Darsning mavzusi: Kirish. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Darsning maqsadi


Asosiy tushunchalar – Finikiya, La’l yo’li, Pomir, Shoh yo’li



Yüklə 300,44 Kb.
səhifə43/104
tarix12.01.2022
ölçüsü300,44 Kb.
#82822
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104
5 sinf tarix fanidan konspekt

Asosiy tushunchalar – Finikiya, La’l yo’li, Pomir, Shoh yo’li;

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. Savdo yo‘llari

Qadimgi karvon savdo yo’llaridan biri “La’l yo’li” deb atalgan. Bu yo’l miloddan avvalgi 3-2 mimng yillikda ochilgan. Yo’lning “La’l yo’li” deb atalishiga bu yo’ldan qimmatbaho la’l toshining tashilishi sabab bo’lgan. U lojuvard deb ham ataladi. “La’l yo’li” Pomir tog’idan boshlanib Eron, Mesopatamiya va Misr orqali o’tgan. La’l toshlaridan yasalgan buyumlar hatto Misr fir’avnlari maqbaralaridan ham topilgan.

Milodiy XVI asrga qadar Sharq bilan G‘arb xalqlari o'rtasidagi tarixiy-madaniy va savdo munosabatlari taraqqiyotida qadim­gi dunyoda mashhur bo'lgan Buyuk Ipak yo‘li muhim o'rin tutgan edi. Bu yo'l miloddan avvalgi II asrda vu­judga kelgan va “Buyuk meridianal yo‘l” deb atalgan. Bu yo'lga “Ipak yo'li” degan nom 1877-yilda nemis geografi F.Rixtgofen tomonidan berilgan.

Buyuk Ipak yo'li Sariq dengiz sohilidan O'rtayer dengizi sohiligacha cho'zilib ketgan. Bu yo‘l 12 ming km uzunlikda bo'lgan.

Buyuk Ipak yo'li Sharq va G‘arb mamlakatlari xalqlarini o'zaro madaniy aloqalaridan bahramand bo'lish imkonini berdi.

O’rta Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo‘li tufayli Sharq va G‘arb mamlakatlari iqtisodiyoti va madaniyati bi­lan oshno bo'lganlar. G‘arb mamlakatlari xalqlari esa O’rta Osiyo xalqlarining yuqori darajada rivojlangan madaniyatini o‘zlari uchun kashf qildilar. O'zbekiston aholisi Xitoy shoyisini qadrlasa, Xitoyda So‘g‘diyona gilamlari, jun gazlamalari, hunardmandchilik buyumlariga talab katta bolgan.

Buyuk Ipak yo’li Sharq va G‘arb mamlakatlari xalqiarini o'zaro madaniy aloqalaridan bahramand bo'lish imkonini berdi.


Yüklə 300,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə