―Daromad-iste′mol‖ chizig`ini tahlil qilganimizda, daromad o`zgarishini (narxlar o`zgarganda) iste′molga ta′sirini o`rgangan edik.
―Narx-iste′mol‖ chizig`i orqali narxlarning o`zgarishini bir ne′mat bilan boshqa bir ne′matni nisbiy almashtirishga ta′siri o`rganiladi. Endi biz X ne′matga bo`lgan talabni o`zgarishining qancha qismi narx bilan bog`liq va qancha qismi daromad bilan bog`liqligini ko`rib chiqamiz (7.4-rasm).
X1 X3 X X2 X X X
Narxning har qanday pasayishi, birinchidan: real daromadni oshiradi, natijada befarqlik egri chizig`i suriladi va iste′molchi sotib olishi mumkin bo`lgan ne′matlar tarkibini o`zgartiradi; ikkinchidan - narxlar nisbatini o`zgartiradi va bir ne′matni (Y) boshqa ne′mat (X) bilan almashtiriladi.
Ne′matlar majmuasiga (X va Y ne′matlar) bo`lgan talab o`zgarishining qancha qismi real daromad ta′siri va qancha qismi narxning pasayishi bilan bog`liq ekanligini aniqlamoqchimiz. 7.4-rasmda byudjet chizig`ining boshlang`ich holati YX va X ne′mat narxi pasaygandan keyingi holati YX′ keltirilgan. Boshlang`ich byudjet chizig`ida TU1 befarqlik egri chizig`iga mos keluvchi optimal majmua E1 nuqta bilan ifodalangan. E1 nuqtada iste′molchi Y ne′matdan Y1 miqdorda, X ne′matdan X1 miqdorda sotib oladi. X ne′matning narxi tushgandan keyin, yangi optimal majmua YX′ byudjet chizig`i bilan TU2 befarqlik egri chiziqlari kesishgan E2nuqtaga o`tadi. E2 nuqtada iste′molchi X ne′matdan X2 miqdorda va Y tovardan Y2 miqdorda sotib oladi. Demak, X ne′mat narxining pasayishi iste′molchining real daromadini, uning tovar sotib olish imkoniyatini oshiradi, ya′ni uning o`z ehtiyojini qondirish darajasini oshiradi.
Bu yerda X ne′matni iste′mol qilish hajmining umumiy o`zgarishi (uning narxi tushishi hisobidan) rasmda X1X2 bilan belgilangan. Iste′molchi boshida 0X1 miqdorda X ne′matdan sotib oladi, narx o`zgargandan keyin sotib olish hajmi 0X2 ga o`zgaradi. Y tovarni sotib olish hajmi 0Y1 dan 0Y2 ga qisqardi.
X ne′mat iste′molining umumiy o`zgarishi X1X2 oraliqqa umumiy samara deyiladi. Endi umumiy samarani daromad samarasiga va almashtirish samarasiga qanday ajralishini ko`ramiz.
Daromad samarasini aniqlash uchun YX′ byudjet chizig`iga parallel qilib YX byudjet chizig`ini TU1 befarqlik egri chizig`iga urinadigan qilib o`tkazamiz va bu uringan nuqtani E3 deb belgilaymiz. E3nuqtaga mos keluvchi optimal majmuadagi X ne′mat miqdori X3 ga teng va u X1X2 umumiy samarani ikki qismga ajratadi: X1X3 va X3X2. Parallel ikki byudjet chizig`i orasida yotgan X3X2 o`zgarishga daromad samarasi va bitta befarqlik egri chizig`i ustida yotgan X1X3 o`zgarishga - almashtirish samarasi deyiladi.
Daromad va almashtirish samarasini talab o`zgarishiga ta′siri 7.5rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |