Darsning texnologik xaritasi


I.  6x4-6=24+6=30   II



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix10.05.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#86448
1   2   3   4   5   6   7
Darsning texnologik xaritasi

I.

 6x4-6=24+6=30  



II.

 6x4+6=6+6+6+6+6=30 

 

Endi  o`quvchilarni  amallar  nomi,  ko`paytirish  va  bo`lish  komponentalari  va 



natijalari  bilan  tanishadilar: kamayuvchi, ko`paytiruvchi  (ko`paytuvchilar),  ko`paytma; 

bo`linuvchi,  bo`luvchi, bo`linma. 

Bu atamalarni jadvalda ko`rsatish foydali. 

Ko`paytirishning  o`rin    almashtirish  xossasini  bilish  avvalo  ko`paytirish  amalini 

mukammal  tushunish  uchun  va  o`quvchilar  yoddan  bilishi  zarur  bo`lgan  hollar  sonini 

ikki  marta  qisqartirish  uchun  imkon  yaratadi.  Bu  xossani  kataklar,  doirachalar,  tugma 

kabi ko`rsatmalar bilan tushuntiriladi.  

Masalan: 

          chizmada nechta kvadrat bor?  

 

 



 

Yechish:

 5x3=15, 3x5=15 

      

 

 



     

   


                          

   


 

 

  



Shunday  keyin,  bu  masalalarni  taqqoslab,  ular  nimasi  bilan  o`xshash  va  nimasi    bilan 

farq  qilishi  aniqlanadi.  Shunga  o`xshash  mashqlardan  keyin  xulosa  ifodalanadi. 

Ko`paytiruvchilarning  o`rnini  almashtirishdan  ko`paytma  o`zgarmaydi.  Mazkur  xossa 

umumiy holda harflar yordamida quyidagicha yoziladi:  axb=bxa  

Bu  xossani  o`zlashtirish  maqsadida  turlicha  mashqlar  bajariladi.  Ko`paytirish  va 

bo`lishning  jadval  holini  o`rganishga  sharoit  yaratish  maqsadida  ular  orasidagi 

bog`lanish tushuntiriladi.  

 



Keyin  o`quvchilar  misollarni  taqqoslashadi  va  xulosa  qilinadi:  agar  ikki  sonning 

ko`paytmasi  ko`paytuvchilardan  biriga  bo`linsa,  u  holda  ikkinchi  ko`paytuvchi  hosil 

bo`ladi. Ko`paytirish va bo`lish orasidagi bu bog`lanishni o`zlashtirishga erishish uchun 

mashqlar bajariladi. 

 

O`quvchilar  tegishli  usullarni  o`zlashtirib  olganlaridan  keyin  1  va  10  ga 



ko`paytirish  va  bo`lish  natijalarini  tez  topishni  o`rganadilar.  Shuning  uchun  bu 

natijalarni  yod  olish  zarurati  qolmaydi.  Avval  1  ni  songa  ko`paytirish  holi  qaraladi, 

natija  qo`shish  bilan  topiladi.  Masalan,  1x2=1+1=2,  natijada  quyidagicha  xulosa 

chiqarilishi  muhimdir:  agar  ko`payuvchi  1  ga  teng  bo`lsa,  u  holda  ko`paytma  

ko`paytiruvchiga teng bo`ladi. 1xa=a keyin 1ga ko`paytirish qoidasi bilan tanishtiriladi: 

agar  ko`paytiruvchi  1  ga  teng  bo`lsa,  ko`paytma  ko`payuvchiga  teng  bo`ladi.  ax1=a 

bo`linuchiga teng bo`lgan songa bo`lish (4:4=1), bo`lishning aniq ma'nosi asosida ochib 

beriladi;  Birga  bo`lish  ko`paytirish  va  bo`lish  orasidagi  bog`lanish  asosida  kiritiladi; 

1x4=4 dan 4:1=4 

 

10  ni  ko`paytirishda  (10x2=20)  hisoblash  usulidan  foydalaniladi,  10  ni  2  ga 



ko`paytirish uchun 1 o`nlikni 2 ga ko`paytirish mumkin, natijada 2 o`nlik yoki 20 hosil 

bo`ladi.  10  ga  ko`paytirganda  o`rin  almashtirish  xossasidan  foydalaniladi.  Bo`lishda 

ko`paytirish va bo`lish  orasidagi bog`lanishga  asoslanadi. Masalan, 20:2=10,  20:10=2.  

20=10x2,    20=2x10. 




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə