D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə60/116
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#133779
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   116
D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2

Umumishlab chiqarish xarajatlari– asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlarini boshqarish, ularga xizmat qilish hamda ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlardir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevral 54-sonli qarori (2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qaror asosidagi o‘zgartirishlar bilan) bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish


253
va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagilardan iborat:



  • mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari;







  • ishlab chiqarishga tayinlangan asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari;




  • ishlab chiqarishdagi mulklarni sug‘urtalash xarajatlari;




  • isitish, yoritish va ishlab chiqarish binolarini asrash xarajatlari;




  • ishlab chiqarishda foydalaniladigan binolar, mashina va uskunalar, ijaraga olingan boshqa mulklarning ijara to‘lovlari;







  • ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.

Hisobvaraqlar rejasiga muvofiq umumishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobi «Umumishlab chiqarish xarajatlari» degan 2510-hisobvaraqda yuritiladi. Mazkur hisobvaraq korxonaning asosiy va yordamch iishlab chiqarishlariga xizmat ko‘rsatish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Umumishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish zahiralari, xodimlarga ish haqi to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar bo‘yicha hisob-kitoblar va boshqalar hisobi yuritiladigan hisob varaqlarning kredit qismidan olib «Umumishlab chiqaris xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda aks ettiriladi. «Umumishlab chiqarish xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda hisobga olinadigan xarajatlar «Asosiy ishlab chiqarishlar» nomli 2010-hisobvaraq va «YOrdamch iishlab chiqarishlar» nomli 2310-hisobvaraqning debetiga hisobdan chiqariladi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə