Дастурлаш асослари


Boshqaruvchilik holatlarida rahbarga ko'proq quyidagi oltita asosiy omillar



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə28/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   196
Дастурлаш асослари

Boshqaruvchilik holatlarida rahbarga ko'proq quyidagi oltita asosiy omillar ta'sir qiladi. Ularga: boshqaruvchilik aloqalariga doimiy ravishda jalb etilganligi omili; kutilmagan, tasodifiylik omili; noma'lumlik omili; yangilik va nostandartlik omili; ekstremal harakat omili; professional mehnatning yaxlitlik omili.
Eng maqbul boshqaruv mohiyati sub'yektning aniq shart-sharoit va muayyan boshqaruv vaziyatida kuch va vositalarni ko'proq tarzda rasional foydalanish orqali boshqaruv ob'yektiga samarali boshqaruvchilik ta'sir o'tkazishini ta'minlash hisoblanadi. Boshqaruvchilik holatlarida omillarni ajratib olish, ularning rahbar ruhiyatiga aniq ta'sirini belgilab olish imkoniyatini beradi. Ularni hisobga olgan holda boshqaruvchilik vaziyatlarining ijtimoiy-psixologik modellarida uning motivasiyali, bilishga oid va funksional-faoliyatli komponent (tarkibiy qism)larga ajratib olish maqsadga muvofiqdir. Bunday shartli ajratish ijtimoiy-psixologik modellarni nisbatan to'laroq asosiy, belgilovchi determinantlarini hisobga olishga yordam beradi. Motivasiyali komponent rahbarga samarali boshqaruv mehnatiga istak, xohish kabi jihatlarni beradi. Ijtimoiy-psixologik omillar modelining bilishga oid komponenti rahbarning boshqaruvchilik vaziyati va jamoaning aniq holati to'g'risida xabardorligini boyitadi. Funksional-faoliyatli komponent rahbarni shunday holatga tushirib qo'yadiki, bunda rahbar o'zining boshqaruvchilik faoliyati tarkibigi kiruvchi barcha yoki ko'plab harakat va operasiyalarni amalga oshirishga majburligiga yo'l beradi.
Rahbar oddiy shaxs bo'lmasligi, ayniqsa muloqot, ishontirish, suhbatlashish san'atini mohirona egallashi, o'tkir o'ziga xos aqlga va hayot va bilimning barcha sohalarida salmoqli tajribaga ega bo'lishi zarur. Har qanday rahbar birinchi navbatda kishilar bilan ishlaydi va u inson tafakkurining barcha nozik jihatlarini bilishi hamda keng ijtimoiy insonni o'rganishga oid bilimlarga ega bo'lishi lozim.
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda, uning ob'ektiv va sub'ektiv holatlaridan kelib chiqqan holda RAHBAR kadrlarning boshqaruv jarayonini tahlil qilish, modellashtirish, ishchan muloqotni ta'minlash, majlislar o'tkazish malakasini yuksaltirish, shaxs va jamoga ta'sir etish usullarini egallash, ishontirish va o'ziga jalb etish usullarini o'zlashtirish, boshqaruv qarorlarini maqsadli ravishda qabul qilish, shuningdek, jamoatchilik bilan aloqalar (PR) texnologiyalaridan foydalanish, etakchi sifatida o'zining boshqaruvchilik imijini namoyish etish talab etilmoqda.
Boshqaruv mahorati insonning axborot va vaqt etishmasligi sharoitida to'satdan qaror qabul qilish qobiliyatidir.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə