Дастурлаш асослари


Ommani o’ziga jalb qilish sirlari. Nutq qilishda e’tiborga olish zarur bo’lgan talablar



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə41/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   196
Дастурлаш асослари

3.Ommani o’ziga jalb qilish sirlari. Nutq qilishda e’tiborga olish zarur bo’lgan talablar.
Mashhur amerikalik psixolog Deyl Karnegi fikricha, odamning ismi uning uchun eng yaxshi musiqa vazifasini o’taydi. “Ism” usulining psixologik mehanizmi quyidagicha:
- ism va shaxs bir-biridan ajralmaydi. Inson tug’ilgandan boshlab uning ismi u bilan yonma-yon turadi;
- ism bilan murojaat qilish kishida unga nisbatan e’tiborning mavjudligini bildiradi;
- shaxsga nisbatan diqqatli bo’lish, shaxsni tasdiqlash demakdir;
- agar shaxs o’zining shaxs ekanligini anglasa, unda qoniqish hissi paydo bo’ladi;
- qoniqish hissi doimo ijobiy kechinmalarni keltirib chiqaradi;
- kishi doimo ijobiy hislar paydo bo’lishiga harakat qiladi;
- agar hech kim bizda ijobiy hislarni qo’zg’ata olmasa, attraksiyani vujudga keltirishga harakat qilinadi.
Demak, insonga murojaat qilishda uning ismini aytib chaqirish unda ijobiy hislarni keltirib chiqaradi. Kishilarning ismini eslab qolish uchun uni bir necha marta takrorlash muhim. SHuningdek, miyangizdagi shu ism bilan bog’liq assotsiatsiya bilan bog’lashga harakat qiling. Kechqurun yangi tanishlaringizning ismlarini bir necha marta takrorlang. Xodimlaringizni ismi bilan chaqirib murojaat qilishingiz ularda sizga bo’lgan hurmatni orttiradi.
Munosabatlar oynasi” usuli- Tasavvur qiling, sizni yangi jamoaga
rahbar qilib tayinlashdi. Hali hech kim sizni tanimaydi, siz ham ularni tanimaysiz. Ertalab ular sizni ismingizni aytib salomlashadi, lekin siz ularni hali ismlarini bilmaysiz. Bitta xodimingiz siz bilan jilmayib salomlashadi, xuddi eski qadrdonlardek muloqotda bo’ladi. Ikkinchi xodim esa muloyim salomlashadi, lekin yuzida kinoyaga o’xshash ishora bor, istehzoli. Siz ish to’g’risida maslahatlashmoqchi bo’lsangiz qaysi biriga murojaat qilasiz? Albatta birinchi xodimga, lekin nima uchun? CHunki unga nisbatan sizda attraksiya paydo bo’ladi. “Ruhiyat oynasi” yoki “munosabatlar oynasi” -bu yuz ifodasidir. Kishilar ichidagini yuz qiyofasi orqali ifodalaydilar.
kayfiyati chog’ligini, pastligini ham yuz qiyofasidan bilib olish mumkin.
Odamlar munosabatlar oynasini juda kam nazorat qiladilar va boshqaradilar. Rahbar xodimiga uning majburiyatiga kirmaydigan vazifani topshirayotganida juda muloyim, jilmayib murojaat qiladi. Jilmayish-bu kishilarning, do’stlarning parolidir. Buni psixologik mehanizmi quyidagicha:
- ko’pgina kishilar do’stlarigagina jilmayib qaraydilar, dushmanlariga emas;
- muloqotda kishilar ko’ngildan jilmaysalar, bu “men-sizning do’stingizman” degani;
- do’st-bu bizning himoyachimiz, biz tomonimizda turadigan kishi;
- insonning ehtiyojlaridan biri-bu himoyalanishga bo’lgan ehtiyoji. Do’st mana shu himoyalanish ehtiyojini qondiradigan shaxsdir;
- qoniqish hissi kishida ijobiy hislarni keltirib chiqaradi;
- inson doimo ijobiy hislarni keltirib chiqaradigan shaxsga nisbatan intiladi;
- agar hech kim ijobiy hislarni keltirib chiqarmasa, u ixtiyorsiz ravishda attraksiya (o’ziga jalb qilish) ni shakllantiradi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə