Дастурлаш асослари


Jamoa tashkil etishdagi sust qobiliyat



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə45/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   196
Дастурлаш асослари

11. Jamoa tashkil etishdagi sust qobiliyat. Maqsadga erishish uchun rahbar xodimlar bilan birlashishi va ularning malakasidan foydalanishi lozim. Ishchi guruhi malakali va unumli jamoaga aylanmasa, rahbar mehnati qiyin kechadi va faoliyati ham unumsiz bo’ladi. Bunday jamoalarda unumli mehnat mexanizmlari shakllanmaydi va nosog’lom muhit hukm suradi. Ushbu menejerlik faoliyatining tahlili maktab rahbarlari, pedagoglarda ish yuritish, muomala odobi, xulqi va notiqlik san’atining ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga ta’sirini oshirar ekan, ularga tavsiyamiz shuki, faoliyat davomiyligida nimani gapirish har doim ham zarur bo’lavermasligi, balki qanday gapirish doimo lozimligini unutmasinlar. Eng qimmatli g’oya, fikr, dastur ham, agar mahoratsiz ifodalansa, o’zining qiymatini yo’qotadi; mabodo takrorlanaversa, tinglovchini diqqinafas qiladi. Demak, fikrning aniqligi va ravshanligi ifodaning ham shunday bo’lishini ta’minlaydi. Pedagog fikrining chuvalanmasligi, aksincha, eshituvchilar huzurida erkin parvoz qilishi uchun gapda qisqalik lozim, chunki fikr ortiqcha, «nishxo’rt» so’zlar uyumida chalkashadi. Pedagog qanchalik mohirona so’zlamasin, keragidan ortiq, ya’ni mavzuga tegishli bo’lmagan gaplarni ayta boshlasa, pirovardida nutq mantig’ini yo’qotadi, tinglovchilar miyig’ida uning ustidan kula boshlaydilar. Xullas, nutqdagi aniqlik qisqalik bilan uyg’unlashganda ta’sirchan, xotirada saqlanuvchan bo’ladi. Darhaqiqat, har bir pedagog, xususan, rahbar o’z nutqidagi yirik, maxsus masalalarni bayon etib bo’lgach, ularning har biri bo’yicha, nutq pirovardida esa butun nutqi bo’yicha qisqa, aniq, ravshan, iloji bo’lsa sanalgan tarzda xulosalar chiqarishi shart. Aks holda, ular mantiq fanining tezis, mantiqiy asos, hukm va sintez, ya’ni umumlashtirish, xulosa chiqarish zarurligi haqidagi talabini buzgan bo’ladilar.
Boshqaruv qobiliyati, uslubi, muomala maromi, shaxslararo munosabatlar, ijtimoiy treninglar, ishbilarmonlik uyinlari bo’yicha kadrlarga umumiy tushuncha, amaliy ko’rsatmalar berish zaruriyati bir necha ehtiyojlar asosida kelib chiqadi.
Bu milliy kadrlar tayyorlashning bir tomoni, ikkinchi tomoni esa, rahbar kishilarning ma’naviy, ruhiy qiyofasidagi kamchiliklarida mujassamlashgandir. Hatto o’z ona tilini yaxshi bilmaydigan rahbarlar ham bor.
Bizningcha, rahbar lavozimida mukammal shaxsiy fazilatlarga milliy xarakterga, boshqaruvchilik kobiliyatiga, g’oyaviy-siyosiy e’tikodga milliy kadriyatlari o’zlashtirgan rahbarlar o’tirishi lozim. CHunki ijtimoiy taraqqiyot ularga bog’lik.
-ijtimoiy munosabatlar va shaxslararo alokalar, fikr almashuvi, uzaro ta’sir xamda insonni inson tomonidan i drok kilish vositasi ekanligi;
-guruxlar va jamoalarning psixologik tavisfi, shaxsning ijtimoiylashuvi, ijtimoiy kursatmalr, ijtimoiy fikr, ijtimoiy xotira va xul k;
-rahbar faoiyatining tuzilishi, uslubi, rahbarlar tipologiyasi, ular tomonidan qarorlar qabul qilish va nizoli vaziyatlarni hal etishda;
-ijtimoiy xodisalar vokeliklar, xolatlar, jarayonlar va ularning konuniyatlari to’g’risida mutaxassislarga bilim beradi.
Rahbarlarga ijtimoiy treninglar yordamida fazilatlar shakllantiriladi, ishbilarmonlik uyinlari, fikrlar jangi orkali illat va nuksonlar yukotiladi. Ularga maxsus ta’sir utkazish orkali jismoniy, asabiy, xissiy, aqliy zurikishlar kamaytiriladi.
Rahbarlarni maxsus tayyorlamasdan turib, yuksak samaraga erishib bo’lmaydi. Buning uchun eng avvalo, xayotiy malakalarni shakllantiruvchi, kommunikativ, shaxslararo munosabatga kirishishga, karorlar kabo’l kilishga, muammoni xal etishga undovchi, soglom turmush tarzini sakdovchi, kobiliyatlarni rivojlantiruvchi va ularni yunaltiruvchi, inson kamolotiga kumaklashuvchi treninglarni qo’llash maksadga muvofikdir.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə