“Daromad-iste′mol chizig`i” tahlili


“Narx-iste′mol” chizig`i tahlili



Yüklə 18,93 Kb.
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü18,93 Kb.
#145922
1   2   3   4   5   6
“Daromad-iste′mol chizig`i” tahlili-fayllar.org

“Narx-iste′mol” chizig`i tahlili

Yuqorida ―daromad-iste′mol‖ chizig`i tahlil qilinganda, ne′matlar narxi o`zgarmaydi deb faraz qilingan edi. Endi daromadni o`zgarmas deb qabul qilgan holda, ne′matlardan birini, masalan, X ne′matning narxini o`zgaruvchan, Y ne′matnikini esa o`zgarmas deb qaraymiz. Faraz qilaylik,


X ne′matning narxi (P) pasayib bormoqda, ya′ni P P1 P2 P3.
Grafikda narxning bunday o`zgarishi, byudjet chizig`ini AB holatdan
AB1, AB2 va AB3 holatlarga siljitadi (7.3-rasm). Masalan, X tovar olma, Y tovar apelsin bo`lsin. (a) rasmda apelsin narxi o`zgarmaydi, olma narxi pasayib bormoqda. Natijada byudjet chizig`ining Y o`q bilan kesishgan nuqtasi o`zgarmaydi, X o`q bilan kesishgan nuqtasi o`ng tomonga surilib boradi. Olma narxini tushishi real daromadni oshiradi, natijada iste′molchi
olma narxi oshmasdan oldin xarid qilolmagan apelsin va olma majmualarini endi sotib olishi mumkin bo`ladi.
P 1
b) P2
P3 P4

“Narx-iste′mol”(a) va talab chizig`i (b)

Iste′molchi endi bir birlik qo`shimcha olma olish uchun, oldingidan kamroq miqdordagi apelsindan voz kechadi. Masalan, bitta apelsin narxi 2000 so`m va bitta olma narxi 1000 so`m bo`lsa, bitta apelsinga yarimta olma to`g`ri keladi, bitta olma narxi 500 so`mga tushsa, qo`shimcha bitta olma olish uchun 1/4 qism apelsindan voz kechishi kerak. Olma narxining pasayishi, ma′lum miqdordagi olmani apelsin bilan almashtirish imkoniyatini yaratadi. Natijada optimal majmua (apelsin va olmaning optimal miqdori) E nuqtadan yuqoriroq naflik darajasiga ega bo`lgan befarqlik egri chiziqlarida joylashgan E1, E2 va E3 nuqtalarga o`tadi.


Agar biz optimal majmua nuqtalarini (befarqlik egri chiziqlari bilan byudjet chiziqlari kesishgan nuqtalarni) chiziq bilan birlashtirsak, bu chiziq ―Narx-iste′mol‖ chizig`i bo`ladi (a rasmdagi V chizig`i). ―Narxiste′mol‖ chizig`iga ko`ra talab chizig`ini aniqlash mumkin (b) rasm.

Yüklə 18,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə