Дастурлаш асослари


Liderlikning vaziyatga bog’liqlik nazariyasi



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə20/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   196
Дастурлаш асослари

Liderlikning vaziyatga bog’liqlik nazariyasi. Bu yerdagi asosiy g’oya -
lider vaziyatning mahsuli degan g’oyadir. Har bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ba’zi vaziyatlar ayrim shaxslarning o’zlarini ko’rsatishlari, lider bo’lishlari uchun qulay muhit bo’lib xizmat qiladi.
Liderlikning sintetik nazariyasi. Bu nazariya lider guruhiy munosabatlarning bevosita mahsuli, deb hisoblaydi, hamda uning ro’yobga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi.
Rahbar kadrlar muammosini o’rganish psixologiya tarixida sezilarli darajada o’rin egallaydi Buning asosiy sababi sotsiologiya, ijtimoiy psixologiyaning tarixiy etyudlarida rahbarning ijtimoiy turmushdagi roli, mamlakat, xalq; taqdiridagi ma’sulligi, taraqqiyot faravonlik, baxtli turmush ko’p jihatdan uning shaxsiyatiga, faoliyatiga, qobiliyatiga, akl-zakovatiga bog’lik; ekanligi bayon qilingan. Mutafakkir ajdodlarimiz ta’limotlarida, xalq; ijodiyotida adolatli va adolatsiz shoh to’g’risidagi ma’lumotlar haddan ziyod ko’p. Abu Rayxon Beruniy asarlarida, al-Farobiy qo’lyozmalarida rahbar (yuksak lavozim egalarini nazarda tutiladi) insonlarning shaxsiy fazilatlari, ularning oldida turadigan murakkab, ma’suliyatli vazifalar, ayrim illatlarning oldini olish va bartaraf qilish yul-yo’riqdari bo’yicha ibratli fikrlar bildirilgan. Ayniqsa, rahbarning faxm-farosati, donishmandligi, xaqgo’yligi, xalqparvarligi, insof diyonatliligi, saxovatpeshaligi ilmiy-amaliy namunalar asosida ta’kidlab o’tilgan.
Vatandosh shoir va yozuvchilar ijodiyotida, folklorda saxiylik-ochko’zlik bir-biriga keskin qarama-qarshi, ular insofga chaqirilgan. Davlatning u yoki bu lavozimda amaldorlik qilgan kishilarning ruhiy dunyosi xalq donishmandligi namunalarida o’z ifodasini topgan.
Asosiy mulohazalarimizni ilmiy psixologiyaga munosib hissa qo’shgan rus psixologlari asarlarining tahlilidan boshlaymiz.
S.L.Rubinshteyn o’zining keng qamrovli qarashlarida nafaqat psixologiya fanining tamoyillari bo’lmish determinizm, ong va faoliyat birligi, taraqqiyot, monizm kabilardan tashqari shaxs kamoloti muammosiga ham alohida ahamiyat bergan.
S.L.Rubinshteyn, «Inson olami» asarida inson-biosfera munosabatlari nafaqat alohida olingan shaxsga bog’liq ekanligi, balki jamoa va uning rahbari, hamkorlik faoliyatining natijasi, mahsuli xuddi shu munosabatning negizi bo’lishning puxta iboralar orqali dalillab berishga erishadigan. Uning fikricha, rahbarning eng asosiy xususiyati-bu atrof-muhitning subsensor-tarzda ya’ni xaqqoniy aks ettira olishdir. Irodaviy sifatlar negizi motivatsion hissiy, kognitiv va regulyativ jabhalarning harakatlantiruvchi ekanligi shaxsning o’zini-o’zi boshqarish imkoniyatidan kelib chiqib bildirilgan fikridir. Rahbarning boshqaruv xususiyati jamoa faoliyati va uni maqsadga muvofiq ravishda yo’naltirish tufayli ajoyib natijalar mahsullarga erishish mumkinligi ta’kidlab o’tiladi.
S.L.Rubinshteyn asarlarida shaxslararo munosabat xususiyatlari to’g’risida, shuningdek rahbarning ish uslublari bo’yicha, demokrativ, atoritar, liberal muayyan fikrlar bildirilgan va ularni takomillashtirish yo’llari ko’rsatib o’tilgan.
A.N.Leontev ta’limotiga binoan, rahbar emotsiyasi, motivatsiyasi ehtiyoji uning shaxsiyatini belgilovchi asosiy omillar bo’lib hisoblanadi. Ichki qo’zg’atuvchilarning qat’iyatligi, barqarorligi shaxsning mukammalligini bildiradi va hamokorlik faoliyatini vujudga keltirishga puxta negiz xozirlaydi. Sub’yektga sub’yektiv munosabatni amalga oshirish davomida rahbarlikning muayyan sifatlari shakllanib boradi va asta-sekin ish uslublari, shaxslararo munosabatlar shakllari egallanadi.
Rahbar uchun ma’no kasb etuvchi moyillik uning faoliyatini boshqarishga zarur-shart-sharoitlar yaratadi, buning natijasida nizoli vaziyatlarni bartaraf etish imkoniyati tug’iladi.
B.G.Leontev o’zining ijtimoiy psixologiyaga bag’ishlangan asarlarida asosan uch omilga:
- shaxslararo munosabatdagi ijtimoiy psixologik holatga;
- mazkur munosabatdagi liderlik xususiyatlarga;
- hamkorlikdagi tashkilotchilik qobiliyatiga e’tiborini qaratadi.
Bizningcha, ularning har qaysisi o’ziiga xos mezon vazifasini bajara oladi, natijada rasmiy va norasmiy liderlar, ularning umumiy, vaziyatbop, ijodiy, ijro etuvchi rahbar tiplariga ajratish imkonini yaratadi. Rahbar rasmiy lider bo’lganligi tufayli uning tiplari ko’p jihatdan shaxsning yetukligiga bog’liq, binobarin, umumiylik keng qamrovli bo’lishlik uning puxta ruhiy muhit, cheksiz ijobiy boshqaruv imkoniyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Uning ish uslublari ichidan bittasining ustuvorligi mexnat mahsulining samaradorligini oshirishga yoki kamaytirishga olib kelishi B.G.Ananev tomonidan chuqur va ishontirarli darajada talqin qilinadi.
Psixolog B.F.Lomov ijtimoiy-pixologiyaning yangi sohalari bo’yicha tadqiqot ishlari olib borgan psixolog olimlardan biri bo’lib hisoblanadi. B.F.Lomov o’z izlanishlarida bir nechta yo’nalishlarni qamrab oladi: muomala faoliyati, jarayon, fikr uzatish vositasi sifatida; qaror qabul qilish tiplari, vositalari va undagi bilvositalik va bevositalik xususiyatlari roli; hamkorlik faoliyatining tuzilmasi va uning o’ziga xos tavsiflri; rahbar kadrlar faoliyatining tuzilishi; rahbarning tiplari va ish uslublari va boshqalar.
B.F.Lomov rahbar faoliyatiga nisbatan o’ziga xos yondoshuvi hamda uning yaxlit tuzilishga ega ekanligi to’g’risidagi mulohazalari muhim ahamiyatga hamkorlik faoliyatiga tizimli va majmuaviy yondoshuvlar boshqaruvning muayyan asosda ro’yobga chiqarish imkoniyati mavjudligi yuzasidan bildirilgan fikrlar rahbar psixologiyasi uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
B.F.Lomovning faoliyatiga yondoshuvidagi yangicha munosabat ularni boshqarish uchun rahbar kasbida muayyan fazilatlar, tezkorlik, ishchanlik, serg’ayratlik xususiyatlari mavjud bo’lishini taqozo etadi. Muomala va faoliyatdagi izchillik ish harakatlari oddiydan murakkabga va undan yanada ijodiylikni talab qiluvchi vaziyatga o’tish rahbardan maxsus qobiliyatlar, amaliy ko’nikmalar va malakalarni shakllangan bo’lishining zaruriyatga aylantiradi, mahsuldorlik, samaradorlik kelib chiqishini ro’y-rost ta’minlaydi.
Psixolog R.X.SHakurov maktab direktorining ijtimoiy psixologik qiyofasini tadqiq etar ekan ruxiy muhitni vujudga keltirishdan tashqari rahbarning ishbilarmonlik xislati, tashkilotchilik qobiliyati, muhim ahamiyatga ega ekanligini uqtirib o’tadi. Rahbar bilan uning qo’l ostidagi jamoa a’zolari bilan o’zaro ta’sir ko’rsatishi quyidagi xolatlar orqali namoyon bo’lishini maxsus ta’kidlaydi:
1. SHaxsning rahbar roliga kirish jarayoni hamda rahbar bilan xodimlarning o’zaro ijtimoiy-psixologik jihatdan moslashuvi (adaptatsiya);

          1. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik funktsiyalarini bajarishning dolzarbligi o’zgarishi;

          2. Rahbarning ish uslubiga nisbatan ijtimoiy-psixologik talablarning dinamikasi ya’ni o’zgarishi va jamoaning shakllanish jarayonida boshqaruvning har qaysi funktsiyasini bajarishda usullarga tobora yuklamaning kuchayishi kabilar.

O’z tajribalaridan kelib chiqqan holda muallif maktabni boshqarishning ijtimoiy-psixologik nazariyasini yaratishga muhim hissa ko’shishga muvoffaq bo’ladi.
A.G.Kovalev mazkur muammoga ko’p qirrali yondoshishga intiladi va bu borada muayyan muvaffakiyatlarni qo’lga kiritadi. Tadqiqotning birinchi masalasi jamoadagi nizolar kelishmovchilar va ularning oldini olishga bag’ishlanadi. Bunda nizoning psixologik talkini, kelib chiqish sabablari, tasniflash mezonlari, tamoyillari, oldini olish yo’llari va bartaraf etish vositalari yuzasidan mulohaza yuritiladi. Tadqiqotning ikkinchi muammosi qaror qabul qilish psixologiyasi va ijroni tashkillashni o’rganishdan iboratdir. Rahbar tomonidan qaror qabul qilishning bosqichlari va rahbar faolligini rag’batlantirish vositalari to’g’risida atroflicha mulohaza yuritiladi.
Tadqiqotning yana bir jabhasi jamoaga va shaxsga nisbatan rahbarning murojaat qilishi va munosabatini uslubiga qaratiladi. A.G.Kovalev munosabatlar psixologiyasi, simpatiya munosabati va rahbarlik printsipiallik odamlarga nisbatan rahbarni munosabatining ijtimoiy, umumiy ko’rsatkichlari ekanligi, murojaatning o’ziga xos xususiyatlari, variantsiyalari, invariantlari, shakllari, bosqichlari yuzasidan ma’lumotlar tahlil qilinadi.
Rahbarning maxsus qobiliyati va unga tayyorgarlik masalasi monografik tadqiqotning asosini tashkil qiladi. Xuddi shu boisdan tadqiqotning tartiblari original atamalar orqali mohiyati ochiladi va tuzilmasi jabhalari talqin etiladi, natijada izlanishning kontseptual modeli yaratiladi. Jumladan,
1. jamoani boshqarish fan va san’at;

    1. mehnatga kasbiy psixologik tayyorgarlik;

    2. rahbarning tashkilotchilik qobiliyati;

    3. rahbarning pedagogik qobiliyatlari;

    4. rahbarning tashkilotchilik faoliyatining yuksak namunalari;

    5. rahbar qobiliyatlarini rivojlantirish va tayyorgarlikning takomillashtirish yo’l-yo’riqlari kabilar.


Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə