“Daromad-iste′mol chizig`i” tahlili


Yakka iste′molchilar talabi



Yüklə 18,93 Kb.
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü18,93 Kb.
#145922
1   2   3   4   5   6
“Daromad-iste′mol chizig`i” tahlili-fayllar.org

Yakka iste′molchilar talabi


Umumiy
bozor talabi,













A


B


V


birlikda

1000

4

6

8

18

2000

3

5

7

15

3000

2

4

6

12

4000

1

3

5

9

5000

0

2

4

6

Manba: shartli raqamlar
Oxirgi ustunda umumiy bozor talabi keltirigan va ular iste′molchilarning individual talablarini qo`shish orqali aniqlangan. Masalan, oziq-ovqat narxi 1000 so`m bo`lganda, umumiy bozor talabi quyidagicha hisoblanadi;
Quyidagi 7.6-rasmda ushbu iste′molchilarning yakka talab chiziqlari va bozor talab chizig`i keltirilgan.
Bozor talabi chizig`i har bir iste′molchining berilgan narxlardagi talablarini qo`shish orqali hosil qilingan. Bozor talabi chizig`ining har bir nuqtasi berilgan narxda uchta iste′molchi uchun qancha oziq-ovqat birligi kerakligini ko`rsatadi.

2 4 6 8 10 12 14 16 18 20 Q


Iste′molchilar talab chiziqlari va bozor talabi chizig`i.
Masalan, narx 3000 so`m bo`lganda, bozor talabi 12 birlik bo`lib, u A, B va V iste′molchilarning narx 3000 so`m bo`lgandagi talablari yig`indisiga teng.
Iste′molchilarning individual talablari chiziqlari to`g`ri chiziqlardan iborat bo`lgani bilan bozor talab chizig`i ham to`g`ri chiziqdan iborat bo`lishi shart emas. Nima uchun deganda, yuqori narxlarda ba′zi bir iste′molchilar tovarni sotib olmasligi ham mumkin yoki ular har xil miqdorda sotib olishi mumkin.
Yana shuni ta′kidlash lozimki, iste′molchilar talablariga ta′sir qiluvchi barcha omillar bozor talabiga ham ta′sir qiladi. Masalan, iste′molchilar sonining oshib borishi bozor talab chizig`ini o`ngga, tepaga siljitadi yoki bo`lmasa, iste′molchilar daromadlarini ortishi, ularning oziqovqatga bo`lgan talabini oshiradi. Bu o`z navbatida bozor talab chizig`ini o`ngga-tepaga surilishiga olib keladi.
Umuman olganda, bozor talabini aniqlashda har xil demografik guruhlarga qarashli iste′molchilar talablarini yig`ishga, har xil hududlarda yashovchi iste′molchilar talablarini yig`ishga to`g`ri keladi. Masalan, muzqaymoqqa bo`lgan bozor talabi o`rganilganda yosh bolalar talabi, o`smirlar talabi, ayollar talabi, nafaqaxo`rlar talabi to`g`risidagi axborotlarni olishga va ularni jamlashga to`g`ri keladi. Xuddi shu masalani hududlar bo`yicha aniqlash ham mumkin.
Bozor talabi chizig`ini va shu bilan birga individual talab chizig`ini ifodalashda tovarlarning narx bo`yicha elastiklik koeffitsiyentidan foydalanish mumkin. Biz yuqorida ko`rgan edikki, agar talab narx bo`yicha elastik bo`lsa, narxning pasayishi iste′molchini tovardan ko`proq sotib olishga undaydi. Natijada iste′molchining tovar sotib olishga sarfi o`sadi, narx oshganda iste′molchi sarfi kamayadi. Agar talab elastik bo`lmasa, narx oshganda iste′molchi sarfi ham oshadi, narx pasayganda kamayadi. Bordiyu talab birlik elastiklikka ega bo`lsa, narx oshganda ham, oshmaganda ham iste′molchining tovar sotib olishga sarfi o`zgarmaydi.

Yüklə 18,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə