamaytirilgan summasi hisobiga amalga oshiriladi.


Ushbu operatsiyalar bugalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:





T/r

Xo‘jalik

Summa

Schetlar

YOzuvlarni







operatsiyalarining




korrespondensiyasi

tasdiqlovchi







mazmuni










hujjatlar










Debet

Kpedit

























1

Ish haqi va mukofot

874818

2010,

6710

Hisob-kitob yoki







hisoblandi (786000 +




2310,




hisob-kitob-







39300 + 49518).




2510




to‘lov



















qaydnomasi

























2

YAgona ijtimoiy to‘lov

218704,5

2010,

6520

Hisob-kitob yoki







hisoblandi




2310,




hisob-kitob-







874818 x 25%




2510




to‘lov































223


































qaydnomasi






















3

Sug‘urta

badallari

69985,44

6710

6520

Hisob-kitob yoki




hisoblandi













hisob-kitob-




874818 x 8%













to‘lov



















qaydnomasi



















4

YAgona ijtimoiy to‘lov

218704,5

6520

5110

To‘lov




va xodimning

sug‘urta

69985,44







topshiriqnomasi




badallari o‘tkazildi


































Xodimga ish haqini, mehnatga haq to‘lashning ishbay-progressiv shaklida hisoblash.


Ishchilar mehnatiga haq to‘lashning ishbay-progressiv shaklida, o‘rnatilgan boshlang‘ich meyor (negiz)lar chegarasida to‘g‘ri ishbay narxlarida, bu me’yordan ortiqchasi - oshirilgan narxlarda amalga oshiriladi. Ishbay baholarning oshishi, har bir holatda maxsus shkala bo‘yicha aniqlanadi. Masalan, boshlang‘ich meyorni 1% dan 10 % gacha ortig‘i bilan bajarganda ishbay baho 30% ga oshadi, 10 dan 30% gacha - 50% ga oshadi va hokazo. Bu tizim bo‘yicha qo‘shimcha haqlar har xil usullar bilan belgilanadi. Quyidagi usullar nisbatan universal bo‘lib hisoblanadi:





  • ish haqining, butun bajarilgan ish hajmi uchun to‘g‘ri baholarda hisoblangan qismini aniqlash;




  • olingan kattalik ishlab chiqarish me’yorini oshirib bajarish foiziga va ishbay narxning oshish koeffitsientiga (koeffitsient amaldagi progressiv to‘lov

shkalalaridan olinadi) ko‘paytiriladi.


Misol: Asosiy ishlab chiqarish ishchisi bir oyda 300 dona mahsulot tayyorladi. Bir dona mahsulot uchun ishbay baho: 250 donagacha - 5250 so‘mni, 250 dan 300 donagacha - 5700 so‘mni, 300 dan 330 donagacha - 5850 so‘mni tashkil etadi.


Ushbu holatda ish haqini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:


belgilangan meyor doirasida tayyorlangan mahsulot uchun ish haqi miqdori


aniqlanadi: 250 dona x 5250 so‘m = 1312500 so‘m;


belgilangan me’yordan oshirib tayyorlangan mahsulot uchun ish haqi miqdori aniqlanadi: 50 dona x 5700 so‘m = 285000 so‘m;


224
ishlab chiqarilgan mahsulot uchun ish haqining umumiy summasi aniqlanadi:


1312500 + 285000 = 1597500 so‘m.


Xodimga ish haqini, mehnatga haq to‘lashning bilvosita shaklida hisoblash. Ayrim ishlar turi bo‘yicha eng kam ish haqi miqdorlari Vazirlar Mahkamasi


tomonidan tasdiqlanadi. CHunonchi, Vazirlar Mahkamasining 08.01.2007 y.dagi 8-son qarori bilan:





  • fan, adabiyot va san’at asarlari nashr etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari;




  • ommaviy ijro etish uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik adabiy asarlar yaratish bo‘yicha buyurtmalarni bajarganlik uchun, haykaltaroshlik asarlari, tasviriy san’at asarlari yaratganlik, badiiy loyihalashtirish va konstruktsiyalash uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari, shuningdek ushbu haq Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga to‘langanda uning eng yuqori stavkalari;




  • dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni sahnalashtirganlik uchun haq to‘lashning eng kam stavkalari hamda ushbu haq Davlat byudjeti mablag‘lari

hisobidan to‘langanda uning eng yuqori stavkalari;





  • O‘zbekiston Milliy axborot agentligi kanallari orqali, televidenie va radioda beriladigan materiallar uchun haq to‘lashning eng kam stavkalari;




matnlarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari;


- kinofilmlar uchun maslahatlar berish bo‘yicha mutaxassislar mehnatiga haq to‘lashning eng kam stavkalari;





  • kinofilmlar postanovkasi uchun ularning badiiy darajasiga ko‘ra suratga olish guruhlarining ijodiy xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari tasdiqlandi va 2007 yilning 1 fevralidan amalga kiritildi.

Mualliflik haqini va boshqa haq to‘lash turlarini belgilangan eng kam miqdorlardan kam to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi (yuqoridagi qarorning 2-bandi).


Mehnatga haq to‘lashning bilvosita shakli, odatda, yordamchi ishlarni bajaruvchi ishchilar mehnatiga haq to‘lash uchun qo‘llaniladi: texnologik uskunalarni sozlovchilar, ta’mirlovchi chilangarlar, ustalar va boshqa yordamchi


225
ishchilar yordamchilari, faoliyat natijalari asosiy ishchilar ishlab chiqarish unumdorligiga ta’sir etuvchilar.


Bir turdagi xodimlarning ish haqisi boshqa turdagi xodimlarning ish haqiga nisbatan foiz hisobida ifodalangan mehnatga haq to‘lash shakli, bilvosita ishbay deb nomlanadi.


Misol: YOrdamchi ishlar bilan band bo‘lgan xodimga asosiy ishlab chiqarish xodimlariga hisoblangan ish haqining 8 foizi hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarish xodimlarining oylik ish haqi 2 000 000 so‘mni tashkil etdi.


Mehnatga haq to‘lashning bilvosita shakli, odatda, yordamchi ishlarni bajaruvchi ishchilar mehnatiga haq to‘lash uchun qo‘llaniladi: texnologik uskunalarni sozlovchilar, ta’mirlovchi chilangarlar, ustalar va boshqa yordamchi ishchilar yordamchilari, faoliyat natijalari asosiy ishchilar ishlab chiqarish unumdorligiga ta’sir etuvchilar.


Qo‘rib chiqilayotgan oyda asosiy ishlab chiqarish xodimlari ish haqi 2 000 000 so‘mni tashkil etgan ekan, demak yordamchi ishlar bilan band bo‘lgan xodimga 160 000 so‘m miqdorida ish haqi hisoblanadi (2 000 000 x 8%).


Xodimga ish haqini, mehnatga haq to‘lashning akkord shaklida hisoblash. Mehnatga haq to‘lashning akkord shakli, butun ish hajmi (yig‘indisi) uchun


ish haqi miqdorini belgilaydi va akkord topshiriqlarini bajarish muddatlarini qisqartirganlik uchun mukofotlashni o‘z ichiga oladi. Bunda ishlarning umumiy qiymati, ishlab chiqarish me’yoriy vaqtlari va baholari asosida aniqlanadi. Brigadaga butun asosiy va yordamchi ishlar yig‘indisi nazarda tutilgan akkord topshirig‘i topshiriladi. Topshiriqda ish boshlanishi va tugash vaqti, shuningdek ish haqi va mukofotlar qiymati ish sifati etiborga olingan holda ko‘rsatiladi. Muddatidan ilgari bajarilgan hollarda, mukofot miqdori oldindan ma’lum bo‘ladi. Akkord tizimi ishlab chiqarish davri uzoq muddat davom etadigan ishlarda va qurilishga ixtisoslashgan, avtotransport tashkilotlarida qo‘llaniladi.


Mehnatga vaqtbay shaklida haq to‘langanda ish haqi hisoblash bo‘yicha asos qilib ishchining sarflagan vaqti va tarif stavkasi olinadi.


Vaqtbay ish haqi shakli ikki tizimdan iborat: mehnatga haq to‘lashning oddiy


226
vaqtbay tizimi va vaqtbay-mukofot tizimi. Oddiy vaqtbay tizimida ish haqi bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog‘liq. Vaqtbay-mukofot tizimida oddiy vaqtbay tizimi bo‘yicha hisoblangan ish haqiga qo‘shimcha qilib bajarilgan ishning sifati, material, yoqilg‘ilarning, tejalishi bekor turishlarning qisqarishi, mashina va agregatlarning to‘xtovsiz ishlashi va boshqa ko‘rsatkichlarga qarab mukofot hisoblanadi.


Misol: Buxgalter - kassirga maosh oyiga 800 ming so‘m miqdorida belgilangan bo‘lib, u oydagi barcha ish kunlari ishlab berish sharti bilan to‘liq to‘lanadi. Iyun oyida xodim tomonidan 23 ish kuni, iyulda - 24 ish kunidan 10 ish kuni to‘liq ishlab berildi.


Ishlab berilgan kunlar sonini aniqlash uchun korxonada mehnat vaqti hisobi tabeli T-13 shakl yuritilishi kerak. Tabel, uni yuritish topshirilgan shaxs tomonidan bir nusxada tuzilib, korxona buxgalteriyasiga oyda ikki marotaba - oyning birinchi yarmiga (bo‘nak) to‘lov summalariga tuzatish kiritish uchun va oylik ish haqini hisoblash uchun beriladi. Agar korxonada mehnatga haq to‘lash oyda bir marotaba amalga oshirilayotgan bo‘lsa, u holda tabel ham korxona buxgalteriyasiga oyda bir marotaba yakuniy hisob uchun beriladi.


Iyun oyida buxgalter barcha ish kunlarini ishlab bergan ekan, demak unga lavozim maoshi to‘liq to‘lanadi, ya’ni 780 ming so‘m.


Buxgalterga iyul oyi uchun ish haqi, faqatgina u tomonidan haqiqatda ishlab berilgan 10 kun uchun hisoblanadi.


Ushbu summa mehnatga haq to‘lashning kunlik stavkasini uning haqiqatda ishlagan ish kuniga ko‘paytirib topiladi (10).


Iyul oyida 24 ish kuni bo‘lib, shunga muvofiq kunlik mehnatga haq to‘lash stavkasi 32500 so‘mni (780 000 so‘m/24 kun) tashkil etadi. SHulardan kelib chiqqan holda iyul oyiga hisoblangan mehnat haqi miqdori 325 000 so‘mni tashkil etadi (780 000/ 24 x 10).


Misol: Reklama bo‘yicha menejerga lavozim maoshi 950000 so‘m qilib belgilangan. 2017 yil fevral oyida u 15 ish kuni ishladi.


227
Mehnatga haq to‘lashning oddiy vaqtbay shaklida haqiqatda ishlab berilgan kunlarga to‘lov amalga oshiriladi. Fevral oyida 20 ish kuni bo‘lib, ulardan 15 kuni reklama bo‘yicha menejer tomonidan ishlab berilgan.

Uning ish haqini hisoblash uchun, oldin, bir ish kuni uchun to‘lanadigan ish haqi miqdorini aniqlash zarur. Maoshi 950000 so‘m bo‘lgan holatda, fevral oyidagi kunlik ish haqi 47500 so‘mga (950000 / 20) teng bo‘ladi. SHunday ekan, fevral oyi uchun menejerning ish haqi 47500 x 15 = 712500 so‘mga teng bo‘ladi.


Misol: Vaqtbay ishchi 2017 yil fevral oyida 135 soat ishladi. Tarif stavkasi 6250 so‘mni tashkil etadi.


Mehnatga haq to‘lashning soatbay shaklida xodimning ish haqi, uning tarif stavkasini ishlab berilgan soatlar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi.


Ushbu holatda, xodimning oylik ish haqi 135 x 6250 = 843750 so‘mni tashkil etadi.


Misol: Mehnatga haq to‘lashning mukofotli vaqtbay shaklida asosiy ishlab chiqarish xodimlariga ish haqi hisoblash.


Tikuvchi oy davomida 24 smena ishlab berdi. Olti soatlik ish kuniga tarif stavkasi - 62500 so‘mni tashkil etadi. Bolalar buyumlarini tikish rejasini bajarganlik uchun ish haqining 12% miqdorida, rejani oshirib bajargan har bir foiz uchun ish haqidan 0,7% miqdorida mukofot to‘lanadi. Oylik reja 105%ga bajarilgan.


Tarif stavkasi (maoshi) bo‘yicha ish haqidan tashqari qo‘shimcha ravishda, ma’lum miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga erishgani uchun xodimlarga mukofot to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash tizimi, mehnatga haq to‘lashning mukofotli vaqtbay shakli deb ataladi.


Rejani bajarganlik va oshirib bajarganlik uchun mukofot to‘lash to‘g‘risidagi Nizom korxonaning mehnatga haq to‘lash, mukofotlash haqidagi ichki meyoriy hujjatlarida mustahkamlangan bo‘lishi shart, masalan, xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi nizomda, jamoa shartnomasida. Mukofot ishlab chiqarish hisobi bo‘yicha birlamchi hujjatlar ma’lumotlari asosida to‘lanadi.


228
SHunday qilib, ushbu oy uchun tikuvchining umumiy ish haqi tarif stavkasi bo‘yicha ish haqi summasi, bolalar kiyimini tikish rejasini bajarganlik uchun mukofot va rejani oshirib bajarganligi uchun mukofot summalariga teng bo‘ladi.

Bir smena uchun tarif stavkasi 62500 so‘m bo‘lganda, tikuvchining ishlab bergan 24 smenasi uchun ish haqi 1500000 so‘mni (24 x 62500) tashkil etadi.


Rejani bajarganlik uchun mukofot - ish haqidan 12% miqdorida, ya’ni 180 000 so‘m (1500000 x 12%).


Tikuvchi oylik rejani 105% ga bajardi, shunday ekan, unga mukofotlash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq rejani oshirib bajarganligi uchun har bir oshirib barjarilgan foiz uchun ish haqidan 0,7% miqdorida mukofot to‘lanishi lozim. Mukofot 52500 so‘mni (1500000 x 0,7% x 5) tashkil etadi.


Umumiy ish haqi 1732500 so‘mni (1500000+180000+52500) tashkil etadi. Mehnatni tashkil qilish shakliga qarab ishbay va vaqtbay shakllardagi


mehnatga haq to‘lashlar yakka va umumiy bo‘lishi mumkin. Ish jarayonida kasblarni birga qo‘shib olib borish, ijrochilarning birini ikkinchisiga bog‘liqlik zarurati bo‘lsa, mehnatga haq to‘lash umumiy bo‘lishi mumkin.


Korxonalarda u yoki bu dastlabki hujjatlar shaklini qo‘llash ishlab chiqarishning xarakteri, mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash tizimiga, shuningdek mahsulot sifatini nazorat qilish usuliga bog‘liq. Tasdiqlangan qonunga binoan sanoatda quyidagi dastlabki hujjatlar qo‘llaniladi: ishbay ish naryadi, marshrut varaqasi, tayyorlangan mahsulot to‘g‘risida raport, tayyorlangan mahsulotni hisobga olish qaydnomasi, bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi, vaqtbay ishlovchilarga berilgan normalashtirilgan topshiriq va boshqalar. Ishlangan mahsulot va bajarilgan ishlar hisobi bo‘yicha dastlabki hujjatlar miqdorini anchaga kamaytirish uchun yiriklashtirilgan, kompleks me’yor va baholarni qo‘llash, shuningdek bir yo‘la tuziladigan bir kunlik hujjatlar o‘rniga ko‘p kunlik (yig‘ma hujjatlar) haftada ishbay ishlarning bajarilishi (T-28-shakl) ga o‘xshagan hujjatlarni qo‘llash tavsiya qilinadi.


Ish haqini to‘g‘ri hisoblash uchun barcha hujjatlarda quyidagi ma’lumotlar keltirilishi kerak: ish joyi (sex, uchastka, bo‘lim); hisoblash davri (sana);


229
familiyasi, ismi, otasining ismi; tabel raqami va ishchining razryadi; ish birligiga belgilangan vaqt normasi va baho, ish haqi summasi; bajarilgan ish bo‘yicha norma-soat miqdori


Texnologik karta, sex, uchastka ishlab chiqarish dasturiga binoan tuzilgan, amaldagi norma va baholari, ishlar grafigi ko‘rsatilgan bu hujjatlar ish boshlanishidan oldin ishchiga yoki brigadaga topshiriladi. Ish bajarilgandan so‘ng texnik nazorat bo‘limi (OTK) haqiqiy ishlab chiqarilgan va qabul qilingan yaroqli mahsulotlar miqdori va yaroqsiz mahsulot miqdorini ko‘rsatadi.


YAkka, takrorlanmaydigan mahsulot ishlab chiqarishlarida ishbay ish bo‘yicha asosiy hujjat bo‘lib bir yo‘la tuziluvchi, yig‘ib boruvchi, shuningdek yakka va brigada bo‘yicha tuziladigan naryad hisoblanadi. Bir yo‘la naryad smena yoki oy davomida bir buyurtma yoki ishlab chiqarish xarajatlari turiga tegishli ish turlari bo‘yicha tuziladi. Agar ish bir ishchi tomonidan bajarilsa, yakka naryad deyiladi, agar brigada tomonidan bajarilsa – brigada (umumiy) naryadi deyiladi. Naryadning orqa tomonida brigada tarkibi, ishlangan vaqt, bajarilgan ish, brigada a’zolarining malakasi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar keltiriladi.


Naryadlar bo‘yicha bajarilgan ish hajmi va ishlar harakatini texnologik zanjiri tartibida nazorat qilish mumkin emas, chunki ular bir ishchi (yoki brigada, smenaga), biri ikkinchisi bilan bog‘lanmagan bir yoki bir necha operatsiyalarga yoziladi. SHuning uchun bir texnologik jarayonda bir vaqtning o‘zida seriya (guruh) bir xildagi mahsulot tayyorlaydigan seriyali ishlab chiqarishlarda tayyorlangan mahsulot va ish haqini hisoblash uchun marshrut varaqalari qo‘llaniladi. Marshrut varaqasi bo‘yicha har bir ishchi ish bajarishi mumkin. Marshrut varaqasi barcha texnologik jarayon operatsiyalariga va ma’lum partiya detal va mahsulotlarga oldindan yoziladi. Bunda ishning bir operatsiyadan ikkinchisiga o‘tkazilishi ketma-ketlikda ko‘rsatilgan bo‘lib, ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar va yaroqsiz mahsulotlar nazorat qilinadi. Marshrut varaqasi bo‘yicha ish turlari bir qancha ishchilar tomonidan bajarilganligi uchun, har birining ish haqisi maxsus hujjatda – 15 kunda yoki bir oyda bir marta tuziladigan ishlab chiqarish raportida yig‘ib boriladi.


230
Ko‘plab ishlab chiqarish xarakteridagi korxonalarda ishchilar odatda o‘zlariga berkitilgan bir xil texnologik operatsiyalarni bajaradi. Bunda ishlab chiqilgan mahsulot va ish haqining hisobi smena yoki oy bo‘yicha tuziladigan yig‘ma qaydnomalarda yuritiladi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə