o‘z faoliyatini boshlayotgan yuridik shaxslarga investorlar va kreditorlar bilan shartnomalar
tuzish jarayonida moliyaviy, yuridik yoki boshqa maslahat yordami beradi;
Texnopark rezidentlariga ularning startap-loyihalari uchun investitsiyalarni jalb qilishda
ko‘maklashadi;
Texnopark rezidentlarining mahsulotlari va xizmatlari ichki va tashqi bozorlarga kirib
borishini tashkil qiladi;
Texnopark rezidentlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab
chiqariladigan axborot texnologiyalari mahsulotlarining xalqaro yarmarka va ko‘rgazmalarini tashkil
etadi va o‘tkazadi, shuningdek, Texnopark rezidentlarining xalqaro seminarlar, konferensiyalarda va
respublikada hamda xalqaro ko‘lamda o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarda ishtirok etishini tashkil
etishga ko‘maklashadi;
yuridik shaxslarni Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilish bo‘yicha qaror qabul
qiladi;
Direksiya ustaviga, ushbu Nizomga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq
boshqa funksiyalarni bajaradi.
Direksiya o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda muassis bo‘lishga yoki boshqa yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida)
boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tashkil etishga haqlidir.
Dostları ilə paylaş: