dasturlariga qabul qilish uchun istiqbolli startap-loyihalarni ko‘rib chiqish va baholash bo‘yicha
Maslahat kengashi tashkil etiladi.
Startap-loyihalar bo‘yicha qabul qilingan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish 20 ish kuni
mobaynida amalga oshiriladi. Inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturiga qabul qilish bo‘yicha qaror
Kengash tomonidan qabul qilinadi.
35. Direksiya startap-loyihani inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturiga qabul qilish yoki rad
etish to‘g‘risida uzil-kesil qarorga kelish maqsadida ariza beruvchini o‘z startap-loyihasi taqdimotini
o‘tkazish uchun taklif qilish huquqiga ega.
36. Kengash ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning
4-ilovada
ko‘rsatilgan
zarur hujjatlarga muvofiqligini o‘rganib chiqadi va tahlil qiladi hamda ushbu Nizomning
45-bandida
ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiqligi bo‘yicha tanlovni amalga oshiradi.
37. Kengash o‘rganib chiqish natijalariga ko‘ra startap-loyihani inkubatsiya yoki
akseleratsiya dasturiga qabul qilish yoki rad etish haqida kollegial qarorni qabul qiladi.
38. Kengash qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda Kengashning raisi va kotibi
tomonidan imzolanadi.
39. Startap-loyihani qabul qilish rad etilganda Direksiya Kengash qaroriga asosan rad etilish
asoslari keltirilgan yozma xabarni ariza beruvchiga jo‘natadi.
40. Startap-loyihani qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda Direksiya bilan
startap-loyiha tashabbuskori o‘rtasida Direksiya tomonidan belgilangan muddatlarda startap-
loyihaning inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturida ishtirok etishi bo‘yicha bitim tuziladi.
41. Akseleratsiya dasturidan o‘tgan startap-loyihalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va
o‘rganish, keyinchalik moliyalashtirish hamda yuqori malakali mentorlarni tanlab olish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligid a
startap-loyihalarni ko‘rib chiqish, baholash va mentorlarni tanlash bo‘yicha Ekspert komissiyasi
tuziladi.
42. Direksiya akseleratsiya dasturlari yakuniga ko‘ra keyinchalik moliyalashtirish uchun
mahsulotlar (xizmatlar) namoyishini (namoyish kunini) tashkil qiladi. Namoyish yakunlariga ko‘ra
moliyalashtirish uchun ariza tayyorlanadi va Ekspert komissiyasiga yuboriladi.
43. Ekspert komissiyasi namoyish o‘tkazilgandan keyin 7 ish kuni mobaynida loyihalarni
ushbu Nizomning
45-bandida
ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq saralash uchun ko‘rib chiqadi.
44. Kelgusida ishtirok etish va moliyalashtirish uchun tavsiya etilgan startap-loyihalar
Ekspert komissiyasi qarori qabul qilingandan keyin 3 ish kuni mobaynida O‘zbekiston Respublikasi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri yoki uning Ekspert komissiyasi
faoliyati uchun mas’ul o‘rinbosari imzosi bilan Jamg‘armaga moliyaviy mablag‘larni ajratish uchun
xat bilan yuboriladi.
Bunda Jamg‘arma, Direksiya va startap-loyiha tashabbuskori o‘rtasida 5 ish kuni mobaynida
startap-loyihani moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlash shartlari to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Dostları ilə paylaş: