Дастурлаш асослари


Sintetik yoki kompleks nazariya



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə33/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   196
Дастурлаш асослари

Sintetik yoki kompleks nazariya tarafdorlarining ta’kidlashicha liderlik bu shaxslararo munosabatlarni tashkil qilish jarayonidir, lider esa bu jarayonni boshqarish subьektidir. Liderlik - guruh funktsiyasidir, uni guruh maksadlari va vazifalarini hisobga olgan holda o’rganish kerak. Sintetik model liderlik jarayonining uchta asosiy qismiga eьtiborni qaratadi; lider, ergashuvchilar va vaziyat
Liderlik uslubi - lider yoki raxbar tomonidan unga buysunuvchi yoki unga qaram bo’lgan odamlarga tahsir ko’rsatish uchun qo’llaniladigan usul va metodlar to’plamidan iboratdir Liderlik uslubi Kurt Levin tomonidan taklif qilingan bo’lib u va shogirdlari tomonidan uchta uslub ajratilgan: avtoritar, demokratik va liberalь uslublar.
Avtoritar rahbar - barcha ko’rsatmalarni ishchanlik ruhida aniq, ravshan, keskin ohangda xodimlarga yetkazadi. Mulokot jarayonida ham hodimlarga nisbatan do’q-po’pisa, keskin ta’qiqlash kabi qat’iy ohanglardan foydalaniladi. Uning asosiy maqsadlaridan biri - nima bilan bo’lsada, o’z xukmini o’tkazish.
Uning nutqi ham aniq va ravon, doimo jiddiy tusda bo’ladi. biror ish yuzasidan xodimlarni maqtash yoki ularga jazo berish, tanqid qilish sof sub’ektiv bo’lib, bu narsa boshliqlarning kayfiyatiga va o’sha shaxslarga nisbatan shaxsiy munosabatiga bog’liq. Jamoa a’zolarining tilak-istaklari, ularning fikrlari va maslahatei juda kam xollardagina inobatga olinadi, aksariyat xollarda bunday istaklar yoki ko’rsatmalar to’g’ridan-to’g’ri do’q-po’pisa, kamsitish yoki ma’naviy jazolash yo’li bilan cheklanadi yoki qoniqtirilmaydi. Bunday rahbar o’zining ish uslublarini, kelajak rejalari, biror aniq ishni, qanday amalga oshirmoqchiligini odatda, sir tutadi, uning fikricha, bu uning obro’yiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Avtoritar rahbarda xar bir jamoa a’zolarining qobiliyati, ishga munosabatlari, mavqelariga ko’ra tutgan o’rinlari haqida tasavvur borki, shunga ko’ra u xar bir xodimning ish xarakterlarini maksimal tarzda dasturlashtirib qo’ygan, unda xar qanday cheklanishlar uning ochiq g’azabini keltiradi va buning uchun unda jazolashning turli uslublari mavjud. Yana bunday jamoalardan xokimiyat - markazlashtirilgan jamoa rahbari ushbu markazning yakka xokimi - shuning uchun ham bu yerda «mening odamlarim», «mening ishim», «mening fikrim bo’yicha» qabiladagi iboralar tez-tez ishlatib turiladi.
Demokratik rahbar - aksincha, bo’ysunuvchilarga mustaqillik, erk berish tarafdori. Ishni ishchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan xolda taqsimlaydi. Bunda u xodimlarning shaxsiy moyilliklarini ham hisobga oladi. Buyruq yoki topshiriq, odatda taklif ma’nosida beriladi. Nutq oddiy, doimo osoyishta, sokin, unda o’rtoqlarcha, do’stona munosabat sezilib turadi. Biror kishini maqtash, uni-lavozimini oshirish yoki ishdagi kamchilikka ko’ra, ishiga baho berish doimo jamoa a’zolarining fikri bilan kelishilgan xolda amalga oshiriladi. Jamoada tanqid va o’z-o’zini tanqid shunday yo’lga qo’yilganki, uning oqibatidan xech kim aziyat chekmaydi. CHunki ko’proq boshliq emas, balki jamoaning boshqa faollari -norasmiy liderlar tanqid qiladilar. Boshliq yo’l qo’ygan xato-kamchiliklarini jamoatchilik oldida bo’yniga oladi va olishdan qo’rqmaydi, chunki undagi mas’uliyat hissi nafaqat yuqori boshqaruv tashkilotlari a’zolari bilan mulokot paytida, balki xodimlar bilan mulokotda ham sezilib turadi va qo’yilgan topshiriq yuzasidan mas’uliyatni boshqalarga ham bo’lib berishni yaxshi ko’radi.
Liberal rahbar - bu rahbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, ishdan mamnun yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda ta’qiqlash, po’pisa bo’lmaydi, uning o’rniga ko’pincha, ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilangina cheklanadi xolos. Jamoada hamkorlik yo’q. Boshliq jamoaning muammolarini ishning baland-pasti bilan qiziqmaydiganday, go’yoki boshqa «koinotda» yurganga o’xshaydi. Aniq ko’rsatmalar bermaydi.
Uning o’rniga norasmiy liderlar yoki o’ziga yaqin kishilar orqali qilinishi lozim bo’lgan topshiriqlar bajaruvchilarga yetkaziladi. Uning asosiy vazifasi, uning nazarida, xodimlar uchun ish sharoitini yaxshilash, ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, kerakli maxsulotlar, xomashyo kabilarni topib kelish, majlislarda qatnashish va xokazolardan iborat.
Xodimlar bilan mulokotda bo’lishga to’g’ri kelganda, u doimo xushmuomila bo’lib, odob, axloq normalarini buzmaslikka harakat qiladi, lekin hech qachon ular bilan tortishmaydilar. Olimlarning fikricha, bunday rahbar ishi olib borgan jamoada barcha ko’rsatkichlar doimo orqada, qo’nim ham yo’q. Liberal rahbar ishda anarxiyani qilib qo’yib, ko’p turmay, boshqa yerdan ish qidirishga harakat qiladi.
Yuqorida baho berilgan boshqarish uslublari ko’proq liderlikka emas, balki rahbarlikka taalluqli, lekin ilmiy adabiyotlarda bu ikki ibora, ko’pincha sinonimday ishlatiladi. Aslida, eng yaxshi rahbar o’zida barcha liderlik sifatlarini ham mujassamlashtirgan bo’ladi. chunki sof ijtimoiy psixologik ma’nodagi liderning turlari turli sharoitlarda o’zida ko’proq namoyon etadigan shaxsiy sifatlarga ko’ra, tabaqalanadi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, rahbarda tug’ma qobiliyat bo’ladi, deb ham aytib bo’lmaydi. Ikkinchi tomondan, rahbar vaziyatga qarab stixiyali tarzda tarbiyalanib ketaveradi, deb ham bo’lmaydi. Minglab shaxs sifatlari ichida ko’plari rahbarlik uchun qulay va ma’quldir. A.V.Petrovskiy ana shunday ijobiy sifatlarning bir yarim mingini sanab chiqqan. Lekin ularning barchasini umumlashtiradigan, bo’lishi lozim bo’lgan ayrim sifat qobiliyatlari borki, o’shalar haqida qisqacha to’xtalib o’tmoq lozim.
Avvalo, xar qanday raxbarda intellekt - aql-zakovatning ma’lum normasi bo’lishi kerak. Bu norma yaxshi raxbar uchun o’rtadan yuqori bo’lmog’i muvofiqdir. CHunki geniy darajadagi intellektga ega bo’lgan rahbar bilan ishlash odamlar uchun qator noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin, bunday aql-zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik to’siq bo’lishini amaliyot va xayot ko’rsatadi. Rahbardagi o’rtadan yuqori intelektni qoplab ketadigan yana boshqa muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, tashabbuskorlik sifatlari. CHunki ayrim xollarda xato qilsa ham rahbar original fikrlar aytib, yo’l-yo’riqlar ko’rsata olishi, xar bir ko’rsatilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. Xar qanday rahbar uchun kerak bo’lgan xislatdan yana biri tom ma’noda «ziyoli» bo’lish yoki boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo’lishdir. Boshliq o’zidagi madaniyatni, avvalo, muomalada, odamlar bilan bo’ladigan mulokotlarda namoyish qilmog’i kerak. Muomala madaniyati – bu o’rinli, aniq, qisqa, samimii gapirish madaniyati va ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir.
Jamoa faoliyatini va o’z faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun muhim bo’lgan talabalardan biridir. CHunki rejalashtirish asosida o’z-o’ztni boshqara olish va boshqarishni tashqi faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda boshqara olishni ta’minlovchi muhim psixologik xususiyat yotadi. Raxbar o’z ishini puxta rejalashtirish qobiliyatiga ega bo’lgan realistik tafakkurga ega bo’lmog’i, ya’ni xar qanday sharoitlarda ham o’sha muammo yoki ishga taalluqli barcha alьternativ variantlardan eng to’g’risi va maqsadga muvofiqligini tanlab oladigan, ishni to’g’ri tashkil eta bilgan, ya’ni kam sarflab ishni uddalay olgan, noaniq yoki tasodifiy vaziyatlarda ham ish taktikasini to’g’ri yo’lga yo’naltira oladigan odam bo’lishi kerak.
Shu o’rinda barcha liderlarga xos bo’lgan yana bir xislatni ta’kidlash joiz. Bu ham bo’lsa, liderning obro’si yoki ba’zan tarjimasiz ishlatiladigan ibora bor – avtoriteti. Liderning avtoriteti – bu kerak bo’lsa, qobiliyat. Chunki avtoritet unga ma’lum amalda o’tirgani, ma’lum sanktsiyalar, imtiyozlar, imkoniyatlaga ega bo’lgani uchun rasman berilgan bo’lishi mumkin. SHunisi borki, rahbar avtoriteti hamisha bir shaxsning ikkinchi shaxsga nisbatan hissiy-irodaviy ta’sirini nazarda tutadi. Eng yomoni agar odamdagi tashabbus bo’g’ilsa, u o’z oldiga maqsadlar qo’ymaslikka o’rganib qolsa, u nafaqat xalq uchun qayg’urmaydigan, balki o’zining oilasi, yaqinlari, farzandlari uchun ham qayg’urmaydigan, ular tashvishlarini o’ylamaydigan bo’lib qoladi. Bugungi yangilanishlar sharoitida milliy-madaniy an’analarimizni hisobga olganda ham boshqaruvda gumanistik tamoyillarga keng yo’l ochish orqali fuqarolarda mustaqil fikr, fuqarolik pozitsiyasi, tashabbuskorlikning bo’lishi qanchalik ahamiyatli ekanligini yaxshi bilamiz. SHuning uchun ham yangi avlod rahbarlariga, boshqaruvchilariga qo’yiladigan talablar, ular xulqidan kutiladigan sifatlar jamiyatda sog’lom insoniy munosabatlarning barqarorlashuvi, sog’lom raqobat va o’zaro bag’rikenglik, lekin ishda o’ziga va hamkasblariga nisbatan talabchanlikni taqozo etadi.
Rahbarlik va boshqarish ikki tarzdagi ijtimoiy hodisalardir. Rahbarlik bu shaxsning mavqei, boshqarish esa bevosita amaliy jarayondir. Rahbarlik mavqe sifatida shaxsda egalik xususiyatini shakllantiradi. Bunda egalik o’z xulqi, xatti- xarakatlari va muomila munosabatlariga nisbatan egalik xissini vujudga keltiradi. Boshqarish esa bevosita jamoaga qaratilgan bo’lib, uning psixologik natijasi o’zlikka nisbatan xurmat, o’zligini qadrlash, anglash kabilarni vujudga keltiradi. Rahbar doim o’z xodimlari bilan mulokotda bo’ladi. Bu esa uni mulokot qilish ko’nikmalarini shakllangan bo’lishini talab qiladi. Mulokot asosida ishni turli xil tarzda tashkillashtiradi. Jumladan, ishni byurokratik, demokratik tarzda tashkillashtirishi mumkin. xuddi mana shu mulokot shakliga ko’ra jamoada ijtimoiy fikr vujudga keladi. rahbar ishni tashkillashtirishga ko’ra uch xil rahbarlik stiliga ega bo’lishi kerak. Avtoritar, demokratik va liberal. Ushbu stilllarning xar biri o’z natijasiga ega bo’lib, jamoada turli xil ijtimoiy psixologik kayfiyatni vujudga keltiradi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə