Darsning mavzusi: Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Darsning maqsadi


Asosiy tushunchalar – yubiley, tanga, Lidiya, tamg’a, Argos



Yüklə 300,44 Kb.
səhifə41/104
tarix12.01.2022
ölçüsü300,44 Kb.
#82822
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   104
5 sinf tarix fanidan konspekt

Asosiy tushunchalar – yubiley, tanga, Lidiya, tamg’a, Argos;

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. Tangalar – tarix guvohi

Tanga (turkiy – tamg’a so’zidan olingan) – maxsus ramzlar tushirilgan va ma’lum og’irlikka hamda qiymatga ega bo’lgan metalldan yasalgan pul.

Tanga pullar davlat tomonidan maxsus joylarda zarb etilgan. Arxeolog olimlar tanga dastlab miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda Lidiya (Osiyoda) va Argos (Yevropada) davlatlarida paydo bo’lganligini aniqlaganlar. Lidiya hududida oltin ko’p bo’lgan. Bu davlatda oltindan zarb etilgan tanga starter deb atalgan.

Eron podshosi Doro I davrida esa o’sha davrning mashhur “darik” deb ataluvchi tanga puli joriy etilgan. Bu tanganing har biri 8,4 gramm sof oltindan yasalgan.

O’zbekiston Respublikasining pul birligi –so’m 1994-yilning 1iyulida muomalaga kiritilgan. Vaqtlar o’tishi bilan 10, 25, 50 so’mlik tanga pullar ham zarb etilgan.

1996-yilda buyuk bobomiz Amir Temur yubileyining 660 yilligi munosabati bilan oltin suvi yuritilgan 100 so’mlik, 2009-yilda esa Toshkent shahrining 2200 yilligiga atab 100 so’mlik tanga pul zarb etildi.

Lidiya podsholigining tanga puli – staterning bir tomoniga yugurib ketayotgan tulki tasviri tushirilgan.

Argos davlati tangalarida esa muqaddas deb hisoblangan toshbaqa surati tasvirlangan.

Doro I, makedoniyalik Aleksandr, Rim hukmdorlari Yuliy Sezar, Grek-Baqtriya hukmdori Yevkratid va boshqalar zarb ettirgan tangalar buning dalilidir.



Yüklə 300,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə