Дастурлаш асослари



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə49/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   196
Дастурлаш асослари

MEN va boshqa MENlar
Nьyu-York telefon kompaniyasi telefon so’zlashuvlarini batafsil o’rganib ko’rganida, birinchi shaxs birlik shaklidagi «MEN» olmoshi eng ko’p qo’llanadigan so’z ekanligi ayon bo’lgan. Bu so’z 500ta telefon so’zlashuvida 3990 marta qo’llanilgan.
Inson xohish-irodasiga bog’liq bo’lmagan holda avloddan avlodga o’tib kelayotgan bu irsiy qonuniyat tufayli har bir inson eng birinchi navbatda «mening muhtaram o’zim»ini o’ylaydi va bu muhtaram «men»ga boshqalar tomonidan doimiy ravishda e’tibor ko’rsatilishini istaydi. Inson tabiatidagi bu o’ziga xos tuyg’udan, barcha turdagi xizmat xodimlari to’laqonli ma’lumotga ega bo’lishlari va o’z xizmat muloqotlari chog’ida buni hamisha yodda tutishlari zarur bo’ladi. CHunki xizmat nuqtai nazaridan turli odamlar bilan turli xil vaziyat va holatlarda suhbat qilishga to’g’ri keladi. Har qanday holatda ham suhbatdosh ruhiyatini inobatga olish esa turli xil ichki nizolar, ruhiy zarbalarning oldini oladi.
Atrofdagilar bilan ziddiyatga bormaslik uchun, har bir odam avvalo o’zini, o’z «men»ini bilishi lozim. O’z ichki nizolarini bartaraf qila olgan kishigina boshqalar munosabatiga xolis baho bera oladi.
O’zaro birgalikda harakat qilish va faoliyat ko’rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan, qiyin masalalarni ham oson hal etishning yagona vositasi tildir. Amaldagi til, ya’ni nutq, munosabatga kirishuvchilar o’rtasida o’zaro aloqa bog’lanishini ta’minlaydi.
Nutq yordamida munosabatga kirishish tufayli ikki yoki undan ortiq kishilar o’rtasida o’zaro axborot almashish amalga oshadi.
Munosabat chog’ida kishi muhimni nomuhimdan, zarurni tasodifiy narsadan ajratishga, yolg’iz narsalarning timsolidan ularning hammasi uchun umumiy bo’lgan xossalarni so’zlar va xatti-harakatlar yordamida aks ettirishga o’rganadi.
Odamlar suhbatdoshlariga, savol, iltimos, buyruq, maslahat tarzida murojaat qilar, biror narsani tushuntirar ekan, ulardan o’zi xohlagandek javob olishni, topshirig’ining ijro etilishini, shu paytga qadar tushunmaganini tushunib yetishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Har bir kishi o’zi bilan munosabatga kirishayotgan odamlarning hulq-atvori, so’zlari va xatti-harakatlari ko’proq o’zinikidek bo’lishini kutadi.
Ammo munosabat jarayonlari har doim va barcha vaziyatlarda ham sip-silliq, qarama-qarshiliklarsiz yuz beravermaydi. Hatto ayrim vaziyatlarda bir-birini inkor etuvchi, keltirilgan fakt, aytilgan fikrlarga qo’shilmaslik holatlari ham yuzaga chiqadiki, ba’zan bu o’zaro adovatni keltirib chiqaradi, shaxslararo mojaro sodir bo’ladi. Mojaroning ijtimoiy mohiyati turlicha va shaxslararo munosabatlar negizini tashkil etadigan qadriyatlarga bog’liq bo’ladi. Muloqot jarayonida mojarolarning sabablari ikki xil:

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə