Oldingi
tahrirga qarang.
19. Texnopark rezidenti maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin
Direksiya 3 ish kuni mobaynida:
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-
oktabrdagi 672-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y.,
09/20/672/1437-son)
yuridik shaxsning nomi, faoliyati turi, pochta va elektron manzillari ko‘rsatilgan holda
Rezidentlarning yagona reyestriga yuridik shaxs ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida tegishli yozuvni
kiritadi;
yuridik shaxsga Texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida guvohnoma
beradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga va Davlat bojxona qo‘mitasiga, yuridik
shaxsga xizmat ko‘rsatadigan tijorat bankiga yuridik shaxs Texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatga
olinganligi to‘g‘risida rasmiy bildirishnoma yuboradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
20. Yuridik shaxs o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etilganda Texnopark rezidenti maqomi
davlat ro‘yxatiga olingan sanadan boshlab barcha huquqlar va oldin qabul qilingan majburiyatlar
saqlangan holda o‘zgartirilgan yuridik shaxsga o‘tadi. Bunda davlat ro‘yxatiga olingandan so‘ng o‘n
kun muddatda yuridik shaxs rezidentlarning yagona reyestriga va boshqa hujjatlarga o‘zgartirish
kiritish uchun yozma ravishda Direksiyaga murojaat qiladi. Bunday tartib yuridik shaxsning nomi
o‘zgarganda ham qo‘llaniladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-
oktabrdagi 672-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y.,
09/20/672/1437-son)
Yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi yoki nomi o‘zgarishi to‘g‘risidagi xabarnomasi
asosida Direksiya Rezidentlarning yagona reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi va O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga va Davlat bojxona qo‘mitasiga, yuridik shaxsga xizmat
ko‘rsatuvchi tijorat bankiga yuridik shaxsning Texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgani
to‘g‘risida xabarnoma yuboradi.
Dostları ilə paylaş: