Дастурлаш асослари


) determinant, ya’ni ashyoviy-amaliy kelishmovchiliklar va



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə50/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   196
Дастурлаш асослари

1) determinant, ya’ni ashyoviy-amaliy kelishmovchiliklar va
2) shaxsiy pragmatik manfaatlar o’rtasidagi tafovutlar ko’rinishida maydonga chiqadi.
Mojarolarning kelib chiqishiga o’zaro anglashilmovchiliklar ham sabab bo’ladi. Bu aytilgan talabning, buyruqning ma’nosi suhbatdosh uchun muvofiq emasligidir. Bu hol ularning o’zaro hamjihatligi va birgalikda harakat qilishlari uchun to’sqinlik tug’diradi.
Odamlar muloqot jarayonida til birliklaridan tashqari turli xil nolisoniy vositalardan: imo-ishoralar, kulgu, ohang va boshqalardan ham foydalanadilar. Imo-ishora, ohang, to’xtash (pauza), kulgu, yig’i, ko’z qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar kommunikatsiyaning nutqsiz vositalari bo’lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni to’ldiradi, ba’zan esa nutqli muloqotdan ham kuchliroq mazmun ifodalaydi.
Muloqotning interaktiv tomoni kishilarning muloqot jarayonidagi birgalikdagi faoliyatida bir-birlariga bevosita amaliy jihatdan ta’sir etishlarini ta’minlaydi. SHu tufayli odamlar hamkorlikda ishlash, bir-birlariga yordam berish, bir birlaridan o’rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarini namoyon qilishlari mumkin. Aslini olganda, har qanday muloqot, agar u bema’ni, maqsadsiz, quruq gaplardan iborat bo’lmasa, doimo suhbatdoshlarning hulq-atvorlarini, ularning o’y-fikrlarini o’zgartirish imkoniyatiga ega.
Jamiyat miqyosida odamlarning turli vaziyatlarda o’zlarini tutishlari, hulq-atvorlarining boshqarilishi ma’lum psixologik qonuniyatlarga bog’liqligini ko’rish mumkin. Bunga sabab, jamiyatda qabul qilingan turli me’yorlar, qonun-qoidalardir. Zero, o’zaro muloqot va o’zaro ta’sir jarayonlarida shunday xatti-harakatlar odati kishilar ongiga singib qoladiki, ularni har bir kishi me’yor sifatida qabul qiladi.
Turli rollarni bajarayotgan shaxslarning o’zaro muloqotlari kutishlar tizimi orqali boshqariladi. Masalan, xohlaydimi yoki yo’qmi, har bir odamdan ma’lum harakatlarni kutiladiki, ular uning ayni paytdagi ijtimoiy roliga zid bo’lmasligi kerak. Masalan: har bir odamning odobi, o’z kasbining ustasi ekanligi, boshqalarni tushuna olishi, ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutishi uning taktga ega ekanligining belgisidir. Taktsiz odam esa, buning aksidir.
Muloqotning yana bir tomoni – uning pertseptiv tomonidir. Ya’ni muloqot jarayonida odamlar bir-birlari bilan ma’lumotlar almashinib, o’zaro ta’sir ko’rsatibgina qolmay, balki bir-birlarini to’g’riroq va aniqroq anglashga, tushunishga va idrok qilishga harakat qiladilar. Bu tomon shaxsiy idrok va tushunish muammosi bilan bog’liqdir. Birgalikdagi faoliyat jarayonida odamlarning bir-birlarini to’g’ri tushunishlari va aniq idrok qilishlari muloqotning samarali bo’lishini ta’minlaydi.
Odamlarning bir-birlarini idrok qilish mexanizmlari borasida qator psixologik qonuniyatlar mavjud. Bunday mexanizmlar fanda identifikatsiya, refleksiya va stereotipizatsiya deb ataladi.
Identifikatsiya shunday psixologik hodisaki, bunda suhbatdoshlar bir-birlarini to’g’riroq idrok qilish uchun o’zlarini bir-birlarining o’rniga qo’yib ko’rishga harakat qiladilar. Ya’ni, o’zidagi bilimlar, tasavvurlar, hislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o’zini birov bilan ongli va ongsiz solishtirish identifikatsiyadir.
Refleksiya esa muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasidan turib o’zini tasavvur qilishdir, ya’ni refleksiya boshqa odamning idrokiga taalluqli bo’lib, o’ziga birovning ko’zi bilan qarashga intilishdir. Buningsiz odam muloqot jarayonida o’zini aniq bilmasligi, noto’g’ri muloqot shakllarini tanlashi mumkin.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə