Rad etishning asosi Direksiyaning ariza beruvchini Texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatga
olishni rad etish to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatiladi, ariza beruvchiga ushbu qarordan ko‘chirma
taqdim etiladi.
15. Yuridik shaxsni Texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos
bo‘lib xizmat qilgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ariza va boshqa
hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish ushbu Nizomning
10 — 13-bandlariga
muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
16. Yuridik shaxsni Texnopark rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul
qilinishi yuridik shaxsning Texnopark rezidentining faoliyati shartlari to‘g‘risidagi shartnomaga
roziligini anglatadi.
Shartnomaning shakli
O‘zbekiston Respublikasi
Axborot texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, Direksiyaning rasmiy veb-
saytida joylashtiriladi hamda ommaviy oferta shakliga muvofiq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: