bozorda mahsulot yoki xizmatga bo‘lgan talabning mavjudligini baholash — mahsulot yoki
xizmatning bozor talabi hamda tijorat istiqbollari baholanadi;
startap-loyihaning tijoratlashtirilishi istiqbollari — kelajakdagi mahsulot tatbiq etilish va
bozorga chiqish istiqboliga ega bo‘lishi, muayyan iste’molchiga nisbatan qo‘llanilishi kerak;
loyihaning
salohiyatli
raqobat
afzalliklarini
baholash
— iste’molchi
uchun
mahsulot/texnologiyaning uning amaldagi analoglariga nisbatan ustunliklari mavjudligi kabi muhim
xususiyatlari baholanadi;
loyihaning investitsion jozibadorligi — qo‘shimcha foyda keltiradigan va investitsiyalarni
qoplamaslik xavfini kamaytiradigan qulay investitsiya va innovatsion shartlar hamda afzalliklar
jamlanmasi;
loyihaning iqtisodiy samaradorligi — loyihani amalga oshirishning moliyaviy natijalarini
bevosita ishtirokchilar uchun hisobga holda iqtisodiy samaradorlik, shuningdek, loyihani amalga
oshirishning moliyaviy oqibatlarini aks ettiruvchi budjet samaradorligi.
Dostları ilə paylaş: