Дастурлаш асослари


Birinchisi, «Liderlik sifatlari nazariyasi»dir



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə31/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   196
Дастурлаш асослари

Birinchisi, «Liderlik sifatlari nazariyasi»dir. Uning mohiyati shuki, hamma ham lider bo’la olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yig’indisi tug’ma mavjud bo’lib, bu sifatlar ular uni guruhda lider bo’lishini ta’minlaydi. Masalan, 1940 yilda amerikalik K.Berd 79 sifatdan iborat bo’lgan liderlik qirralari ro’yxatini tuzdi. Bu ro’yxatda liderlik qirralari, jumladan, tashabbuskorlik, muloqotga kirisha olishlik, yumor xissi, o’ziga ishonch, tez va aniq qarorlar qabul qila olish, tashkilotchilik kabi sifatlar bor edi. Lekin bu nazariyaning xatoligi shunda ediki, birinchidan, u yuqoridagi sifatlar qanday qilib namoyon bo’ladi - yu, qanday shakllanishini tushuntirib bera olmaydi, ikkinchidan, so’rovlar mobaynida bitta sifat ham mutloq ko’p marta qayd etilmadi. Bundan ko’rinib turibdiki, liderlik murakkab psixologik hodisa.
Ikkinchi nazariya liderlikning vaziyatga bog’liqligi nazariyasidir. Bu yerda asosiy g’oya - lider vaziyatning mahsuli degan g’oyadir. Har bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ayrim vaziyatlar, ayrim shaxslarning o’zlarini ko’rsatishlari, lider bo’lishlari uchun qulay hisoblanadi.
Yuqoridagi ilk nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo’lgan uchinchi nazariya liderlikning sintetik nazariyasidir. Bu nazariya liderni guruhiy munosabatlarning bevosita mahsuli deb qaraldi. Liderning ro’yobga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi.
Tashkilotchilik qobiliyati - bu birinchidan, jamoani uyushtira olish, va jamoani jipslashtira olish: ikkinchidan; o’zini shaxsiy ishini to’g’ri tashkil qila olish qobiliyatidir. O’z ishini tashkil qila bilish deganda, uning o’z ishini to’g’ri rejalashtirib, uni nazorat qila olish nazarda tutiladi. Jamoa faoliyatini va o’z faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun muhim bo’lgan talablardan biridir.
Rahbarlik mavqe sifatida shaxsda egalik xususiyatini shakllantiradi. Boshqarish bevosita jamoaga qaratilgan bo’lib, uning psixologik natijasi o’zlikka nisbatan hurmat, o’zlikni anglash, qadrlash kabilarni vujudga keltiradi.
Oxirgi yillarda Moskva va boshqa yirik ilmiy markazlarda tadqiqotlar natijasida shunday xulosaga kelindiki, aslida hayotda sof demokratik yoki sof avtoritar rahbarni uchratish qiyin. Lekin uchragan paytda ham ular bir jamoani uzoq muddat boshqara olmasliklari ma’lum bo’ldi. SHuning uchun ham ular vaziyatga bog’liq, vaziyat konkret jamoa unda qabul qilingan xatti harakat normalari, shaxslararo munosabatlar tipi liderning ham, rahbarning ham ish taktikasi va uslubini belgilaydi degan g’oya qabul qilinmoqda. Lekin bu rahbarlik uslublarini psixologik mazmun va mohiyatini, bilishning amaliy ahamiyati shundaki, har bir uslubda o’ziga xos ijobiy tomoni bor. Mohir rahbar o’zini-o’zi tarbiyalar ekan, o’shalarning eng ma’quli, ayniqsa, o’zi rahbarlik qilayotgan jamoaga moslarini tarbiyalashi maqsadga muvofiqdir.
Har bir lider yoki boshliq o’zicha individual va qaytarilmasdir. Buning boisi xar bir boshlik o’z ish faoliyatini, boshqaruv faoliyatini o’ziga xos tarzda tashkil etishidadir.
Boshqarish faoliyatida liderlik, lider - rahbar sotsial psixologik fenomeniga katta e’tibor beriladi. Liderlik fenomenini tahlil qilishdan oldin avtoritet tushunchasini ko’rib. chiqish lozim. Avtoritet (lotincha ai1op1o8 - hokimiyat, ta’sir ko’rsatish) - sotsial psixologiyada - odam, ijtimoiy guruh, jamoat tashkilotining boshqalarga ta’siri, boshqa odamlar nazaridagi mavqeini anglatadi. Shaxs, guruh yoki tashkilotning avtoriteti qonuniy, rasmiy yoki norasmiy, ularning norasmiy munosabatlar tizimidagi holatiga bog’liq bo’lishi mumkin. Birinchi holatda avtoritet sub’ektning ijtimoiy roliga bog’liq bo’ladi, ikkinchi holatda unga atrofdagi odamlarning munosabatiga bog’liq bo’ladi. Aynan ana shu rol va munosabatlardan rasmiy va norasmiy liderlik tushunchasi kelib chiqadi.
Lider - ahamiyatli vaziyatlarda qolgan ishtirokchilarning xulqiga sezilarli ta’sir ko’rsata oladigan guruh a’zosidir.
B.D.Parigin lider bilan raxbar o’rtasidagi quyidagi farqlarni aniqlagan:
Rahbar rasmiy yo’l bilan tayinlanadi, lider norasmiy yo’l bilan ko’tariladi.
Rahbarga qonun tomonidan huquq va vakolatlar berilgan, lider bunday huquq va vakolatga ega emas.
Rahbar guruh manfaatlarini guruhlararo munosabatlar tizimida namoyon qiladi, lider faoliyati guruhning ichki faoliyati bilan cheklangan.
Rahbar guruh faoliyati uchun qonun oldida javob beradi, liderda bunday ma’suliyat yo’q.
Liderlik muammosi bo’yicha sotsial psixologiyada bir necha nazariyalar mavjud.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə