O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-iyul,
589-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son
qaroriga
ILOVA
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish
tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi
tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki
faoliyatini tashkil etish, yuridik shaxslarni rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish va maqomdan
mahrum etish, rezidentlar uchun soliq va bojxona imtiyozlarini, ular bilan tuzilgan mehnat
shartnomalari bo‘yicha xodimlar tomonidan soliq imtiyozlarining qo‘llanilishini, shuningdek,
istiqbolli startap-loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 672-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalanilad i:
biznes-reja — kompaniya, tovar, uni ishlab chiqarish, ko‘rsatiladigan xizmatlar, mahsulot
sotiladigan potensial bozorlar, marketing strategiyasi, operatsiyalarni amalga oshirishni tashkil etish
va ularning samaradorligi ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan reja,
kompaniyaning harakatlari, biznes-operatsiyalarni amalga oshirish dasturi;
startap-loyiha — foyda olish noaniq va moliyaviy tavakkalchilik yuqori bo‘lgan sharoitlarda
dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari sohasid a yangi mahsulot yaratishni yoki xizmatni
joriy etishni ko‘zda tutuvchi loyiha;
Oldingi
tahrirga qarang.
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (keyingi o‘rinlarda —
Texnopark) — O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida eksterritoriallik prinsipi asosida axborot
texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishning maksimal darajada qulay
sharoitlarini yaratish uchun respublikaning butun hududida Texnopark rezidentlarini joylashtirgan
holda ishlaydigan tashkilot;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-
oktabrdagi 672-sonli
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y.,
09/20/672/1437-son)
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki direksiyasi (keyingi
o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) — Texnopark faoliyatini operativ boshqaruvchi mas’uliyati
cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs;
Rezidentlarning yagona reyestri — ushbu Nizomga muvofiq Texnoparkda ro‘yxatdan
o‘tkazilgan yuridik shaxslar ro‘yxati mavjud bo‘lgan ochiq va umumfoydalaniladigan axborot
resursi;
Texnoparkning rezidenti — belgilangan tartibda Texnoparkda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va
Rezidentlarning yagona reyestriga kiritilgan yuridik shaxs;
ariza beruvchi — Texnopark rezidenti maqomini olishga talabgorlik qiluvchi yuridik shaxs;
startap-loyiha tashabbuskori — startap-loyihani amalga oshirish bo‘yicha taklif taqdim
etgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
mentor — startap-loyihani rivojlantirish va ilgari siljitish maqsadida uni o‘z bilimlari va
tajribasi bilan qo‘llab-quvvatlaydigan maslahatchi;
Maslahat kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) — ushbu Nizomda belgilangan
talablarga muvofiq inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlariga qabul qilish uchun nomzodlarni
tanlashni, shuningdek, mentorlarni saralashni ta’minlash maqsadida Direksiya huzurida tashkil
etiladigan organ;
akseleratsiya dasturi — mentorlar va bozor ekspertlari tashkiliy va maslahat bilan qo‘llab -
quvvatlagan holda test sinovidan o‘tkazish va biznes-modelini ishlab chiqish yo‘li bilan startap-
loyihalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’limiy-amaliy dastur;
inkubatsiya dasturi — uning doirasida startap-loyiha g‘oyasi shakllantiriladigan va ishlab
chiqiladigan ta’limiy-amaliy dastur;
Oldingi
tahrirga qarang.
veb-portal — Texnopark rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxslardan hujjatlar qabul
qilish, Direksiya va uning rezidentlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish, shu jumladan, ulardan
hisobotlar, xulosalar, biznes-rejalar va boshqalarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan Direksiyaning
Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytidagi bo‘limi. Veb-portalning ishlash tartibi
Direksiya tomonidan belgilanadi;
Ekspert kengashi — Direksiya huzurida rezident maqomini olish uchun ariza bergan yuridik
shaxslar va rezidentlarning biznes-rejalarini tahlil qilish maqsadida vazirliklar va idoralar, ilmiy
muassasalar, oliy ta’lim muassasalari malakali mutaxassislari va boshqa mutaxassislardan tashkil
etiladigan organ. Ekspert kengashining ish tartibi Direksiya tomonidan belgilanadi;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -yil 30-oktabrdagi 672-sonli
qaroriga
asosan o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/672/1437-son)
Istiqbolli startap-loyihalarni ko‘rib chiqish va baholash hamda mentorlarni tanlash bo‘yicha
ekspert komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Ekspert komissiyasi deb ataladi) — akseleratsiya dasturidan
muvaffaqiyatli o‘tgan startap-loyihalarni keyinchalik moliyalashtirish uchun ko‘rib chiqish va
o‘rganishni tashkil etish, shuningdek, mentorlarni tanlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida tashkil etiladigan
organ.
3. Quyidagilar Texnoparkning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardoshli mahsulotlar va xizmatlar ishlab
chiqilishini rivojlantirish va ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ichki va
tashqi bozorlarga kirib borishi, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish;
Texnopark rezidentlariga faoliyatni amalga oshirish uchun zarur infratuzilma, shu jumladan,
zamonaviy laboratoriyalarni berish, ularga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting
xizmatlari, shuningdek, akseleratsiya dasturlari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;
startap-loyihalarni amalga oshirishda, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida
qo‘llab-quvvatlash, axborot texnologiyalari sohasida boshlovchi va kichik korxonalarga innovatsion
faoliyat natijalarida ko‘maklashish;
shu jumladan, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferi hisobiga
loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etishda
rezidentlarga ko‘maklashish;
yuqori texnologik mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish zanjirining uzluksizligini
ta’minlash uchun ilmiy, ilmiy-tadqiqot, o‘quv va ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyati o‘zaro
integratsiyasiga ko‘maklashish;
axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarning zamonaviy sinfini
shakllantirish maqsadida aholi va yoshlar o‘qitilishini tashkil etish;
axborot texnologiyalari sohasida yetakchi kompaniyalar va mutaxassislarni jalb etgan holda
mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar
o‘tkazish.
Dostları ilə paylaş: |