Дастурлаш асослари



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə27/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   196
Дастурлаш асослари

Birinchi talab – har bir mutasaddi rahbarning o'z ishiga bo'lgan mas'uliyatini tubdan o'zgartirish, shaxsiy javobgarlikni oshirish.
Ikkinchi masala – hukumat a'zosi sifatida katta ishonch yuklatilgan hukumat a'zolarida vazifaga munosib bo'lish uchun tegishli bilim va tajriba, yuqori malaka bo'lishi shart. Boshqacha aytganda, egallab turgan lavozimiga munosib bo'lish faoliyatning samarali bo'lishining muhim shartidir. Har bir mutaxassis yoki rahbar o'z ishining ustasi bo'lish, o'z sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilish kerak.
Har bir rahbarning faoliyatiga mana shu ikkita talabga qay darajada javob berishiga qarab baho beriladi va xulosa chiqariladi. Prezidentimiz bu ikki talabdan birinchisiga, ya'ni, mas'uliyat masalasiga ko'proq e'tibor berishini ta'kidlaydi. Uning fikricha, rahbarning bilimi etishmasa, o'rgansa bo'ladi. Lekin rahbar mas'uliyat va javobgarlikni unutsa, ishda hech qanday siljish va o'zgarish bo'lmaydi.
Bugun rahbar bo'lish o'zi oson emas. Bu – o'ta murakkab va o'ta mas'uliyatli ish. Bu ish rahbarlik vazifasida o'tirgan odamdan, boshqa fazilatlar qatorida, avvalo, iroda baquvvatligi va iymon butunligini talab qiladi. Chunki rahbar zotini doim ta'qib qiladigan bir xatar borki, uning nomini nafs balosi, deydi.
Rahbar kadr ham inson. Unda ham bir fuqaroda bo'lgani kabi ijobiy sifatlar va salbiy xususiyatlar uchrashi tabiiy. Jamiyat taraqqiyoti millatning kamchiliklaridan xoli bo'lishi – rahbar kadrlarning kamchiliklardan, salbiy xususiyatlardan holi bo'lishi bilan boshlanadi.
Rahbar istiqlol g'oyalarini mehnat jamoalarida amalga oshirishni tashkil etuvchi ma'nan boy, tashkilotchi, etuk mutaxassis bo'lmog'i kerak. Bu fikr boshqaruvning barcha bo'g'inlaridan rahbarlarga to'laligicha taalluqlidir. Demak, bu talab, oliy ta'lim, xalq ta'limi boshqaruvi va oliy o'quv yurtlariga ham joriy qilinmog'i kerak.
4. Boshqaruv mahorati – ilm, san'at va texnologiya sifatida
Boshqaruv sohasidagi mutaxassislar boshqaruv katta siyosiy, iqtisodiy, texnologik, ijtimoiy va axloqiy tizimlarning bir qismidir hamda o'zining qoidalari tamoyillari va usullariga asoslanadi, ya'ni jiddiy ilmiy – uslubiy poydevorga ega degan bir fikrga kelganlar.
«Insonlarni boshqarish mahorati» – bir qator diagnostika usullarini, xodimlarni baholash va turli tipdagi odamlar bilan aloqaga kirish, hamda turli xarakterdagi insonlar guruhlari bilan munosabatda bo'lish, axborot va ma'lumotlar bilan ishlash, tahlil qilish, modellashtirish, shaxs va jamoaga ta'sir o'tkazish, ishchan munosabatlarni shakllantirish, so'rovlar o'tkazish, suhbatdoshni tinglash san'ati, «qaytma aloqalar» ko'nikmasi va pirovard holatda to'g'ri qarorlar qabul qilish malakasini egallash va olingan bilimlarni amaliyotda va muammolarni hal etishda qo'llashni o'rganashdan iboratdir.
Boshqaruv mahorati, kadrlar salohiyati va davlat idoralari va mahalliy boshqaruv organlari tizimi o'zaro bog'liq va o'zaro ta'sirdadir. Zero, jamiyatning kadrlari salohiyati, insoniy resurslari davlat boshqaruvi organlaridagi kadrlar salohiyatini shakllantirishda poydevor vazifasini o'taydi.
Boshqaruv mehnatida professionallikning mohiyati - muayyan shart-sharoitlarda, aynan ushbu mehnat turining ob'ektiv qonuniyatlariga mos ravishda rahbarning o'z faoliyatini yo'lga qo'yishdagi intilishida ifodalanadi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə