Дастурлаш асослари


Tizimli va vaziyatli yondashuvlar



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə18/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   196
Дастурлаш асослари

Tizimli va vaziyatli yondashuvlar Bu yondashuvlar orqali esa, mehnat faoliyatidagi shaxs uchun har qanday vaziyat, shart-sharoitlar hulqiga ta’sir etuvchi omil ekanligi ta’kidlanadi. Mehnat jamoasidagi amalga oshayotgan jarayonlar, ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi hamma ishtirokchilar o’rtasida sababiy aloqa mavjudligi,tashqi muhit va vaziyat xodim xulqidagi hal etuvchi omil ekanligini tushuntiradi. SHaxsni shug’ullanayotgan faoliyat turi uni fikrlashiga, hulq-atvoriga mazmunan ta’sir qiladi. SHu bois muhit va vaziyatlarni tashkilot va jamoalarda
ijobiy ta’sir kuchiga egaligini inobatga olish boshqaruvni samarasiga
ta’sir ko’rsatadi.
Inson kapitali nazariyasi Ishlab chiqarish jarayonida insonga bo’lgan munosabatni aks ettiruvchi yana bir yondashuv -«inson kapitaliªnazariyasi bo’lib, bunga muvofiq korxonadagi ishchi kuchi kapital sifatida, masalan pul tarzida idrok etiladi. Har bir salohiyatli kadr ishlab chiqarish jarayonida o’z mehnati orqali kattagina moliyaviy daromadni ta’minlanishiga hissa qo’shadi. SHu bois ulardan samarali foydalanish, ularga sharoit yaratish va uni ko’paytirishga e’tibor qaratiladi.
Inson resurslarini rivojlantirish kontseptsiyasi. Inson resurslarini rivojlantirish kontseptsiyasi zamonaviy yondashuvlardan biri bo’lib, bunda tashkilot manfaati uchun xodimning o’z tashabbusi bo’yicha samarali mehnat qilishida yaratiladigan sharoitlar muhim masala deb qaraladi. Tashkilot personalini rivojlantirish omili sifatida xodimlarning ehtiyojini aniqlash va qondirish, ularning kasbiy va shaxsiy kamolotga erishishi uchun shart-sharoit yaratish g’oyasi yotadi. Xodimlarga turli malaka oshirish, o’z ustida ishlashi va o’z salohiyatini namoyon eta olishi uchun shart-sharoitlarni yaratilishi orqali ta’sir etish natijasida ishchining mehnatga ijobiy yondashuvi va samarali mehnati ta’minlanadi.
Yuqoridagi asosiy boshqaruv kontseptsiyalari o’z davriga xos bo’lgan
personal boshqaruv uslublarini ifodalaydi. Hatto hozirgi paytda ham turli
tashkilot va rahbarlar yuqoridagi keltirilgan yondashuv elementlarini o’z
faoliyatida qo’llab keladilar. Tashkilot rahbari mavjud iqtisodiy ahvol,
qo’l ostidagi xodimlar xususiyatiga asoslangan holda turli yondashuvlardan
birontasiga urg’u berishi, tashkilot manfatidan kelib chiqib, u yoki bu
yo’nalish modellarini jamoalar boshqaruviga tatbiq etishi mumkin. Ammo, ko’zlangan maqsadga tashkilotdagi personalning faol ishtiroki orqali
erishmoqchi bo’lgan rahbar, iloji boricha o’z xodimlarida tashabbusga
moyillik, ish natijasi uchun yuksak mas’uliyat uyg’ota olishi lozim. Aynan
shu maqsadni ko’zlagan rahbar iloji boricha inson resurslari yondashuviga
qaratilgan nazariyaga asoslanishi o’rinlidir. Zamonaviy psixologiya ham
iloji boricha insonni aynan shu nuqtai-nazarda tushunishga va shaxs
kamolotini uning ichki zahiralarini uyg’otish orqali erishishga intiladi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə