Дастурлаш асослари



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə17/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   196
Дастурлаш асослари

Birinchidan, boshqaruv tizimini amerikacha «oqilona» boshqaruv maktabi ruhida joriy qilish va ishning pirovard natijalari uchun rag’batlantirishga urinib ko’rilmoqda.
Ikkinchidan, korxonalarda boshqaruvning yapon tizimini joriy etish masalalari o’rganilib chiqilmoqda.
Uchinchidan, jamoa va ayrim xodimni boshqarishning mustaqil «yevropacha» nazariyasi sifatida tashkiliy yoki boshqaruv nazariyasini ishlab chiqish, amalga oshirilmoqda (ayniqsa, Shvetsariya va Belgiyada, kamroq darajada - Frantsiya va Germaniyada), lekin ba’zan ana shu nazariya belgisi ostida amalga oshirilayotgan ishlanmalar ham amerikacha, ham yaponcha boshqaruv maktablari bilan mustahkam qo’shilib ketmoqda.
Shunday qilib, inson omilini faollashtirish ko’p qirrali muammo sifatida namoyon bulmoqdaki, unga axloqiy qadriyatlarni shakllantirishning murakkab jarayonlari, oila va maktab, xonaki tarbiya, jamiyatni jismoniy sog’lomlashtirish, madaniy an’analarni saqlab qolish, kadrlar va ijtimoiy siyosat, ta’lim va hokazo muammolar kiradi.
Miqdoriy yondashuv. Bu yondashuv 1950 yildan rivojlana boshladi, uning asosiy mohiyati guruh va tashkilotlarni boshqarishda matematik metodlardan, xususan, mehnat operatsiyalarini tahlil etish, matematik modellar yaratish uslublarini qo’llanilishidir. Tashkilot boshqaruvi tizimiga aynan mos model yaratib bo’lmasada, lekin matematik apparatni qo’llash natijasida boshqaruv jarayonini chuqur bilish va ayrim iqtisodiy natijalarni bashorat qila olish imkoniyati oshadi. Bu orqali ishchilarda ichki himoyalanish va aniq rejalarga asoslanish imkoniyati ortishi kuzatilgan.
Boshqaruvga jarayon sifatida yondashish. Bu yondashish mazmunida jamoa hayotiga murakkab va dinamik jarayon tarzida qaraladi hamda boshqaruv o’zaro bog’liq funktsiyalarni bajarishning uzluksiz jarayoni sifatida tushuniladi. Bunday funktsiyalar sifatida: rejalashtirish, tashkil etish, topshiriqlar berish (ma’muriy boshqaruv), motivlashtirish, rahbarlik, koordinatsiya, nazorat, tadqiqotlar, kommunikatsiya, baholash, qaror qabul qilish, personal tanlash, muzokaralar olib borish va vakolat berish kabilar kiradi. Agar ana shu funktsiyalarni qay biri bajarilmas ekan boshqaruv faoliyatida muammolar kelib chiqishi, ular bir-birlarini to’ldirib mazmunga ega bo’lishi ta’kidlanadi. SHu bois boshqaruv faoliyatida har bir kichik vazifani bajarayotgan xodimni ham o’z ulushi va xizmati borligini unutmaslik kerak.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə