Дастурлаш асослари


Ilmiy maktab (1950 yildan hozirgi davr)



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə15/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   196
Дастурлаш асослари

Ilmiy maktab (1950 yildan hozirgi davr). Ilmiy maktabning asosini kompyuterlar tashkil etadi. Kompyuter so’z bilan fikrlash va modelь, belgi va sonlarning mazmunini tahlil qilishda eng zamonaviy axborot vositasi bo’lib yuzagi chiqdi. Kompyuter matematik modellarning o’sib borayotgan qiyinchiliklarini yechishda hamda yo’l - yo’riqlarini aniq ko’rsatib berish uchun xizmat qiladi.
«Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish» nazariyasi yoki - to’g’rirog’i, «ilmiy boshqarish» nazariyasiga shu asrning boshlarida Frederik Teylorning (AQSH) asarlarida asos solingan bo’lib, keyinchalik boshqa ko’pgina olimlar tomonidan rivojlantirildi. Bu nazariya umuman korxona va tashkilotni boshqarishda va xususan inson zahiralarini boshqarishda «tinch inqilob» yasadi.
«Ilmiy boshqarish» nazariyasining tasdiqlashicha, barcha korxonalar uchun boshqarish va mehnatni tashkil etishning optimal (eng maqbul) va universal (har tomonlama) usullari mavjud bo’lib, ular mehnat unumdorligini birmuncha oshirish imkonini beradi. Bu usullarni fan (tabiiy fanlar, psixologiya) yutuqlaridan foydalanish asosida, mavjud ish usullarini muntazam ravishda o’rganish hamda eksperementlar o’tkazish asosida ishlab chiqish taklif etilgan edi. «Ilmiy boshqarish» g’oyalarining tarqalishiga qarab ko’pgina korxonalarda yangi kasb vakillari - muhandislar (injenerlar) paydo bo’ldi, ular ish usullarini o’rganish va qulaylik yaratish
bilan shug’ullanar edilar.
Asrimizning 20-30 yillarida paydo bo’lgan inson zahiralarini boshqarish bo’yicha ixtisoslashgan bo’limlar uzoq vaqt mobaynida ikkinchi darajali rol o’ynab keldilar. Ular asosan hujjatlar yuritish, nizolarni qarab chiqish, sudlarda qatnashish, ish haqini to’lash va hokazolar bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bajarib keldilar. Ularning vazifalari o’ta texnik, kompaniya rahbariyati uchun yordamchi ishlar sifatida qaralardi. Odamlarni boshqarish bilan bog’liq barcha qarorlar yuqori rahbarlar tomonidan qabul qilinardi, bu ishda kadrlar bo’limi ishtirok etmasdi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə