Дастурлаш асослари


Samarali muloqot boshqaruviga to’sqinlik qiluvchi shaxs xislatlari



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə43/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   196
Дастурлаш асослари

Samarali muloqot boshqaruviga to’sqinlik qiluvchi shaxs xislatlari.
Sohaga oid olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra, quyidagilar menejer faoliyati samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi:
1. O’z-o’zini boshqara olmaslik. Rahbar hayoti hayajon va zo’riqishlarga to’la. Bunday sharoitda xulqda aniq maqsadning yo’qligi nafaqat jamoa faoliyati, balki rahbarning sog’lig’iga ham salbiy ta’sir etadi.
2. Shaxsiy qadriyatlarning shakllanmaganligi. Rahbar doim qaror qabul qilish vaziyatida bo’ladi. Vaholanki, qaror samarasi so’z orqali, shaxsiy qadriyatlar, kasbiy va hayotiy tamoyillarga asoslanadi, ularning shakllanganligi rahbar faoliyatining mazmunini tashkil etadi. Masalan, zamonaviy boshqaruv samaradorlik, xodim imkoniyatlarini ochishga ko’mak, tashkilotga yangilik olib kirishga moyillik kabi qadriyatlarga asoslanadi. Mustahkam qadriyat va tamoyillarga asoslanmagan rahbar beqarorlik va maqsad yo’lida irodasizlikni namoyon etadi.
3. Shaxsiy maqsadning aniq ifodalanmaganligi. Zamonaviy rahbar muhimni nomuhimdan ajrata olishi, mavjud imkoniyatlardan eng maqbulini tanlay bilishi kerak. Tashkilot maqsadini chuqur anglash yo’lidagi birinchi qadam rahbarning o’z shaxsiy maqsadlarini yaxshi tushunib yetishidir. O’z maqsadini aniq bilgan rahbargina uning faoliyatiga qo’yilayotgan talablarni jonu diliga singdira olishi mumkin. Shaxsiy maqsadning noaniqligi tashkilot manfaati yo’lidagi maqsadlarni ham anglab olishga xalaqit beradi. Aniq maqsadning yo’qligi shaxsning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini pasaytiradi va demak, bunday rahbar o’zgalarning muvaffaqiyatini ham his eta olmaydi.
4. Mukammallikka intilmaslik. O’z ustida ishlashdan bosh tortgan rahbar qaltis vaziyatdan o’zini olib qochadi, o’z imkoniyat va qobiliyatini rivojlantirish ustida ishlamaydi, tavakkalga bormaydi va eski odat tusiga kirgan xatti-harakatlari doirasidan chiqa olmaydi.
5. Muammoni yecha olmaslik. Ayrim rahbar muammo ustida sifatli, muntazam va
aql-zakovat bilan ishlay olmaydi. U vazifa maqsadini aniqlash, ma’lumot to’plash, rejalashtirish va nazoratni amalga oshirish malakasiga ega emas. Natijada hal etilmagan masalalar to’planadi va rahbarning muammo ni hal etish imkoniyati cheklanib qoladi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə