Дастурлаш асослари


Boshqaruvda inson omili nazariyasi



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə16/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   196
Дастурлаш асослари

Boshqaruvda inson omili nazariyasi.
Inson omili - iqtisodiy-siyosiy atama, mehnat psixologiyasi, ergonomika va sotsiologiya tizimlarining zamonaviy umumiy nazariyasi manfaatlari predmetidir. Inson omiliga bo’lgan e’tibor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish zarurligi bilan bevosita bog’liqdir, uni esa boshqaruvning avtoritar, ma’muriy-buyruqbozlik usullarini qo’llash bilan ta’minlash mumkin emas.
Inson omili deganda psixologiyada boshqarish tizimiga kiruvchi shaxs,
gurux, jamoa, jamiyat tushuniladi. Aniqrog’i - bu insonlarning ichki dunyosi,
ularning talabi, qiziqishi, ehtiyoji, yo’l - yo’riqlari, kechinmalaridir.
Xuddi shu inson omili ishlab chiqarish samaradorligini hamda hozirgi raqobatni aniqlaydi. SHuning uchun hozirgi kunda insonlardan kompaniyaning faollari sifatida to’g’ri foydalanish muhimdir.
Inson omilining alohida rolini rasman e’tirof qilgan ma’muriy boshqaruv tizimi, haqiqatan uning mazmunini inkor qilib so’zsiz bo’ysunish tamoyillariga asoslanadi, pirovard natijada, shaxsni jamiyat manfaatlaridan, mehnatkashlarni ijtimoiy maqsadlar va manfaatlardan uzoqlashtirdi, boshqaruvning butun tizimini ortiqcha markazlashtirish va rasmiylashtirish bilan bog’liq bo’ldi. Ayni vaqtda, boshqaruvning iqtisodiy usullariga o’tish inson omilini faollashtirmasdan turib, bu usul ularni amalga oshirish mumkin emasligini ko’rsatdi.
Ijtimoiy jixatdan rivojlangan inson katta mehnat salohiyatiga ega
bo’ladi, biroq, u ayni vaqtda, passiv insonga nisbatan ancha murakkab ob’ekt
hisoblanadi. Xodimlarning manfaatlari ko’p tomonlama bo’lib, shu sababli
inson omilini boshqarish, uni faollashtirish usullarini xilma xilligi,
moslashuvchanligi, maqsadga qaratilganligi bilan ajralib turishi lozim.
Ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv tizimi buni uddasidan chiqa olmadi. U inson omiliga shu jixati bilan putur yetkazdiki, o’z maqsadlariga erishishi uchun majburlash va katag’on usullaridan foydalandi, bu usullar ijtimoiy vaziyatga mos kelmadi, ijtimoiy zahiralardan va ularning mehnat potentsialidan samarasiz foydalanishga olib keldi. Ijtimoiy siyosat vazifalari hamisha turmush sharoitini yaxshilashdan, ijtimoiy adolatni amalga oshirishdan, ijtimoiy guruxlarni yaqinlashtirish va milliy munosabatlarni takomillashtirishdan iborat bo’lib keldi.
Zamonaviy menejer faoliyatida ijtimoiy-iqtisodiy-psixologik boshqaruv usullari ma’muriy boshqaruvdan ustun turadi. Menejerning ko’pgina insonlar bilan munosabati uning faoliyati asosini tashkil etadi.
Yaponiyaning yirik menejeri Akio Moritaning aytishicha: firmamizning faoliyati bilan tanishgan chet elliklar, xuddi ularnikidek texnologiya va kadrlar bilan ishlaganda ham yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqara olmaganliklariga hayron qoldilar. Ular bunday sifatni dastgohlar emas, balki insonlar ishlab chiqarishini tushunmaydilar.
Deyl Karnegining: «Qanday qilib do’st orttirish va ularga qanday qilib ta’sir o’tkazish» degan kitobida insonlarga munosabatning asosiy usullarini ko’rsatadi:
1. Insonlarga yoqishning - 6 qoidasi.
2. Insonlarga e’tiborni jalb etmoqni - 12 qoidasi.
3. Insonlarga ularni haqorat qilmay muomalada bo’lishning - 9 qoidasi.
4. Insonlar oilasini yanada baxtliroq qilishning - 7 qoidasi.
Insonlar munosabati tizimida menejerlar qasamyodi (norma buyruq, ijtimoiy va ma’naviy, ruhiy xarakterdagi qoida)ga o’zining faoliyati davomida itoat qilishi lozim.
Har bir firma menejeri o’zining qoidasini ishlab chiqadi va unga amal qiladi. Masalan: Jeneral Motors firmasi menejerlari quyidagi qoidalarga rioya etadilar:
1. Sen uchun ahamiyati bo’lmasa ham, foydali maslahat va tanqidga diqqat
qil.
2. Sabr - toqat bilan noma’qul bo’lsa ham birovlarning fikriga quloq
sol.
3. Qo’l ostingdagilarga adolatli bo’l.
4. Hech qachon jahlingni chiqarma, bosiq, muloyim bo’l - bu esa seni hurmatingni oshiradi.
Hozirgi vaqtda inson omilini faollashtirishning uch yo’nalishini ajratib ko’rsatish mumkin.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə