Дастурлаш асослари



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə51/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   196
Дастурлаш асослари

Stereotipizatsiya odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib, o’rnashib qolgan, ko’nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hodisasidir. Idrok va tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal atributsiya (lotincha «kauza» – sabab, «atribusio» – bermoq, qo’shib bermoq ma’nosini bildiradi) deb ataladi. Notanish odam haqida tushunchaning shakllanishida u haqda berilgan birlamchi ma’lumot yoki ustanovka katta rolь o’ynaydi.
Ta’sirlanish ko’proq ommaga xos bo’lib, diniy ishonishlar, ommaviy psixoz holatlari bilan bog’liq. Buning natijasida shaxs beixtiyor ma’lum psixologik holatga tushib qoladi. Ta’sirlanishning manbai to’satdan paydo bo’lgan holat yoki ma’lumot bo’lib, uni odam ongli tahlilsiz qabul qiladi.
Ishontirish bu bir kishining boshqa kishiga yoki kishilar guruhiga nisbatan maqsadga qaratilgan, lekin ba’zan asossiz ta’sir usulidir. Bunda ham ta’sirlanuvchi ma’lumotni yoki ta’sirni tanqidsiz qabul qiladi. Bu holat sotsial psixologiyada suggesstiya deb ham ataladi
Nihoyat, yana bir usul taqlid qilishdir. Taqlid qilish faqatgina taqlid qiluvchining ma’lumotni qabul qilishigagina emas, balki uning hulq-atvori, qiliqlarini qaytarish, namoyish etishga tayyorlik holatiga ham bog’liqdir. Taqlid qilish qonunlariga quyidagilar kiradi:
1) taqlid jarayonida ichki obrazlar tashqi harakatlarga undaydi. Masalan: avval dinga ishonish paydo bo’ladi, so’ngra odamlar diniy odatlar va an’analarga beixtiyor bo’ysuna boshlaydilar;
2) past tabaqa oliy tabaqaga, kichik yoshlilar katta yoshlilarga taqlid qiladi. SHuning uchun ham bola ota-onaning qiliqlari, ishlarini tanqidsiz o’zlashtiradi, o’quvchi o’qituvchi faoliyatidagi ayrim tomonlarga ko’r-ko’rona ergashadi. Boladagi taqlidchanlikni hisobga olgan holda kattalar o’zlariga taqlid qiluvchilar yonlarida turganligini unutmasliklari, o’z xatti-harakatlarini ongli nazorat qila bilishlari lozim. Yaxshi odatlar, odob-ahloqqa to’g’ri keladigan hulq-atvorning shakllanishida atrof-muhitdagi kattalarning roli sezilarlidir. Do’stning kimligiga qarab shaxsga, onasiga qarab qiziga baho berish kabi xalq udumlarida ham taqlidni inobatga oladilar.
Umuman, biz odamlar orasida – muhtaram «men»lar davrasida yashab, ular bilan muloqotga kirishar ekanmiz, suhbatdoshlar ruhiyati, orzu-o’ylari va hatto ozgina injiqliklariyu erkaliklari bilan ham murosa qilishimizga, o’zaro suhbat chog’ida kechirimliroq, bosiqroq va e’tiborliroq bo’lishimizga to’g’ri keladi. Bunday hislat egasi bo’lish uchun suhbatdoshlardan keng qalblilik, bilim va yuksak saxovat talab qilinadi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə