Дастурлаш асослари


Strategik boshqaruvning komponentlari (tarkibiy elementlari)



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə30/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   196
Дастурлаш асослари

Strategik boshqaruvning komponentlari (tarkibiy elementlari):

  • strategik rejalashtirish;

  • strategiyani amalga oshrirish;

  • strategik nazorat.

Strategik boshqaruvning asosiy vazifalari:

  • maqsadlarni belgilash;

  • strategik ko'ra olishni shakllantirish;

  • strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish.

Boshqaruv va rahbarlik mahorati strategiyasi boshqaruvning strategik maqsadalari asosida shakllanadi, belgilanadi va amalga oshiriladi. Taktikasi esa, boshqaruvning umumiy strategiyasi hamda boshqaruv va rahbarlik mahorati strategiyasi asosida mavjud vaziyat va holatlardan kelib chiqqan holda dinamik tarzda, shart-sharoitning ob'ektiv va sub'ektiv tomonlari, ish faoliyatining xususiyatlari asosida qo'llaniladi.
Boshqaruv sohasidagi har bir mutaxassis boshqaruv nazariyasi va amaliyoti, mahoratini o'zlashtirgan bo'lishi, o'z faoliyatining maqsadlarini aniq belgilay olishi, ularga erishish uchun zarur bo'lgan strategiya va taktikani belgilab olishi, boshqaruv qarorini qabul qilishi va buning uchun shaxsan mas'ul bo'lishi lozim.
Boshqaruv nazariyasi boshqaruv jarayonini tashkil etish qonuniyatlarini hamda ushbu jarayon davrida kishilar orasida vujudga keladigan munosabatlarni o'rganadi, tadqiqot ob'ekti xususiyatlariga muvofiq keluvchi metodologik usullarni belgilaydi. Boshqaruv ob'ektiga faol ta'sir o'tkazish tizimi va usullarini ishlab chiqadi hamda o'rganayotgan jarayonlarni oldindan ko'ra bilish va bashorat qilish usullarini belgilaydi.
Bu esa o'z navbatida, rahbarning egallab turgan lavozimi (vazir, hokim, tashkilot rahbari, rektor, prorektor, dekan, dekan o'rinbosari va) xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishda samaradorlikni ta'minlash va muvaffaqiyatga olib boruvchi strategiyani belgilash, uni amalga oshirishni ta'minlashga qaratilgan taktikani ishlab chiqish va boshqaruv mahorati bilan uyg'unlashtirish imkonini beradi.
Lider asosan, guruxdagi shaxslararo munosabatlarni boshqaradi. U xech qachon yolg’iz bo’lmaydi, gurux a’zolarini u yoki bu xarakatlarga chorlaydi. CHunki lider gurux a’zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari, qiziqishlari va xokazolarini xammadan xam yaxshi biladi. Ular ichida eng tashabbuskoridir. Bundan tashqari, liderlikning uslublari va sifatlari xam aloxida o’rganilgan.
Guruxda rahbarlik haqida fikr ketganda, avvalo, guruh haqida qisqacha psixologik izoh bermoqchimiz.
Guruh - bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o’ziga xos qonuniyatlarga bo’ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir. Shu guruhdagi rasmiy munosabatlarning boshqaruvchisi rahbardir. Guruhda rahbarlik, maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida, saylovlar oqibatida sodir bo’ladi. Bundan tashqari, rahbar liderda yo’q bo’lgan rag’batlantirish tizimiga ega bo’lib, shu asosda o’z xodimlariga ta’sir o’tkazishi mumkin. Rahbar guruhda u yoki bu qarorlar va ko’rsatmalarni o’z ixtiyoricha bajara olmaydi, u ko’plab rasmiy ko’rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar doirasidan chiqib ketishi qiyin bo’ladi.
Guruhdagi o’zaro munosabatlar yuqoridan pastga yoki aksincha bo’lib, guruh a’zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan bo’ysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlarni o’z ichiga oladi. Bu borada «lider» va «boshliq» tushunchalari o’rtasidagi farqlar haqida gapirish mumkin. B.D. Parigin bu ikki tushunchani farqlab shunday yozadi:
1. Lider guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi;
2. Liderlik kichik guruhlardagina xos bo’lgan hodisa bo’lsa, rahbarlikning xaq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo’lishi, amalga oshirilishi mumkni;
3. Liderlik stixiyali, betartib jarayon bo’lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqarilgan normalar, tartiblar asosida saylov oqibatida sodir bo’ladigan hodisadir;
4. Liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo’lib, guruh a’zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo’nalishiga qarab uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ro’y beradi;
5. Rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo’q bo’lgan jazolash va rag’batlantirish tizimiga ega bo’lib, shu asosda o’z xodimlariga ta’sirini o’tkazishi mumkin. Bu psixologik ta’sir shundayki, biron - bir manfaatni ko’zlab qilingan ishda erishilgan yutuqlar uchun boshliq xodimlarini ko’tarinki ruh bilan rag’batlantirib mukofotlab tursa, o’sha yerda xodimlar o’zlari bilmagan holda boshliqqa nisbatan ijobiy munosabatda bo’lishida;
6. Lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko’rsatmalar, tashabbuslarni o’z ixtiyoricha, bevosita chiqarish mumkin. Rahbarda esa bu yo’nalishda ko’plab rasmiy ko’rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, rahbar- bular doirasidan chiqib ketishi qiyin. Ko’p hollarda rahbar lider uslubini qo’llasa, bu jamiyat tomonidan «o’zboshimchalik», «qonunga bo’ysunmaslik» deb qoralanadi.
7. Liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshiriladi, rahbar shu guruhdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi, jamiyatdagi vakil bo’lgani uchun vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir. Liderlik hodisasi to’g’risida gap ketar ekan, liderlik nazariyalari haqida ham qisqacha to’xtalib o’tish o’rinlidir. Hozirgi kunga qadar liderlik to’g’risida asosan, uchta nazariya mavjud.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə