Darsning texnologik xaritasi



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix10.05.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#86448
1   2   3   4   5   6   7
Darsning texnologik xaritasi

 

 

100 ichida  sonlarni  ko`paytirishni o’rgatish metodikasi. 

Reja 

1.

 

Bir xil qo`shiluvchilar yig`indisini ko`paytirishni o`rgatish metodikasi

 



2. Jadvalda ko`paytirish va bo`lishni o`rgatish metodikasi 

3.” Ko’paytirishning hadlari bilan tanishtirish” mavzusi yuzasidan dars ishlanma 

4. Xulosa 

5. Foydalanilgan adabiyotlar  

 

1.

 

Bir xil qo`shiluvchilar yig`indisini ko`paytirishni o`rgatish metodikasi

 

Bu  mavzu  ustida  ishlashda  o`qituvchi  oldida  turgan  asosiy  vazifalar 

quyidagilardan iborat:  

-o`quvchilarni  ko`paytirish  va  bo`lish  arifmetik  amali  ma'nosi  bilan  tanishtirish;  

ularning    ba'zi    xossalari  va  ular  orasidagi  mavjud  bog`lanishlar  bilan  bu,  amallar 

komponentalari bilan natijalari orasidagi o`zaro bog`lanishlar bilan tanishtirish

-ko`paytirish  jadvalini  puxta  bilishni  va  undan  bo`linmani  topishda  foydalana  olishni 

ta'minlash; 

-o`quvchilar  jadvaldan  tashqari  ko`paytirish  va  bo`lish  usullari  bilan,  0  va  1  ga 

ko`paytirish 

va  bo`lish 

hollari,  qoldiqli 

bo`lishning  jadval  hollari  bilan 

tanishtirish.Ko`paytirish  amalining konkreti mazmunini ochishni bir xil qo`shiluvchilar 

yig`indisini  topishga  doir  masala  yechishdan  boshlash  maqsadga  muvofiq.  Masala 

yechishda  foydalaniladigan  Ko`rsatmalilik  bolalarga  har  bir  konkreti  holda  qaysi 

qo`shiluvchi  takrorlanayotganligini  va  necha  marta  takrorlanayotganligini  tushinib 

olishga yordam beradi.   

- Qo`shishga oid misollarni ko`paytirish bilan almashtiring, 3+3+3+3=      6+6+ 6= 

-  Natijalarni  hisoblang,  mumkin  bo`lgan  o`rinlarda  qo`shishga  oid  misollarni 

ko`paytirish bilan almashtiring. 2+2+2=          2+3+3=  

 - Ko`paytirishni qo`shishga doir misol bilan almashtiring va natijalarni hisoblang: 4x3,  

5x2,       3x6,…. 

-Ifodalarni taqqoslang:   4+4+4+4+4 g’ 4x3          7x5 g’  7+7+7+7 

-Birinchi misol natijasi bo`yicha ikkinchi misol natijasini toping: 

5x7=35       5x8=5x7+5     8x3=24      8x4=8x3+8 

 

Bo`lishning  konkreti  ma'nosi  oldin  mazmuniga  ko`ra    bo`lishga  doir  masalalar 



yechishda,  so`ngra  teng  qismlarga  bo`lishga  doir  masalalar  yechishda  ochib  beriladi. 


Masalan,  berilgan  buyumlar  to`plamini  2  tadan,  3,4  tadan  bo`lish,  teng  bo`laklarga 

bo`lish va ularni yozishni o`rganish shakklanadi. 

18:3=6,      18:9=2          «18  ni  3  ga  bo`linsa,  6  hosil  bo`ladi»  deb  o`qiladi.  Bo`lishning 

natijalari bu bosqichda yod olinmaydi keyinchalik mashqlar biroz murakkablashadi:  

-Bir xil ko`payuvchili (3x4 va 3x5) yoki bir xil ko`paytiruvchili (6x5 va 7x5) misollar 

juftini taqqoslang. 

-Ikki usul bilan yeching. 6x4+6, 6x4-6, 6x8+6x2. 


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə