Дастурлаш асослари


Konfutsiy ikki yarim ming yil avval «Yaxshi boshqariladigan davlatda kambag'allikdan uyaladilar. Yomon boshqariladigan davlatda boylikdan or qiladilar» deb yozgan edi



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə29/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   196
Дастурлаш асослари

Konfutsiy ikki yarim ming yil avval «Yaxshi boshqariladigan davlatda kambag'allikdan uyaladilar. Yomon boshqariladigan davlatda boylikdan or qiladilar» deb yozgan edi. Bir so'z bilan aytganda samarali boshqaruv uchun uning nazariy asoslarini bilish, amaliy tajribaga ega bo'lish va nazariya hamda amaliyotdan ijodiy foydalana bilish ya'ni boshqaruv mahoratini egallash lozim.
- rahbarlik qilish qobiliyati;
- o'rgatish malakasi;
- guruhiy ishlarni yo'lga qo'yish ko'nikmasi;
- boshqaruv qarorlarini qabul qilish malakasi va boshqalar.
Boshqaruvchilik faoliyatidagi maqsadni tashkil etuvchi ko'rsatkichlarni o'rganish rahbarning eng muhim, tasniflarini aniqlashni hamda o'zini yanada takomillashtirish va rivojlantirish talab etuvchi ko'rsatkichlarni belgilashga yordam beradi.
5. Boshqaruvda rahbar strategiyasi, taktikasi va mahorati tushunchasi, ularning o'zaro uyg'unligi ta'minlash.
Boshqaruv jarayonida rahbarlar tomonidan olib borilgan ish faoliyati tahlili va turli tadqiqotlar davomida olingan ma'lumotlarga ko'ra, rahbar faoliyatining muvaffaqiyati uning shaxsiy sifatlari, odamlar bilan muloqot olib borish ko'nikmasi va o'zaro munosabatlar tizimini yaratish, rahbarlikning optimal usulini ishlab chiqish bilan belgilanadi. Istalgan faoliyat uslublarining hamohangligi ta'minlash, uning talablari o'zini-o'zi boshqarish asosida erishiladi. Bular asosida rahbar, na faqat o'zining boshqaruvchilik uslublarini egallashga, balki ularda o'zining strategiyasi, taktikasi, texnikasi (texnologiya) va mahoratini belgilaydi va ularning o'zaro uyg'unligini ta'minlashi mumkin.
Avvalo, Strategiya (grekcha- jang olib borish san'ati) tushunchasi harbiy fandagi boshqaruvdan olingan bo'lib, u oliy harbiy san'at sifatida, “general san'ati” tushunchasini bildiradi. Taktika (grekcha-tartibga keltirish) – strategiyaning bir qismi, unga qaram va unga xizmat qiladi. Maksadga erishish uchun qo'llaniladigan kurash usuli, taktika mavjud xolatga mos keluvchi strategik muvaqqiyatga erishishni ta'minlovchi yo'l va vositalar, kurash shakllari va usullarini belgilaydi.
Hozirgi zamonaviy tushunchada strategiya - har qanday faoliyat sohasida maqsadga erishishga yo'naltirilgan bosh, asosiy dasturdir. Strategiya o'zida bir qator jamlamalarni ifoda etib, ular bilan boshqaruv qarorlarini qabul qilishni tashkil etishda amal qilinadi. Shu bilan birgalikda strategiyaga faoliyatni amalga oshirish va tashkilotning maqsadiga erishiga mo'ljallangan umumiy kompleks reja sifatida ham qarash mumkin.
Strategiya aniq pozisiya, tashkilot tuzimlasi, uning qadriyatlar tizimi, ayniqsa xodimlar motivasiyasi va nazoratida namoyon bo'ladi. Strategiya ahamiyatiga ko'ra tashkilotning yuqori rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi, uning ijrosini ta'minlashda boshqaruvning barcha darajasidagi xodimlar ishtirok etishi ko'zda tutiladi. Ishlab chiqilgan strategiya tashkilotga umumiy yo'nalish va o'ziga xoslikni, uning xodimlariga esa, kundalik harakatlarda aniq yo'nalishlar olishni beradi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə